tegirmonning bronini ko‘rib chiqishda, ko‘rib chiquvchi ta’mirlanayotgan tegirmonning
lyukidan bronni ag‘darilganda uning ustiga tushishini istisno qiluvchi xavfsiz masofada
bo‘lishi shart.
498. Bronni ko‘rib chiqish uchun tegirmon barabani yoki shaxtasiga kirish faqat uning
birinchi qatorlari qulab ketish xavfi yo‘q bo‘lganda ruxsat etiladi. Bronni asta-sekin,
uning qulab ketishi xavfi yo‘qligi to‘g‘risida dastlabki ishonch hosil qilgandan keyin
ko‘rib chiqish kerak. Bron plitalari ishonchli mustahkamlanmaganligi aniqlanganda
ko‘rib chiqish to‘xtatilishi va bron ag‘darilishi shart.
499. Baraban korpusida bevosita o‘rnatilgan qurilmalar yordamida barabanli tegirmon
barabanidan zoldirlarni saralashda va tushirishda, zoldirlar tushirilayotgan joydan 10 m
radiusda turish man etiladi. Bu opreatsiyalarni, shuningdek bronni almashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarayotgan ishchilar piyma yoki metall uchli botinkalar
kiyishi shart.
500 Barabanli tegirmonlarning bronyasini almashtirishda, tishli gardishni echib olishda
va shuningdek shaxtali tegirmonlarni bilolari va biloushlagichlarini ushlagichni rotorni
chiqarmasdan almashtirishda, bronyaning qismi, bilolar yoki gardishning bitta yarmi
o‘rnatilishida hosil bo‘lgan muvozanatsizlikdan o‘zidan-o‘zi aylanib ketishini oldini olish
uchun baraban yoki rotor ishonchli mustahkamlangan bo‘lishi kerak.
501. Tegirmonning bronya plitalari almashtirilayotganda barabandan albatta zoldirlar
chiqarib tashlangan bo‘lishi shart.
Tegirmon ichida ishlashga ruxsat faqat uning ichida uglerod okisi yo‘qligiga analiz
qilingandan keyin va mazkur Qoidalarning III-bobi 11-paragrafi talablariga muvofiq
tegirmonni xato ulashga qarshi choralar ko‘rilgandan keyin ruxsat etiladi.
502. Bron plitalarini tushirish, ortish va tegirmon barabanida o‘rnatish oyoq-qo‘l
uchlarini jarohatlanishdan saqlash uchun katta ehtiyotlik bilan bajarilishi shart.
503. Ko‘mirni uzatuvchi patrubkasi demontaj qilinayotganda ko‘mir techkasi pastdan
qalinligi 2-3 mm metall tunukasidan yasalgan tiqin bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
504. Chang yoqilg‘ini tayyorlash tizimi uskunalarida payvandlash ishlari
bajarilayotganda, payvandlashda va olovli kesishda uchqunlar tushishi mumkin bo‘lgan
maydon kamida 10 m radiusda sachratilgan suv sepib qoplash kerak.
505. Ishlatib ko‘rish uchun tegirmon ishga tushirilishi vaqtida yarim muftalar
qarshisida, shuningdek elektr dvigatellarning simlari chiqarilgan qutilari qarshisida
turish man etiladi.
506. To‘qmoqli tegirmonlarning bilolari ta’mirlanganda rotor to‘xtatilgan holatda
qotirilgan bo‘lishi kerak.
507. Chang bilan ta’minlagichlarni dvigatellaridan kuchlanish olinmasdan ta’mirlash va
tozalash man etiladi, shuningdek chang bilan ta’minlagichda yoqilg‘ini qo‘l bilan itarish
man etiladi.
508. Changli yoqilg‘ini tayyorlash tizimi elementlarini, shu hisobda bunkerlarni ham
ko‘rib chiqish uchun faqat portlashdan himoyalangan kuchlanishi 12 V gacha bo‘lgan
tarmoqdan
ta’minlanadigan
yoritgichlardan
yoki
portlashdan
himoyalangan
akkumulyatorli yoritgichlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
509. Changli yoqilg‘ini tayyorlash tizimi uskunalarini ta’mirlashda ishlayotgan xodimlar
movutli kostyum kiygan bo‘lishlari shart, himoya ko‘zoynaklari va kombinatsiyalangan
qo‘lqoplarni qo‘llash majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: