Mavzu:Bichish. Taxtalarni bichish sxemasi.
Reja:
1. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
2. Arralangan materiallarni saralash
3. Arralangan materiallarni kamerada quritish
Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari” talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim
Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash taqiqlanadi.
Texnologik obyektlarning portlash xavfliligi holati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatilishi lozim.
Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilatsiya chiqindilari va shu kabi) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
Barcha ishlab chiqarish sexlari, xomashyo va tayyor mahsulot omborxonalari, ma’muriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Ventilatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
Har bir sex, uchastka, omborda mavjud me’yorlar asosida, hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
Tashkilotlarda barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yong‘in xavfsizligiga javobgar shaxs tashkilot ma’muriyatining buyrug‘iga asosan tayinlanishi lozim.
Tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi idoralari tomonidan belgilangan me’yorlarda yong‘inga qarshi kurashish uchun o‘t o‘chirish vositalari bo‘lishi lozim.
Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi texminimumi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga tegishli yo‘l-yo‘riqlar berilishi lozim.
. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. Binolar oralig‘idagi yong‘inga qarshi masofa uzilmalarida materiallar, uskunalar, bo‘sh idishlarni taxlash va avtomobil to‘xtash joyi uchun ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |