GAZ PAYVANDLASh IShLARINI BAJARISh PAYTIDA XAVFSIZLIK TALABLARI
1. Payvandchi (qirkuvchi va kovsharlovchi) lar metallarga gaz olovli ishlov berishda ushbu yo’riqnomaga, "Metallarga gaz olovli ishlov berishda, kislorod va gaz ballonlarini hamda atsetilen generatorini ishlatishda xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarishda sanoat sanitariyasi qoidalari" ga, "Bosim ostida ishlaydigan idishlarni joylashtirish va ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik qoidalari" ga va apparaturalarni ekspluatatsiya qilishda ishchi yo’riqnomalariga amal qilishlari kerak.
2. Ko’chma atsetilen generatorlarini ishlatish uchun, ularni ochiq joyga o’rnatish kerak. Vaqtincha ishlatish uchun ularni yaxshi shamollatiladigan xona ichiga qo’yishga ruxsat etiladi. Atsetilen generatorini, payvandlash ishlari bajarilayotgan joydan, ochiq olovdan va qattiq qizigan buyumlardan kamida 10 m. uzoqlikda o’rnatish va tusqich bilan to’sib qo’yish zarur. Atsetilen generatori o’rnatilgan joyga "Begonalarni kirishi taqiqlanadi - olovga xavfli", "Chekilmasin", "Olov bilan o’tilmasin" degan plakatlarni osib qo’yish kerak.
3. Atsetilen generatori bilan ishlashdan oldin xamda ishlash jarayonida suv zatvorini sozligini va undagi suv sathini albatta tekshirib, zaruriyat bo’lsa suv to’ldirib turish kerak.
4. Atsetilenli generatori bilan ishlaganda qo’yidagilar taqiqlanadi:
qo’ng’iroq (kolokol) ustiga qo’shimcha yuk qo’yish;
generator yuklash yashigi ichiga generator pasportida ko’rsatilgandan mayda karbid kaltsiy bo’lakchalarini to’ldirish;
generator yakinida chekish, ochiq olov bilan yaqinlashish yoki undan foydalanish;
atsetilen shlanglarini mis naycha (trubka) bilan birlashtirish;
bitta suv zatvori bilan ikki payvandchini ishlashi.
5. Muzlab qolgan generator va quvur yo’llarini faqat issiq suv bilan eritishga ruxsat etiladi.
6. Shlanglarni gorelkaga ulashdan oldin ularni havo yordamida puflab tekshirish lozim. Kislorod shlangi orqali atsetilen uzatish va aksincha qilish taqiqlanadi. Shlanglarni uzunligi 10 metrdan 20 metrgacha bo’lishi kerak.
7. Shlanglarni tashqi yemirilishdan, yuqori harorat ta'siridan, uchqun va alangadan saqlash zarur. Shlanglarni eshilishiga, buralishiga va bukilishiga yo’l qo’yilmaydi.
8. Ulash nippeliga shlanglarni mustaxkam qilib qotirish zarur. Bu mahsad uchun maxsus xomutlardan foydalanish kerak. Atsetilen generatorini va kislorod allonlarini tik xolatda maxsus ustunga xomut yoki zanjir yordamida maxkamlab qo’yish kerak. Kislorod balloni havo rangga, atsetilen generatori esa oq rangga bo’yalgan bo’lishi kerak. "
9. Quyidagilar taqiqlanadi:
kislorodli va atsetilenli ballonlarni birga saqlash;
reduktor shtutserida va shlanglarida moy yuqi bo’lganda kislorodli ballonlarni ishlatish;
ilgari suyultirilgan gaz bilan ishlatilgan reduktor va shlanglarni kislorodda ishlatish;
reduktordagi nosoz, tamqalanmagan yoki tekshirish muddati o’tib ketgan manometrni ishlatish;
ballon ventilidan puflanganda shtutser qarshisida turish;
atsetilen generatoridan 10 metr hamda kislorodli, atsetilenli yoki suyultirilgan gaz ballonlaridan 5 metrdan kam masofada gaz payvandlash va qirqish ishlarini bajarish;
atsetilen quvuruzatgichidan 3 metr va kislorod quvuruzatgichidan 1,5 metrdan kam bo’lgan masofada gaz payvandlash va qirqish ishlarini bajarish;
atsetilen yoki boshqa yonuvchi gazlar to’ldirilgan ballonlar qalpogini ochishda, uchqun chiqaradigan asbob ishlatish;
agar qalpok buralmasa ballonni gaz to’ldirgan zavod (tsex) ga qaytarish kerak;
ballonni qo’lda tashish; (ballonni maxsus aravachalarda mustaxkam qilib qotirilgan
xolda tashishga ro’xsat etiladi). payvandlash gorelkasini, keskich va boshqa payvandlash apparatlarini mutaxassis bo’lmagan ishchi ta'mirlashi;
reduktorni qotirish uchun fibrali taglik o’rniga boshqasidan foydalanish;
bosim ostida bo’lgan gaz apparatni ta'mirlash va tutashtirish boltlarini burash.
10 . Gaz to’ldirilgan ballonni isitish qurilmasi va bug’ qurilmalari yaqiniga 1 metrdan kam bo’lgan masofada qo’yish taqiqlanadi.
Gaz hidi sezilganda tezlik bilan ishni to’xtatib, gaz sizib chiqishini tuzatish va xonani shamollatish lozim.
11. Payvandlash gorelkasini yoqishdan oldin kislorod jumragi ochiladi, keyin atsetilen jumragini ochib, shu zaxoti yondiriladi, uchirishda aksincha oldin atsetilen jumragi berkitiladi keyin kislorod.
12. Payvandchilarni maxsus himoyali ko’zoynaksiz ishlashlariga ro’xsat etilmaydi. Ish paytida va dam olish vaqtida kislorod va atsetilen jumraklarinini mustaxkam qilib berkitilganligiga va ulardan gaz sizib chiqmayotganligiga alohida e'tibor berish kerak.
13. Generatordagi suv haroratini kuzatib turish va suvni 50 S. gradusdan kutarilib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
14. Har bir gaz payvandchi oldida toza suv to’ldirilgan idish bo’lishi kerak. Payvandlash gorelkasi yoki qirqqich (rezak) qizib ketganda ularni jumraklarini maxkam berkitib. idishdagi suv ichiga tiqib sovutish zarur.
15. Kaltsiy karbidli barabanlarni mis asbob bilan ochish shuningdek atsetilen apparaturasini, atsetilen bilan to’qnashishi mumkin bo’lgan boshqa joylarni mis bilan kovsharlash taqiqlanadi.
ELEKTRPAYVANDLASh IShLARINI BAJARISh VAQTIDA XAVFSIZLIK TALABLARI
1. Binolar ichida elektrpayvandlash ishlarini bajarish uchun, ventilyatsiyali alohida xona ajratilgan bo’lishi kerak.
2. Yonishga moyil bo’lgan xonalarda elektrpayvandlash joyi yonmaydigan materialdan tayyorlangan to’sqich bilan to’silgan, shuning bilan birga to’sqichning balandligi 2,5 m.dan kam. to’skich bilan pol oralig’i esa 5 sm. dan ko’p bo’lmasligi kerak.
3. Elektrpayvandlash qurilmalari "Iste'mol elektr qurilmalarini joylashtirish koidasi" ning tegishli bo’limi va "Iste'mol elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari" hamda ushbu yo’riqnoma talablariga mos bo’lishi kerak.
4. Elektrpayvandlash qurilmalarida agregat, apparaturalar va asboblarning vazifalari hamda elektr sxemasi ko’rsatilgan texnik xujjati bo’lishi kerak.
5. Qo’lda ishlatiladigan elektrpayvandlash uskunasi o’chirgich (rubilnik) yoki kontaktor (payvandlash tokini tsex tarmogi taqsimlagichiga ulash uchun), saqlagich va payvandlash toki miqdorini ko’rsatgichi (ampermetr yoki tok regulyatori shkalasi) bilan ta'minlangan bo’lishi kerak.
6. Bir postli elektrpayvandlash dvigatel - generatori va transformatorlar ta'minlovchi tarmoq tomonidan saqlagichlar bilan ximoyalanishi kerak. Saqlagichlarni payvandlash toki zanjiriga o’rnatish talab etilmaydi.
7. Vaqtinchalik elektrpayvandlash joyida elektrpayvandlash uskunasini tez - tez ko’llash bilan bog’liklik bo’lgan payvandlash ishlarini bajarishda mexanik mustaxkam shlangli kabellarni qo’llash zarur.
8. Payvandlash tok manbaini tsex tarmoqini taqsimlagichiga ulash uchun barcha markadagi shnurlarni ko’llashga yo’l ko’yilmaydi. Istisno tariqasida ta'minlovchi sim sifatida PR, PRG markadagi simlarni qo’llash mumkin, faqat ularni mexanik shkastlanishdan saqlash uchun, ularni izolyatsiyalarini kuchaytirish zarur.
9. Elektrodga tok uzatib berish uchun, izolyatsiyalangan, egiluvchan (masalan PRGD markadagi) shlang bilan himoyalangan, o’rtacha mehnat sharoitiga chidaydigan kabellar qo’llanilishi kerak. Bukilishi qiyinroq bo’lgan simlarni qo’llaganda, ularni elektr tutqichga, egiluvchan shlangli sim yoki uzunligi Zm dan kam bo’lmagan kabel orqali ulash lozim.
10. Elektr simlarini va elektr payvandlash uskunasini kuyishini oldini olish uchun, tok o’lchami bo’yicha simlarni ko’ndalang kesimini, ishchi kuchlanishi bo’yicha simlarni izolyatsiyasini, ruxsat etilgan nominal tok chegarasi bo’yicha elektr saqlagichlarni eruvchan ulagichlarini tanlash kerak.
11.Talab etilgan o’lchamdagi payvandlash tokini o’tishini ta'minlaydigan ochiq yoki yomon izolyatsiyalangan simni ishlatish taqiq lanadi.
12.Elektr payvandlash simlarini bir - biriga ulash-presslash, payvandlash, maxsus qisqichlarni kovsharlash yordamida amalga oshirilishi kerak.
13. Payvandlash apparatiga, taqsimlash shitiga va boshqa jihozlarga, shuningdek payvandlash joyiga ulangan simlar ishonarli izolyatsiyalangan va zarur joylarda yuqori xaroratdan ximoyalangan bo’lishi kerak. Elektr payvandlash apparatini kabellari (elektr simlari) kislorod quvuruzatgichidan kamida 0,5 metr, atsetilen va boshqa yonuvchi gazlar quvur uzatgichlaridan kamida 1 metr masofada joylashishi kerak. Ayrim hollarda ushbu masofalarni ikki barobar kiskartirishga ruxsat etiladi, faqat shu shart bilanki, gazuzatgich qo’shimcha quvur bilan himoyalangan bo’lishi kerak.
14.Payvandlash toki manbai bilan payvandlanadigan buyumni birlashtiruvchi qaytish toki sifatida temir to’siqlar, payvandlash plitalari, temir sukichak va payvandlanadigan konstruktsiyani o’zini qo’llash mumkin, faqat shu shart bilanki, ularning ko’ndalang kesimlari payvandlash tokini o’tishi, qizish sharoiti bilan to’liq xavfsizlikni ta'minlay oladigan bo’lsin. qaytish toki sifatida ishlatiladigan simning alohida qismlarini bir - biriga ulashda o’ta ehtiyot bo’lib, bolt, qisqichlar yordamida bajarish kerak.
15.Yong’inga xavfli xonalarda va inshootlarda elektr payvandlash ishlarini amalga oshirilayotganda payvandlanayotgan buyumning qaytish toki, tok man'baiga qadar faqat izolyatsiyalangan simdan tayyorlangan bo’lishi kerak, shu bilan birga uning izolyatsiyasini sifati elektr ushlagichga ulangan
to’g’ri simni izolyatsiyasidan qolishmasligi kerak.
16.qaytish toki sifatida ichki temir yo’ldan, yertutashtirish tarmog’idan, shuningdek binoni metall konstruktsiyalaridan, kommunikatsiya va texnologik jixozlardan foydapanish taqiqlanadi.
17. Elektrpayvandlash apparatini elektord ushlagichi minimal og’irlikda va elektrodni mustaxkam qisadigan, elektrodni tez almashtirish uchun kulay bo’lgan konstruktsiyada yasalgan bo’lishi lozim. Uning korpusi qisqa tanaffus paytida va tasodifan payvandlanayotgan detalga yoki metall buyumlarga tegib ketganda qisqa tutashuv hosil qilmaydigan qilib ishlangan bo’lishi kerak. Elektr ushlagichni dastasi yonmaydigan dielektrik va issiqlik o’tkazmaydigan materialdan tayyorlangan bo’lishi zarur.
18. Elektrpayvandlashda ishlatilayotgan elektrodlar davlat standartiga (GOST) ga to’gri kelishi, shuningdek payvandlash toki miqdoriga mos bo’lishi zarur. Elektrpayvandlash jarayonida elektrodni almashtirishda uni qoldig’ini payvandlash joyiga o’rnatilgan maxsus metal yashikka tashlash kerak.
19. Elektrpayvandlash uskunasi butun ish davomida yerga tutashtirilgan bo’lishi shart.
20. Ochiq joyga o’rnatilgan payvandlash generatorlari va transformatorlari shuningdek barcha yordamchi asboblar va apparatlar nam o’tkazmaydigan qilib izolyatsiyalangan hamda ayvon ostiga qo’yilgan bo’lishi kerak.
21.Agregat va yurgizish apparatlarini tozalash, har kuni ish tugagandan keyin bajarilishi kerak. Payvandlash uskunasini ta'mirlash belgilangan rejali- ogohlantirish ta'miri asosida amalga oshirilishi lozim.
22.Payvandlash agregatini alohida qismlari (transformator, tusqich (shitok), ikkinchi zanjirni kontaktori va boshqalar) ning xarorati 75 S. gradusdan oshmasligi kerak.
23. Payvandlash zanjirining tok o’tkazuvchi qismlari izolyatsiyasining qarshiligi 0,5 OM. dan kam bo’lmasligi zarur. Izolyatsiya har 3 oyda bir marotaba tekshirilishi va 2 kvt. quvvatda 5 minut davomida kuchlanish ostida sinalishi kerak.
24. Elektrpayvandlash qurilmasini elektr tarmoqiga ulash va elektr tarmog’idan uzish ishlarini faqat elektromontyor bajarishi kerak. Elektr payvandlash qurilmasini ta'mirlashni boshlashdan oldin albatta uni elektr tarmog’idan uzish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |