Dunyo tillari tizimida o‘zbek tilining tutgan o‘rni hozirgi kunda yer yuzida o‘n milliarddan ko‘proq



Download 0,89 Mb.
bet111/249
Sana08.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#112874
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   249
Bog'liq
Ma‘ruzalar matni ona tili

Takroriy ravish ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravishning takror qo`llanishidan yuzaga keladi. Takroriy ravish tub yoki yasama asosli bo`lishi mumkin:

1) takroriy yasama: galma­gal, birma­bir, yo`l­yo`lakay, o`qtin­o`qtin, es­es, qayta­qayta;

2) takroriy tub: asta­asta, birga­birga, darajama­daraja, sekin­sekin, zinhor­bazinhor, tez­tez, to`g`ridan­to`g`ri, sira­sira, ahyon­ahyonda.

Ravish yasalishi. Ravish qo`shimcha qo`shish va so`z qo`shish usuli bilan yasaladi.

Qo`shimcha qo`shish – ravish yasalishining keng tarqalgan usuli. Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ba’zan ravish bo‘lishi mumkin. Quyidagi qo‘shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi:



-cha: yangicha, eskicha, hozircha, uningcha, shuncha, o‘zbekcha kabi

-larcha: mardlarcha, do‘stlarcha, qardoshlarcha

-lab: harflab, haftalab, tonnalab

-ona: itoatkorona, mardona, mag‘rurona

-lay (-layin): tiriklay, tiriklayin, butunlay

-n (-in, -un): ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to‘qin, ostin-ustun

Ravish yasovchi -larcha qo‘shimchasidagi -cha qismi kabi, singari ko‘makchilari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ular ko‘pincha almashtirib qo‘llaniladi.

Masalan, mardlarcha mardlar kabi, yovuzlarcha yovuzlar singari.

Shuningdek, ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi otlardagi kichraytirish-erkalash qo‘shimchasi bo‘lgan -cha bilan omonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan, yosh yigitcha yigitcha ishladi.

Bu o‘rinda -cha qo‘shimchasining omonimligi asosida leksema omonimligi vujudga kelgan: yigitcha: 1. Kichkina yigit. 2. Yigit kabi.

-cha ning bu ikki vazifasi urg‘u bilan ham farqlanadi.

Kichraytirish-erkalash ma’nosini bildiruvchi -cha qo‘shimchasi urg‘u oladi. Yigitcha, qizcha, kuchukcha kabi. Ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi esa urg‘u olmaydi. Urg‘u so‘zning bu qo‘shimchadan oldingi bo‘g‘iniga tushadi: yigitcha, xotincha, erkakcha kabi.



-cha qo‘shimchasini tushirib qoldirib, bu qo‘shimchani olgan so‘z oldidan kichkina so‘zini qo‘yish mumkin bo‘lsa, -cha qo‘shimchasi otning kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha sanaladi. Masalan, quticha kichkina quti, uycha kichkina uy kabi.

-cha o‘rniga -dek, kabi, singari ko‘makchilarini qo‘shish mumkin bo‘lsa, u ravish yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi. Masalan, yigitchayigit kabi (singari).

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish