Dunyo tillari tizimida o‘zbek tilining tutgan o‘rni hozirgi kunda yer yuzida o‘n milliarddan ko‘proq



Download 0,89 Mb.
bet119/249
Sana08.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#112874
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   249
Bog'liq
Ma‘ruzalar matni ona tili

5.Orttirma nisbat. Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi nisbat shakli quyidagi shakllar bilan yasaladi:

1) ­-ar – faqat 2 ta fe’lga qo`shiladi: chiqar, qaytar.

2) -­giz/­kiz/­qiz/­g`iz/­gaz/­kaz/­qaz (-giz/­g`iz jarangli undosh bilan tugagan fe’lga qo`shiladi: yurgiz, kirgiz, turg`iz, ko`rgaz; -kiz/­qiz/­kaz/­qaz jarangsiz undosh bilan tugagan fe’lga qo`shiladi: ketkiz, o`tkaz, yutqiz, o`tqaz)

3) -­dir/­tir (-dir unli va jarangli undosh bilan tugagan fe’l o`zagiga qo`shiladi: yedir, yoydir, buzdir, kuldir, qoldir, to`ldir, oldir; ­-tir – jarangsiz va r, n, y, l kabi jarangli undosh bilan tugagan fe’l o`zagiga qo`shiladi: toptir, ayttir, uqtir, ilintir, oqartir, ko`paytir, kuchaytir, keltir)

4) ­-irt, ch, sh tovushi bilan tugagan fe’l o`zagiga: botir, qotir, ichir, qochir, shoshir, oshir, tushir, pishir.

5) -­izq, m tovushi bilan tugagan ba’zi fe’lga qo`shiladi: oqiz, tomiz, emiz.

6) -t/­it – unli bilan tugagan ikki va undan ortiq bo`g`inli so`zga qo`shiladi: ishlat, tugat, boshlat, o`qit, yurit, kirit.

7) –sat faqat ko’r fe’liga qo’shiladi: ko’rsat

1. Bir fe’lning o`ziga orttirma nisbatning birdan ortiq qo`shimchasi qo`shilishi ham mumkin. Bu bajaruvchi va bajartiruvchi soni ortishi bilan belgilanadi: yozdiryozdirtir, o`qit – o`qittir.

2. Orttirma nisbat qo`shimchasi bir-­biriga ma’nodosh bo`lib kelishi mumkin: bitir – bitkaz, yedir ­– yegiz, kirgiz ­– kirit, ko`payt – ­ko`paytir, to`ldir – to`lg`iz.

3. Orttirma nisbat qo`shimchasi o`zlik va birgalik nisbat qo`shimchasidan keyin qo`shilishi ham mumkin: yuvintir, kiyintir.

4. Orttirma nisbat qo`shimchasi o`timsiz fe’lni o`timliga aylantiradi: kel – keltir, to`l – to`ldir, uxla – uxlat.

5. Orttirma nisbat shakli o’timli fe’lga qo’shiladi, bunda fe’l o’timliligicha qolaveradi: o’qidi – o’qitdi – o’qittirdi

6. O’timsiz fe’llarga ham qo’shiladi, bunda orttirma nisbat qo’shimchasi ularni o’timli o’timli fe’lga aylantiradi: pishdi (o’timsiz) – pishirdi (o’timli)

7. Orttirma nisbat majhul hamda birgalik nisbatining hosil bo’lishi uchun asos bo’lishi mumkin: isitildi, sovitildi – majhul; o’qitishdi, yozdirishdi – birgalik
Fe’l yasovchi -lash murakkab shakli bilan yasalgan aniq nisbatdagi fe’llar shaklan birgalik nisbatga o`xshaydi: go`zallashmoq, ommalashmoq, hazillashmoq, o`rtoqlashmoq, tezlashmoq kabi.

Fe’lga birdan ortiq nisbat shakli qo`shilganda, uning qaysi nisbatda ekanligi oxirgi qo`shilgan nisbat shakliga ko`ra belgilanadi: to`xta+t+il+di, kiy+in+tir+il+di, yugur+tir+il+di (majhul nisbat); art+in+ish+di, kel+tir+ish+di, o`qi+t+tir+ish+di (birgalik nisbati).

Fe’lda qaysi nisbat qo`shimchalari borligi so`ralganda barcha qo`shimcha e’tiborga olinadi: to`xta+t+il+di (orttirma, majhul), art+in+ish+di (majhul, birgalik).

Fe’ldagi nisbat qo`shimchalari birga kelgan vaqtda quyidagi tartibda joylashadi: Fe’l asos + o`zlik nisbati + orttirma nisbati + majhul nisbat + birgalik nisbati: kiy+in+tir+il+ish+di.


Ba’zan bir nisbat ma’nosi o‘rnida boshqa nisbat shakllaridan foydalaniladi. Xususan,

bosh nisbat ma’nosida birgalik nisbat shakllari ishlatilishi mumkin. Masalan, keldi kelishdi, kelyaptikelishyapti,

bosh nisbat ma’nosida majhul nisbat shakllaridan foydalaniladi: qildim o‘rniga qilindi, bajardim o‘rniga bajarildi, kiring o‘rniga kirilsin kabi.

Bunday holat ma’lum uslub-emotsional ma’no talabi bilan ro‘y berdi. Ko‘pincha keyingi holat hurmat, kamtarlik ma’nolarini ifodlaydi.




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish