2.O`zlik nisbati –bajaruvchining o`z ustida amalga oshiradigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli.
1. Maxsus shakli: -(i)n, -(i)l – tashlan, ko`rin, yuvin, taran, so`kin, suyan, so`zlan, yutin, kiyin, artin, kavshan, o`pkalan, tanil, ayril, qayril, bo`g`il, tug`il, qoril, yig`il, otil, qiynal, teshil, tikil.
2. Ayrim manbalarda o`zlikning -(i)sh shakli ham qayd etiladi: joylashdi, kerishdi, qorishdi.
3. O`zlik nisbat shakli, asosan o`timli, qisman o`timsiz fe’llardan yasaladi: kiyin, izlan (o’timli), shoshil (o’timsiz).
4. Hatto o`timli fe’llarning barchasidan o`zlik nisbat yasalmaydi: yayra, yashna, qichqir, uxla, bor, kel, o`qi, hayda, ek, min, kes, sug`or, hidla.
5. Fe’l yasovchi -lan shakli bilan yasalgan jonlanmoq, odatlanmoq, harakatlanmoq, zavqlanmoq, xezlanmoq fe’llari aniq nisbat shaklida bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |