II. FE’LNING MAYL SHAKLLARI
Gapga kesim vazifasida kirgan fe’l harakatning bajarilishi haqida xabar, buyruq, shart, iltimos ma’nosidan birini bildiradi: o`qidi, o`qisa, o`qigin kabi. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart, ma’nosini ifodalovchi fe’lning munosabat shakli – mayl. So’zlovchining bayon etayotgan fikriga munosabati mayl deyiladi. Maylning uchta shakli ajratiladi:
Xabar mayli. Harakat-holatning zamon bilan bog`liq holda bajarilish yoki bajarilmasligi haqida xabar beradi: keldi, kelyapti, keladi.
Doimo zamon va shaxs-son qo`shimchalari bilan shakllangan bo`ladi.
Xabar maylining maxsus ko`rsatkichi yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |