FE`LNING MODAL SHAKLI
Felda shunday lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar borki ular fe’l asoslariga qo’shilib harakatning miqdoriy tavsifini bildiradi, uning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi modal ma’nolarni ifodalaydi. Ular quyidagilar:
harakatning kuchsiz darajasini bildiradi:
-msira/imsira:
|
yig`lamsira, kulimsira
|
-qira/inqira:
|
ishonqira, oqarinqira, o`chinqira
|
-sh/ish:
|
to`lish, qizish, oqarish, to`xtash (yuragi)
|
-q/iq/k/ik:
|
tutaq, toliq, junjik, ko`nik
| harakatning kuchli darajasini bildiradi:
-la/-ala:
|
quvla/quvala, ishqala, savala, siypala, cho`qila, chayqala, siltala, opichla
|
-qi/g`i:
|
yulqi, sizg`i, to`zg`i, bijg`i
|
-ga/ka/qa:
|
surga, surka, chayqa
|
-a:
|
bur – bura, quvon – quvna, urin – urna
|
-gila/kila/ qila/g`ila:
|
yugurgila, titkila, tepkila, chopqilla, turtkila, tortqila, ezg`ila, cho`zg`ila
|
TO`LIQSIZ FE`L – o`z lug`aviy ma’nosini yo`qotib, asosan, kesim vazifasidagi so`zning zamonini ifodalashga moslashgan edi, ekan, emish, emas fe’llari: U o`qituvchi edi/ekan/emish/emas kabi.
Uslubiy belgilari.
Lug`aviy ma’noga ega emas.
Fe’lning barcha lug`aviy shakllari bilan birika olmaydi.
Nafaqat fe’l, balki barcha kesim vazifasida kelgan mustaqil so`zlarga qo`shilib, o`tgan zamonni ifodalaydi: Uning ovozi yoqimli edi. Otam eski maktab muallimi edi. Uning bolalari to`rtta edi.
Gapda bog`lama vazifasida keladi.
Birinchi unli noturg`un, asosga -di, -mish, -kan tarzida qo`shilishi mumkin: Yomg`ir to`xtamay quyardi. U ertaga kelarmish. O`zi aytib qo`yarkan.
Hozirgi o‘zbek tilida eng faol fe’l yasovchi qo‘shimcha -la qo‘shimchasidir. Bu qo‘shimcha sondan boshqa barcha so‘z turkumlariga qo‘shilib fe’l yasay oladi. Masalan, oqla, ishla, tekisla, tezla, dodla, voyvoyla kabi.
1. -la qo‘shimchasi otlarga qo‘shilib fe’l yasaganda, quyidagi ma’nolarni bildiradi:
a) yasashga asos qismdan anglashilgan narsa — predmet bilan ta’minlash: o‘g‘itla, moyla;
b) narsa — qurol bildiruvchi otlarga qo‘shilib, shu asbob bilan bajariladigan harakatni bildiradi: qaychila, arrala, egovla, ketmonla;
d) yasashga asos qismdan anglashilgan narsani yuzaga keltirish ma’nosini bildiradi: urug‘la, bolala kabi.
2. Sifat va ravishlarga -la yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilganda yasashga asos qismdan anglashilgan tus, holatga kirish harakatini bildiradi. Masalan, tekisla, silliqla, to‘g‘rila, tezla, tozala kabi.
3. -la qo‘shimchasi undov so‘zlarga qo‘shilib, yasashga asos qismdan ifodalangan his-hayajon, buyruq — xitoblarning bajarish harakatini bildiradi: hihila, ufla, dodla kabi.
4. -la qo‘shimchasi taqlid so‘zlarga qo‘shilib, yasashga asos qism ifodalagan tovushning yuz berishini ifodalaydi: gumburla, taraqla kabi.
Sifat, ravish, undov va taqlid so‘zlarga -la yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilib fe’l yasalganda, yasovchi qo‘shimcha qil, et, de singari ko‘makchi fe’llari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi va ularni ko‘pincha biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash imkoniyati bo‘ladi. Masalan, tekisla-tekis qil, silliqla-silliq qil, ufla-uf de, dodla-dod de, gumburla-gubur et, taraqladi-taraq etdi kabi. Lekin doimo emas. Masalan: tezla ni tez qilga almashtirib bo‘lmaydi.
Eslatma: 1. -la fe’l yasovchi qo‘shimchasi ba’zan -ta (izla -ista), -ga, -ka (hidla — iska) holida ham talaffuz qilinadi.
2. -la fe’l yasovchi qo‘shimchasi ba’zan bilan qo‘shimchasining qisqargan shakli -la (qo‘l-la bajarib bo‘lmaydi) hamda -la (-oq, -yoq yuklamasi bilan ma’nodosh) yuklamasi bilan omonimlik munosabatida bo‘ladi. Shuning uchun -la yasovchisini so‘zga kuchaytiruv-ta’kid ma’nosini yuklaydigan -la yuklamasidan farq qilish kerak. Masalan, kelib -la ketdi — kelib ketdi; qo‘lla (madad qil) va qo‘l-la (qo‘l bilan).
Navoiy asarlari lug‘atidan keltirilgan misollar bosh so‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan fe’llar sinonimiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |