Bosh oqarmoq — sochi oqarmoq, qartaymoq.
Bosh olib chiqmoq — hamma narsaning bahridan o‘tmoq, kechmoq, tark qilmoq.
Bosh uchurmak, bosh tushirmoq — o‘ldirmoq, boshini kesmoq.
Bosh ura kirishmoq — ko‘rina boshlamoq.
Bosh o‘g‘irlamoq — bosh olmoq, o‘ldirmoq.
Bosh o‘ynamoq — o‘yinda boshni tikmoq, qurbon bo‘lmoq.
Bosh indurmak — 1. Ta’zim qilmoq; 2. Pisand qilmoq.
Bosh tortmoq — ko‘tarilmoq, yuqorilashmoq.
Bosh chiqarmoq — o‘zini tortmoq, o‘zini ayamoq, saqlamoq.
Ollida bosh quymoq — o‘zini kichik olmoq, itoat qilmoq, iltijo etmoq.
Boshidin quymoq — esidan, yodidan chiqmoq.
Boshdin quymoq — bahridan o‘tmoq, kechmoq, tark qilmoq.
Boshiga yetmoq — tepasiga kelmoq, oldiga kelmoq.
Boshi falakdin o‘tmoq — ulug‘ martaba hosil qilmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |