Dunyo tillari tizimida o‘zbek tilining tutgan o‘rni hozirgi kunda yer yuzida o‘n milliarddan ko‘proq



Download 0,89 Mb.
bet131/249
Sana08.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#112874
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   249
Bog'liq
Ma‘ruzalar matni ona tili

YETAKCHI FE`LLAR. Ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi (harakat tarzi shakli)o`zi birikkan fe’lning ma’nosiga qo`shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan nomustaqil fe’l bilan mustaqil fe’lning qo`shiluvidan hosil bo`lgan shakl: ketib qolmoq (kutilmaganda), berib turmoq (vaqtincha), kutib turmoq (davomli harakat). Bundagi ikkinchi fe’llar ko`makchi fe’l, vaqtincha o`z lug`aviy ma’nosini yo`qotgan bo`ladi. Ma’nosi bir oz o`zgarayotgan fe’l yetakchi fe’l, yetakchi va ko`makchi fe’l birikuvi esa ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi deyiladi.. Mas., Salim kitobni o`qib chiqdi gapida chiqdi fe’li “tashqarida bo`lmoq” lug`aviy ma’nosini yo`qotib, gapdagi o`qib yetakchi fe’lining ma’nosini o`zgartirish, ya’ni undan anglashilgan harakatning tugallanganligini ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

Yetakchi fe’l va ko`makchi fe’l uch usulda birikadi:

a) ravishdoshning -­(i)b shakli orqali: o`qib turdi, aytib qoldi;

b) ravishdoshning -­a/­y shakli orqali: yura boshladi, so`ray qol;

c) juftlashish orqali: yozib oldim – yozdim-oldim, tugatib qo`yding – tugatding­-qo`yding

Bu uch vosita barcha yetakchi va ko`makchi fe’lni hosil qilavermaydi: yozdi-boshladi, ayta soldi ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi me’yoriy emas. Me’yoriy: yoza/yozib boshladi, aytib soldi.



Hozirgi o`zbek adabiy tilida bitta ham sof ko`makchi fe’l yo`q. 30 dan ortiq (darsliklarda 25 ta, ba’zan 27 ta) mustaqil fe’l ko`makchi fe’l vazifasida kela oladi: ber(­ver), bil, bit(bitir), bor, boshla, boq, bo`l, yet, yoz, yot, kel, ket, ko`r, ol, sol, tashla, tur, tush, chiq, yubor, yur, o`l, o`t, o`tir, qara, qol, qo`y;
Ko`makchi fe’l ifodalaydigan ma’no:


Shakl

Ma’nosi

Misol

­-(i)b ber

harakat natijasining o`zgaga yo`nalishi

qo`yib ber, bilib ber

­-a/­y ber

davomiylik

ko`chaver, o`ylayver

­-a/­y ol/bil

qodirlik

tuzata oldi, foydalana bil

­-(i)b bit/bitir

to`la bajarilish

yonib bitgan, ekib bitir

­-i)b,­-a/­ybor/kel

harakatning davomiyligi

unutib bordi, o`zgartira bor

­-a/­y boshla

boshlanish

yura boshla, o`qiy boshla

-(i)b boq/ko`r/qara

sinash

o`qib boq, o`ylab qara, yozib ko`r

­-(i)b bo`l

to`la bajarilish

yozib bo`l, yuvib bo`l, qazib bo`l

­-(i)b yet

to`la bajarilish

anglab yetdi, pishib yetmagan

­-a/­y yoz

bajarilishga yaqinlik

qula yozdi, yorila yozdi

­-(i)b yot/tur/o`tir/yur

davomiylik

o`qib yot, aytib tur, yozib o`tir

­-(i)b ket

to`la, kuchli bajarilish; boshlash va davom etish

tarqab ketdi, isib ketdi, g`ovlab ketdi, maqtab ketdi

­-a/­y ket

boshlash va davom etish

o`qiy ketdi, gapira ketdi

­-(i)b sol

to`la-­to`kis bajarilish

aytib sol, yuragini to`kib soldi.

­-a sol

ketma-ketlik

ola solib ot, kela solib boshla, tura solib tashlan

­-(i)b tashla/ yubor/qo’y

to`la, oson va tez yuzaga kelishi:

o`qib tashla, to`qib tashla, haydab yubor, aytib qo’y

­-(i)b chiq

tugallash

o`qib chiq, so`rashib chiq, aylanib chiq

­-(i)b tush

butunlay

ag`darilib tushdi, yiqilib tushdi, yoqib tushdi, yarashib tushdi

­-(i)b o`l

yuqori darajada davomiylik, takroriylik

mudrab o`lyapman, surishtirib o`ldi, sog`inib o`ldi,

­-(i)b o`t

tugallik, alohida e’tibor

bo`lib o`tdi, gapirib o`t

­-(i)b qol

holatga aylanish kutilmaganlik davomiylik

tikilib qol, serrayib qoldi; kelib qoldi, so`rab qol;

­-a/­y qol

ruxsat, rozilik, istak

bora qol, yura qol, keta qol

Ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi qisqargan holda ishlatilishi va qo`shib yozilishi mumkin: aytib yubor – aytvor, bora ber – boraver,

Ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasida ko`makchi fe’l birdan ortiq bo`lishi mumkin: aytib berib tura qol, aytib bera olmay qoldi. Bunda keyingi ko`makchi fe’l uchun oldingi ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi yetakchi fe’l bo`ladi: Aytib (yetakchi fe’l) ber (ko`makchi fe’l), aytib berib (yetakchi fe’l) tur (ko`makchi fe’l). Bu ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi ichida ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi.

Ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi [fe’l+fe’l] tipidagi qo`shma fe’l va [ravishdosh+fe’l] tipidagi so`z birikmasiga o`xshaydi. Farqi:

a) ko`makchi fe’l olib tashlansa, yetakchi fe’l ma’nosi bir oz o`zgaradi: yozib bordi – yozdi, isib ketdi –isidi; qo`shma fe’ldagi yordamchi fe’l ma’noni butunlay o`zgartiradi: sotib ol – sot; ishlab chiqardi – ishladi;

b) so`z birikmasida birdan ortiq gap bo`lagi mavjud: quvonib (hol) so`zladi (kesim); ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi bitta gap bo`lagi bo`lib keladi: o`ylab qoldi (kesim).

Ravishdosh shaklidagi ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasida nisbat va bo`lishsizlik ko`rsatkichi yetakchi va ko`makchi fe’lning bittasiga yoki har ikkalasiga qo`shilishi mumkin: to`xta­t­ib qo`y­ish­di; aytib qo`y­ma, ayt­may tur, ayt­may tur­ma;

Zamon, mayl, shaxs-­son qo`shimchasi esa ko`makchi fe’lda bo`ladi.ayta olaman



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish