1.Ravish – harakat-holatning belgisini bildiruvchi, o`zgarmas mustaqil so`z turkumi. 2.Ravish harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o`rni, daraja-miqdorini bildiruvchi va qanday, qachon, qayer, qancha singari so`roqqa javob bo`luvchi so`z: astoydil o`qimoq, harbiychasiga qasamyod, hamisha navqiron.
3.Ravish morfologik jihatdan o`zgarmaydi, ya’ni lug`aviy shaklga ega emas va aloqa-munosabat shaklini ham olmaydi. Ayrim ravish tarkibida uchraydigan egalik (kechasi), kelishik (undabunda, olg`a, jo`rttaga, to`satdan, birdan) shakllari so`z bilan yaxlitlangan, ma’noli qismga ajratilmaydi: hozirdan, tezda, ilgarilari, kechqurunlari.
4.Ravish boshqa so`zga bitishuv yo`li bilan birikadi: tez yugurmoq
5.Gapda hol (Kechasi ishlaydi) vazifasida keladi. Ba’zan aniqlovchi bo`lib keladi: mahsichang odam.
Do'stlaringiz bilan baham: |