1.2.2-jadval.
Dunyo bo’yicha turistlar tashrifi bo’yicha eng ko’p tashrif buyurilgan 10 ta davlat ro’yxati13
|
Davlatlar
|
Xalqaro kiruvchi
turistlar (2019)[1]
|
Xalqaro kiruvchi
turistlar (2018)[1]
|
O’zgarish
(2018 va
2019)
(%)
|
O’zgarish
(2017 va
2018)
(%)
|
1
|
France
|
93.2 million
|
89.4 million
|
4.2
|
2.9
|
2
|
Spain
|
83.5 million
|
82.8 million
|
0.8
|
1.1
|
3
|
United States
|
79.3 million
|
79.7 million
|
0.6
|
3.3
|
4
|
China
|
65.7 million
|
62.9 million
|
4.5
|
3.6
|
5
|
Italy
|
64.5 million
|
61.6 million
|
4.8
|
5.7
|
6
|
Turkey
|
51.2 million
|
45.8 million
|
11.9
|
21.7
|
7
|
Mexico
|
45.0 million
|
41.3 million
|
9.0
|
5.1
|
8
|
Thailand
|
39.8 million
|
38.2 million
|
4.3
|
7.3
|
9
|
Germany
|
39.6 million
|
38.9 million
|
1.8
|
3.8
|
10
|
United Kingdom
|
39.4 million
|
38.7 million
|
1.9
|
2.2
|
1.2.2-jadvalda dunyo bo’yicha eng ko’p tashrif buyuriladigan 10 ta mamlakatning 2018-2019-yillardagi ko’rsatkichlari va tashrifchilar miqdori orasidagi farq aks ettirilgan bo’lib, unga ko’ra, Fransiya tashrif buyuriluvchi mamlakatlar orasida yetakchilik qiladi. Kuchli o’nlik orasida Turkiya davlati ham bo’lib uning ko’rsatkichi 51.2 million kishini tashkil qiladi va 6-o’rinni egallaydi. Bundan tashqari, AQSH va Ispaniya ham turistlar tashrifi bo’yicha yuqori o’rinlarda turadi.
Bugungi kunda turizm dunyo iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan tarmoqlardan biriga aylandi. Turizm iqtisodiy jarayonlarning muhim qismiga aylanmoqda. Chunki, mazkur soha xodmlari turistlarni kutib olish, xizmat ko’rsatish, bo’sh ish o’rinlari yaratish, chet el valyutasi kirib kelishini ko’paytirish, turistik xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarga daromadlar olish bo’yicha bir qancha omillarni harakatga keltiradi. Mahalliy turistik resurslardan to’g’ri foydalanish o’sha hudud iqtisodiyotining o’nglanishiga, pirovardida turli soliqlarni to’lash orqali mahalliy va davlat byudjetini to’ldirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shuni e’tiborga olish lozimki, avvalari turizmga aholining sayohat qilishi va dam olishini ta’minlovchi oddiy sifatida qaralgan bo’lsa, ayni paytda u mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog’i sifatida shakllanib, rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda. Yaqin-yaqingacha mazkur soha iqtisodiyotga katta daromad keltiruvchi tarmoq sifatida o’rganilgan emas edi. Shu tufayli, uning mamlakat iqtisodiyotidagi hissasi nolga teng, degan tushuncha mavjud edi. Endilikda turizmga nafaqat dam olishni tashkil qiluvchi ijtimoiy soha, balki milliy iqtisodiyotning katta daromad keltiruvchi tarmog’i sifatida qarala boshlandi. Agar unga tarmoq nuqtai nazaridan qaralgan bo’lsa, tom ma’noda iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy tarmog’i deb hisoblash maqsadga muvofiq. Bu holat quyidagilar bilan izohlanadi; birinchidan, aholi bandligini hamda dam olishni ta’minlaydigan davolaydigan, ma’lum ma’noda malakasi va tajribasini oshiradigan soha bo’lsa ikkinchidan, tadbirkorlarga ham, turistik firmalarga ham, ma’lum hududga hamda davlatga ham daromad keltiradigan iqtisodiyot tarmog’iga aylandi. Buning isboti sifatida turizmdan eng ko’p daromad oluvchi mamlakatlarni ko’rib chiqish mumkin(1.2.3-jadval)
1.2.3-jadval.
Dunyo mamlakatlarida turizm sohasidan ko’riladigan eng ko’p daromad bo’yicha 10 ta davlat ro’yxati14
|
Davlatlar
|
Xalqaro turizm
tushumlar
(US$ milliard)
(2019)[1]
|
Xalqaro turizm
tushumlar
(US$ billion)
(2018)[1]
|
O’zgarish
(milliy valyutasida)
(2018 va 2019)
(%)
|
1
|
United States
|
214.1
|
214.7
|
0.3%
|
2
|
Spain
|
79.7
|
81.7
|
2.9%
|
3
|
France
|
63.8
|
66.0
|
1.9%
|
4
|
Thailand
|
60.5
|
56.4
|
3.2%
|
5
|
United Kingdom
|
52.7
|
50.0
|
10.1%
|
6
|
Italy
|
49.6
|
49.3
|
6.2%
|
7
|
Japan
|
46.1
|
42.1
|
8.0%
|
8
|
Australia
|
45.7
|
45.0
|
9.1%
|
9
|
Germany
|
41.6
|
43.0
|
2.2%
|
10
|
China
|
40.1
|
40.4
|
1.6%
|
1.2.3-jadvalga ko’ra, dunyo mamlakatlari bo’yicha turizm sohasidan ko’riladigan daromadlar bo’yicha AQSH 1-o’rinda turadi.Undan keyingi o’rinda esa Ispaniya egallaydi.Turistlar tashrifi bo’yicha yetakchilik qilayotgan Fransiya daromadlar bo’yicha 3-o’rinda. Germaniya va Xitoy ulushi o’tgan yillarda deyarli bir xil edi lekin 2019-yilda Germaniyani ko’rsatkichi 2.2% ga oshgan Xitoy esa 1.6 % ga tushgan va 40.1 mlrd$ ulushi bilan 10-o’rinni egallaydi.
Turizm rivojlanishini tahlil qilishda uning iqtisodiyot tarkibida qanday funksiyalarni bajarishini inobatga olish lozim. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, turizm milliy iqtisodiyotda ma’lum bir funksiyalarni bajarish bilan birga, unga quyidagicha ta’sir etadi:
turistik mahsulotlar ishlab chiqaradi;
aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashadi;
milliy daromadni yaratishga ishtirok etadi;
mintaqalar rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi;
to’lov balansini barqarorlashtirishga hissa qo’shadi;
o’rta sinf shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Turizmning milliy iqtisodiyotga ta’sir darajasini baholashda bajaradigan funksiyasining nechog’lik samarali ekanligi va mavjud ehtiyojlarga mosligi masalalarini aniqlashni taqozo qiladi. Shu tufayli ularning har birini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Ishlab chiqarish funksiyasida turistik tashkilotlar turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish orqali mamlakat YaIMni ko’paytirishga hissa qo’shadi.15
Turizmni rivojlantirish bevosita aholining ish bilan bandligiga bog’liq. Chunki, ushbu sohada inson ishtiriki muhim ahamiyatga ega.Sohada aholining qancha qismi bandligi o’sha davlat iqtisodiyotning qanday holatda rivojlanganligiga, uning turistik salohiyatiga ulardan qay darajada samarali foydalanayotganligiga bog’liq. Turizmda band aholini quyidagi 4ta toifa bo’yicha o’rganish maqsadga muvofiq. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
turizm sohasida bevosita bandlik
turizm sohasida bilvosita bandlik
turizmga o’z ish joyidan turib xizmat qiluvchi sohalarda faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar bandligi
turistik obyektlar va infratuzilmalar qurilishidagi bandlik.
Turizm sohasida faoliyat yuritish natijasida band aholiga mehnat haqi to’lash mahalliy hamda davlat byudjetiga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash orqali milliy daromad yaratiladi. Ayrim davlatlar byudjeti shakllanishida turizm sohasidan kelib tushadigan daromadlar salmoqli miqdorni tashkil etadi. Bundan tashqari, xorijiy turistlarga xizmat ko’rsatish evaziga valyuta zaxiralari shakllantirib katta hajmdagi ishlarga yo’l ochiladi. Bu funksiya aholisi kam va sanoati rivojlanmagan hududlarda turizmni shakllantirishga undaydi. Chunki, ko’pgina chekka hududlar aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va bog’dorchilik bilan shug’illanadi. Bular ko’pincha tog’ va tog’oldi hududlariga to’g’ri keladi. Bu joylarning o’ziga xos an’ana qadryatlari saqlanib qolgan. Shu bilan birga qishloq xo’jaligini rivojlanirishda ham o’ziga xoslik mavjud. Shu tufayli, bunday joylarda ekologik turizmni,agrar turizmni, qishloq turizmni rivojlantirish mumkin. Turistlarga mahalliy aholining yashash tarzi, milliy an’analarni ko’rish, tabiat qo’ynida dam olish qiziq, albatta. Bu esa, o’z navbatida, mahalliy aholi turmush tarzini yaxshilashga olib keladi, turizm infratuzilmasi va servis xizmatlari tashkil etiladi. Eng muhimi xizmat sohasidagi bandlik hisobiga qishloqda mehnatning xarakteri ham o’zgarib, takomillashib boradi. Avvallari faqat agrar mehnatga maoslashgan qishloq aholisi endi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishning ilg’or usullari bilan shug’illanish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Turizmning to’lov balansini barqarorlashtirishdagi roli. Bunda xalqaro turizmning rivojlanishi katta ahamiyat kasb etadi.Chunki, mazkur soha mamlakat to’lov balansiga tegishli tarzda ta’sir etadi. Bunda kiruvchi va chiquvchi turizmni solishtirish orqali mazkur sohaning to’lov balansiga ta’sirini aniqlash mumkin.Ya’ni, mamlakatimiz fuqorolarining xorijga (turist sifatida) chiqish harajatlari bilan aynan shu davlatda kelgan turistlarga ko’rsatilgan xizmatlar hisobidan tushgan daromadlar solishtirilishi natijasida mazkur sohaning mamlakat to’lov balansiga ta’siri aniqlanadi.
Turizmning o’rta sinfning shakllanishidagi roli ayniqsa bugungi kunda xalqaro turizm o’rta sinf uchun dam olishning keng tarqalgan turiga aylanib bormoqda. Shunday bir qonuniyatni ko’rish, kuzatish qiyin emas qaysi mamlakatda o’rta sinf qatlami qancha ko’p va keng bo’lsa, uning sayyohlik salohiyati ham shunchalik yuqori bo’ladi. Bu borada o’rta sinfga mansub odamlarning juda harakatchan va tadbirkor bo’lishi ularning yangiliklarni izlab yashashga o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini amalga oshirishga intilishi muhim o’rin tutadi. Hozirgi paytda barcha turistik firmalar deyarli tadbirkorlik asosida xususiy mulk evaziga shakllanib faoliyat ko’rsatmoqda. Ular 600 dan ziyod firma, kompaniya va turoperatorlar sifatida dunyoning 80 dan ortiq davlatini bilan bevosita aloqa o’rnatib turistlarni jo’natish va qabul qilish bilan shug’illanmoqda.
Turizmni samarali rivojlantirishga erishilsa, quyidagi natijalarni qo’lga kiritamiz:
mamlakatimizning yalpi milliy mahsuloti ko’payadi;
davlat byudjeti to’lovlar hisobi ortishiga erishiladi;
ish bilan ta’minlash o’sadi, yangii ish o’rinlari yaratiladi;
chet el kapitali ortadi hamda valyuta tushumi ko’payadi;
turizm rivojlanishi boshqa sohalar taraqqiy etishiga ta’sir ko’rsatadi;
turizm infratuzilmasi va industriyasi rivojlanishi ta’minlanadi;
turistlarni dam olish tuzilmalari isloh qilinishiga erishiladi.
Qisqacha qilib aytganda, bularning barchasi pirovardida, turizmni rivojlantirish imkoniyatlari oshishiga, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga, aholining ijtiimoiy-iqtisodiy hayoti yanada yaxshilanishiga ularning yashash darajasi va sifati oshirilishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |