Dunyo mamlakatlarida turizmni rivojlantirishning nazariy uslubiy asoslari


Turizm sohasini jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va ro’li



Download 1,25 Mb.
bet4/25
Sana13.07.2022
Hajmi1,25 Mb.
#792062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Raximov Faxriddin BMI 1

1.2 Turizm sohasini jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va ro’li
Turizm jahon iqtisodiyotining yirik va dinamik rivojlanayotgan sohasi bo’lib, jahon yalpi milliy mahsulotining 10%ini tashkil etadi. Jahon investitsiyasining 7 foizi, har o’n ish o’rnidan biri, iste’mol sarflarining 11 foizi turizm sohasiga to’g’ri keladi. Butunjahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra 90-yillar boshlarida jahon tovar va xizmatlar savdosining 10 foizdan ortig’ini tashkil etib, neft va avtomobil sanoatidan keyin uchinchi o’ringa chiqib oldi va dunyodagi har sakkizinchi mehnatga layoqatli kishi bu sektorda band5.
Turizmning o’sishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi, mamlakatlar, mintaqalar o’rtasida iqtisodiy aloqalar hamda sport faoliyati rivoji, xalqlarning muloqotga intilishi va boshqalar mamlakatlar tajribalaridan foydalanishda aks etadi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, xususan transport sohasidagi yutuqlar transport tashuvi hajmining oshishi, aviareyslar soni oshishi va ko’plab shaxsiy avtomobillar yig’ilishiga olib keldi. Zamondoshlarimiz ommaviy turizm gurkirab rivojlanayotganligiga guvoh bo’lmoqda. Mashhur «Невидимой експорт» kitobi muallifi M.M. Ananev turizmni «XX asr fenomeni» deb atagan edi.6
Turizm rivojlanishidagi hozirgi zamon tendensiyalari uning ham jahon iqtisodiyotiga ham alohida mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotiga ta’siri ortib borayotganligini ko’rsatmoqda. Turizm aholining o’ziga xos ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirib milliy iqtisodiyotning yirik mustaqil sohaga aylanib bormoqda. Ushbu ehtiyojlarning xilma-xilligi tufayli nafaqat turistik korxonalar balki boshqa soha korxonalari ham qatnashib xalq xo’jaligi kompleksi rivojiga multiplikativ ta’sir etadigan omillardan biri sifatida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, turizm insonlarning asosiy ehtiyojlaridan biri bo’lib, insonlarga fan texnika taraqqiyoti jadal rivoji, mehnat intensivligi natijasida vujudga keladigan his-hayajon va psixologik salbiy ta’sirlarni kamaytirishda sezilarli ko’mak beradi.
Ko’pgina mamlakatlardan farqli o’laroq turizm sohasi yetarlicha rivojlanmagan O’zbekistonda turizm industriyasi rivoji pul tushumlari ko’payishi, ishsizlik darajasini pasaytirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqarorlashtirishning bir yo’nalishi sifatida davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarini faollashtirish, turistik xizmatlar bozorini o’rganish, turistik ta’lim tizimini kengaytirish, muayyan mintaqalar rivojini ta’minlaydigan dasturlarni ishlab chiqishni talab etadi.
Turizm bu iqtisodiy kompleks bo’lib, uning rivojlanishi jahon xo’jalik jarayonlari va munosabatlari bilan tushuntiriladi. Boshqa tarafdan turizm iqtisodiy o’sishning muhim katalizatori bo’lib, mamlakatlar o’rtasida yalpi milliy mahsulotni taqsimlash kanali sifatida qatnashadi va tovar, xizmatlar olib chiqilishi kuzatilmaydi. Turizm iqtisodiy xodisa sifatida:7

  • industriya shakliga ega;

  • yig’ish va transpportirovka qilish mumkin bo’lmagan xizmatlar turi sifatida ishtirok etadi;

  • yangi ish o’rinlari yaratadi va ko’pincha tezkor rivojlanish va yangi hududlarni o’zlashtirish pionerlari bo’lishadi;

  • turizmga ixtisoslashgan mamlakat foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida ishtirok etadi;

  • mahalliy infratuzilma rivojlanishi va mahalliy aholi turmush darajasi o’sishi multiplikatori hisoblanadi;

  • investitsiyalarning yuqori samaradorligi va tez qaytishi bilan xarakterlanadi.





Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish