|
KIRISH
|
|
I-BOB
|
DUNYO MAMLAKATLARIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY - USLUBIY ASOSLARI
|
|
1.1.
|
Dunyo mamlakatlarida xalqaro turizmning rivojlanish bosqichlari
|
|
1.2.
|
Turizm sohasini jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va ro’li
|
|
1.3.
|
Turizm sohasida jahonning yetakchi mamlakatlarining tutgan o’rni (Ispaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya va Turkiya mamlakatlari misolida)
|
|
II-BOB.
|
O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA ILG’OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI
|
|
2.1.
|
O’zbekistonda turizm sohasi rivojlanishining bugungi holati va tahlili
|
|
2.2.
|
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
|
|
2.3.
|
Turizm sohasini rivojlantirishning ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatlari
|
|
|
XULOSA VA TAKLIFLAR
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
|
|
Mavzu: TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBA VA UNI
O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH YO‘LLARI
MUNDARIJA:
Mavzu: TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBA VA UNI
O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH YO‘LLARI
MUNDARIJA:
|
KIRISH
|
3
|
I-BOB
|
DUNYO MAMLAKATLARIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY - USLUBIY ASOSLARI
|
6
|
1.1.
|
Dunyo mamlakatlarida xalqaro turizmning rivojlanish bosqichlari
|
6
|
1.2.
|
Turizm sohasini jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va ro’li
|
14
|
1.3.
|
Turizm sohasida jahonning yetakchi mamlakatlarining tutgan o’rni (Ispaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya va Turkiya mamlakatlari misolida)
|
25
|
II-BOB.
|
O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA ILG’OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI
|
47
|
2.1.
|
O’zbekistonda turizm sohasi rivojlanishining bugungi holati va tahlili
|
47
|
2.2.
|
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
|
53
|
2.3.
|
Turizm sohasini rivojlantirishning ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatlari
|
62
|
|
XULOSA VA TAKLIFLAR
|
68
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
|
73
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichida turizm xizmat ko‘rsatish sohasi bozor munosabatlari rivojlanishining muhim sektori bo‘lib qolmoqda. Chunki, turizm xizmat ko‘rsatish sohasi va iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunda turizm yaxlit tizim sifatida alohida bir mamlakat va umumjahon xo‘jaligining ma’lum unsurlari bilan uzviy aloqada bo‘ladi.
Xususan, oxirgi o‘n yillikda tez sur’atlarda xalqaro turizm rivojlandi. Turizm va sayohatlar butun jahon uyushmasining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda YaIMdagi ulushi 10 foizga etdi.
Ayniqsa, ko‘plab mamlakatlarda turizm sohasidan tushgan daromad davlat byudjetining katta qismini tashkil qiladi. Masalan, turizmning YaIMdagi ulushi Fransiyada 10 foiz, Germaniyada 8,6 foiz, Buyuk Britaniyada 9,2 foiz, Rossiyada 6,9 foizni tashkil qiladi.1
Ana shu masalani hal qilish maqsadida O‘tgan yili iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, bandlikni ta’minlash, odamlarimizning daromadi va hayot sifatini oshirishning muhim omil va yo‘nalishlaridan biri tariqasida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirildi.
Bank, sug‘urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari barqaror sur’atlar bilan rivojlanmoqda, ular xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda. Turizm sohasida har 10 kishidan 1 kishi faoliyat yuritmoqda va bu dunyodagi ishsizlik ko’rsatkichini pasaytirishga katta yordam beradi.
Ushbu xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar o’z navbatida turizm xizmatlar bozori sohasining rivojlanishini taqozo etadi. Bu borada O‘zbekistonda turizm industriyasi va infrastrukturasi, shu jumladan, turistik xizmat sohasi umummamlakat miqyosida olib borilgan xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tish jarayoni talablariga mos holda qayta isloh qilindi. Ammo, bu sohada hanuz qator muammolar, hatto uning rivojiga g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlar mavjud.
Darhaqiqat, mamlakatimizda turizm taraqqiyotining jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan omillardan biri turistik xizmatlar bozori, ya’ni milliy turizm bozorining talab darajasida emasligi bo‘lib, bu o‘z navbatida turizm industriyasini katta turistik resurslarga ega bo‘lgan mintaqalarda rivojlantirish imkoniyatini chegaralab qo‘yadi.
Ayniqsa, turizm sohasining taraqqiyotidagi hozirgi holat, uning istiqbolini belgilovchi ko‘rsatkichlar tahlili turizm faoliyatini shakllantirishning iqtisodiy, tashkiliy omillarini o‘rganish, turizm xizmati sifatini ko‘tarish, milliy turistik korxonalar, firmalarning raqobatbardoshligini ta’minlash hamda milliy turizm mahsulotiga xorij talabini o‘stirishga asos yaratadigan mukammal ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi. Bu esa turizmda milliy turizm bozorini tashkil etish va rivojlantirish yo‘llarini izlab topishni taqozo etadi. Bu holatlar ushbu tadqiqot ishining dolzarbligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |