Dunyo mamlakatlarida turizmni rivojlantirishning nazariy uslubiy asoslari



Download 1,25 Mb.
bet10/25
Sana13.07.2022
Hajmi1,25 Mb.
#792062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Raximov Faxriddin BMI 1

- Fransiya. Bu mamlakatda turizmning zamonaviy rivojlanish bosqichi oilaviy, hunarmandchilik va yarim hunarmandchilik, ishlab chiqarish ko‘rinishidagi ko‘pchilik kichik korxonalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi unda turizm sohasidagi bozor operatsiyalarini amalga oshiradigan firmalar orasida miqdoriy jihatdan kichik tadbirkorlik sub’ektlari ustuvorlik qiladi.
Ayniqsa, mamlakatda band bo‘lgan jami aholining yarmi mehmonxona, kafe va restoranlar hissasiga to‘g‘ri kelib, bulardagi ishchilar miqdori 10 nafar kishidan ortiqroqni tashkil etadi. Fransiyadagi turistik agentliklarning teng yarmi 6 nafar kishidan ortiq bo‘lmagan xodimga ega bo‘lgan firmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday firmalar mamlakat turistik sanoatida band bo‘lgan jami ishchi kuchlarning 10 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlaydi.
Fransiyada 26 ta yirik turistik agentlik mavjud bo‘lib, ularning har birida 100 kishidan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu agentliklarda jami band bo‘lganlarning 46,3 foizi faoliyat ko‘rsatadi. Shu bois, Fransiya jahonning taraqqiy qilgan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Kuchli industriya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish Fransiyani istalgan turdagi va kapital hajmdagi turistik ob’ektlarni qurish imkoniyatini yaratib berdi.
Mamlakatda “Ibis”, “Merkur” va “Novotel” kabi sifat markasiga ega mehmonxonalarning xalqaro brendi mavjud. “Loji de-Frans” va Fransiya restoranlari assotsiatsiyasi milliy tashkilot bo‘lib hisoblanadi. Fransiya son jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadigan va eng ko‘p turistlarni qabul qiluvchi mamlakat bo‘lib, mamlakat har yili 75-80 mln. kishiga yaqin turistlarni qabul qiladi hamda bunda chiquvchi turistlar hajmi yuqori ulushga egadir.
Fransiyadagi barcha mehmonxonalar turizm vazirligidan tomonidan berilgan sertifikatga ega. Mehmonxona normativ hujjatlarining toifalanishi davlat tomonidan 1985 - yil 14 - fevralida aniq belgilab berilgan bo‘lib, ularning xavfsizligi hududiy ichki ishlar organi tomonidan nazorat qilinadi.
Parij shahrida mehmonxonalar bazasi jami 1146 tani tashkil etib, ulardan 75 foizi mehmonxona turizm sinfidagi mehmonxonalar sanaladi. Undagi jami nomerlar soni 75000 dan ziyodni tashkil qiladi. Fransiya mehmonxonalarining shart-sharoiti, xonalarning kattaligi va xizmat ko‘rsatishiga qarab turistik boshqarma tomonidan mehmonxona darajalari beriladi.
Fransiyada besh yulduzli mehmonxona darajasi boshqacha talqin qilinadi, ya’ni ularda 4 yulduz “lyuks” deb baholanadi va darajalar 1 ta yulduz, 2 ta yulduz, 3 ta yulduz, 4 ta yulduz va 4 ta yulduzli “lyuks” ko‘rinishda bo‘ladi. Mamlakatda 2009 - yilgacha eng yuqori kategoriyadagi 4 yulduzli “lyuks” mehmonxona mavjud bo‘lgan. 2009 - yilda Fransiyada mehmonxona tasniflanishi bo‘yicha islohot o‘tkazildi va mehmonxonalarning yangi tasniflash tizimi qabul qilindi. Unda maksimum darajada mehmonxona servisi klassik xalqaro baholash tizimiga yaqin qilib olindi. Natijada, Fransiyada eng yuqori kategoriya qilib 5 yulduz qabul qilindi. Yangi fransuzcha tasnif bo‘yicha 5 yulduz darajasini osonlikcha olib bo‘lmaydi. Hozirgi kungacha Fransiyada bunday mehmonxonalarning soni 26 tani tashkil qiladi. Ushbu mehmonxonalar Antib, Bordo, Kannax, Kurshevel, Evian, Eze, Grasse, La-Bole, Martillaka, Nissa, Parij, San-Jan-Kap-Ferre va San-Pol-de-Vansada joylashgan.
Fransiya turizmida mehmonxonalar biznesini tashkil etish tajribalari mehmonxonalardagi yulduzlar soni va ularni baholash tizimining qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda fransuz mehmonxonalarini baholash tizimi “yevro” tizimiga yaqinlashgan. Ularning tasniflash tizimi bo‘yicha 1 yulduzdan 5 yulduzgacha baholanadi va 5 yulduzga “palace” kategoriyasi qo‘shimcha qilinadi. Bunday mehmonxonalar tarix bilan bog‘lanadi. Ushbu darajadagi mehmonxonalarda yuqori va takrorlanmas antiqa servis xizmati ko‘rsatiladi. Masalan, nomerning jihozlanishi, undagi ko‘rinish va Lyudovik XIV davridagi qadimiy jihozlar bilan bezatilganligi kabilar shular jumlasidandir.
Ko‘pincha standart bo‘yicha fransuz mehmonxonalarida joylashtirish narxlarining tarkibiga kontinental nonushta beriladi va “shved stoli” asosida kamroq xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, mehmonxonaning tarkibi 2 ta korpusdan iborat bo‘lib, ular mehmonxona nomeri va apartamentdan iborat. Apartamentda yashovchi mehmonlar mehmonxonaning barcha xizmatlaridan foydalanadilar.
Fransiyaning sayyohlik diqqatga sazovor joylari turli ta’m, landshaft, boy tarixiy va badiiy meros, mo‘tadil iqlim va transportga kirishning qulayligi, tegishli turistik xizmatlar yoki mehmonxona biznesi, ko‘ngil ochish parklari va transport infratuzilmasi bilan izohlanadi.
Fransiya chet ellik sayyohlar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Ya’ni mamlakatga 2019 - yilda 93,2 mln. sayyoh tashrif buyurib, 2017 - yilga nisbatan 7,2 foizga o‘sgan. Jahon reytingining kuchli beshligi Ispaniya to‘g‘ri kelib, unda shu yilda 82,8 mln. sayyoh tashrif buyurgan va o‘sish 1,2 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, Italiyaga shu yilda 62,1 mln. sayyoh tashrif buyurgan va o‘sish 6,5 foizni tashkil qilgan.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish