- Turkiya. Turkiyada turizm sohasi uchun mas’ul tashkilot bu Madaniyat va Turizm Vazirligidir. Ushbu Vazirlikda turli xil guruhlar mavjud bo’lib, ular marketing, investitsiya, madaniy merosni saqlash, ta’lim berish kabi faoliyatlarni o’z ichiga oladi.Vazirlikning mamlakat ichida 81 viloyat madaniyat va turizm guruhlari va 39 mamlakatda 44 ta madaniyat va rivojlantirish offislari mavjud. Turkiya turizm strategiyasida belgilangan boshqa asosiy vazirliklar ham kiradi. Ular quyidagilar: Iqtisodiyot Vazirligi, Transport Vazirligi, Oziq-ovqat Vazirligi, Atrof-muhit va Shaharlashish Vazirligi, Qishloq xo’jaligi va chorvachilik Vazirligi, Dengiz va aloqa Vazirligi. Bundan tashqari Madaniyat va Turizm Vazirligi Turkiyada turizmni rivojalntirishdagi rejalashtirish, turizmni kelajagi va turizm sohasidagi muayyan muammolarni hal qilishda bir nechta professional muassasalari va xususiy sektor assotsiasiyalar bilan hamkorlik qiladi. Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi, Turkiya sayyohlik agentlik assotsatsiya(TURSAB), Turistik mehmonxonalar va investorlar assotsatsiyasi(TUROB), Mehmonxona federatsiyasi(TUROFED), Turkiya turizm investorlari assotsatsiyasi(TYD), Gidlar birlashmasi a’zosi, Bosh Vazirning investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish agentligi va boshqalar. Shuningdek, Turkiya turizm sektorida ko’plab mahalliy assotsiasiyalar ham bor.17
Ushbu assotsiasiyalarning Turkiya turizmini boshqaradi desak hech mubolag’a bo’lmaydi. Masalan, TURSAB - Turkiya sayyohlik agentliklar assotsiasiyasi, ya’ni uning vazifasi barcha turagentliklar ustidan nazorat olib boradi. Ushbu assotsiasiya 1972-yil tashkil topgan va dastlabki yillarida 200 ga yaqin turagentliklar a’zo bo’lgan, bugungi kunga kelib uning a’zolari 10000 ga yaqinlashib qoldi. Turkiyadagi barcha turagentliklar unga a’zo bo’lishi shart va u narxlarni, taklif qilinayotgan xizmatlarni va ularning sifatini nazorat qiladi. Shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan shartnomalar tuzadi va 30 dan ortiq davlatda uning markazlari mavjud. Bundan tashqari Turkiyada Turizm Banki (TURBAN) mavjud bo’lib u 1955-yil tashkil topgan. Uning vazifasi turizm sohasidagi joylashtirish korxonalari, ovqatlanish korxonalari, transport vositalari, ko’ngilochar tarmoqlar va boshqa bog’liq bo’lgan tarmoqlarini moliyalashtiradi.18
Madaniyat va sport ishlari vazirligi hozirgi kunda ijtimoiy va raqamli ommaviy axborot vositalarni rag’batlantirishni boshladi. 2014-yilda Turkiya markasi bozorga kirib bordi. Bunda insonlarni Turkiyaga sayohatga jalb qilish va umumiy hajmi oshirish maqsadida har bir ijtimoiy media kanalida Facebook, Google, Twitter, Instagramm, Youtube, Pinterest, Linkedin, Vine va boshqalarda taqsimlandi. 2015-yil sentyabr oyiga followerlarning umumiy soni barcha ijtimoiy media hisoblari 3.8 milliondan oshib, dunyo bo’yicha 4-o’ringa chiqib oldi. Ijtimoiy media hisoblari kontentini boshqarishdan tashqari, reklama faoliyati TripAdvisor, Expedia, Matador, Network, Google va Yahoo amalga oshirildi. Bundan tashqari, ”Turkiya Home”kompaniyasi tomonidan mahalliy brendlash integratsiyasi boshlandi.
Turkiyada turizmni rivojlantirishda quyidagi 2 ta strategiyani keltirishimiz mumkin.Turkiyada turizmni tivojlantirish (1982-2007) va Turkiyada turizmni rivojlantirish (2007-2023) dasturlari.19
Turkiyada turizmni rivojlantirish (1982-2007) quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Turizm xizmatlar hajmini oshirish (yangi mehmonxonalar, aeroportlar, yo’llar, ishchi kuchi, ko’ngilochar imkoniyatlar va boshqalar);
Yangi texnologiyalardan foydalangan holda KnowHow loyihalarini amalga oshirish;
Xorijiy to’g’ridan-to’g’ri investitsiyani jalb qilish;
Agessiv marketing;
Yangi bozorlar;
Mahsulot zanjiri kengayishi;
Iqtisodiyot rivojlantirishni transport, ish va ijtimoiy kafolatlar va boshqalar bilan hamkorlikda mos boshqaruv modelini qo’llash.
2007-2023 - yillarda Turkiyada turizmni rivojlantirish quyidagi yo’nalishlardan iborat:
Turkiyani top 5 mamlakatlar ro’yxatiga kiritish (turistlar sonini va daromadlarni oshirish orqali);
Ichki turizmni rivojlantirish (muqobil turistik mahsulotlar bilan ta’minlash);
Tadqiqot va rivojlantirish;
Maqsadlar: yangi brendlar, boshqaruv qo’mitalari,transport va infrastruktura strategiyalari,milliy turizm axborot bank bo’limi,xususiy investitsiya loyihalarini yengillashtirish va jamoat ulushi narxlarini minimallashtirish;
Yangi marketing va reklama strategiyasi:destinatsiya boshqaruvi;
Turizmda yangi ta’lim dasturini tashkil etish;
Shahar brendi:yangi sayohatchilar uchun yangi diqqatga sazovor joylar;
Turizm diversifikatsiyasi:davolanish,qishki,golf,termal,spa va boshqalar;
Ushbu davlat dasturlari quyidagi tashilotlar orqali amalga oshiriladi, Milliy turizm konsulligi, Milliy rejalashtirish tash-kiloti, Madaniyat va Turizm Vazirligi, Milliy turizm sertifikatsiya xizmati, Ichki turizm tadqiqot va boshqaruv qo’mitalari.
1982-yilda ”Turizmni rag’batlantirish” to’g’risidagi qonun qabul qilinadi. Ushbu qonun bir qator imtiyozlarga olib keldi, shu jumladan jamoat yerlarini xususiy sayyohlik kompaniyalriga ko’chirish, bu iqtisodiyotni soddalashtirish bilan birga mamlakatda sayyohlikning rivojlanishini jadallashtirdi. Bu qonun ostida mamlakat ommaviy turistik ehtiyojlarni qondirishga e’tiborini qaratdi xususan aeroportlar, yo’llar, mehmonxonalar qurishni boshladi. Bular natijasida tez orada Turkiya arzon narxlardagi dam olish joyi sifatida turizm bozoriga chiqdi va sayyohlar kelishi va qabul qilish tezligi oshdi. Turkiya davlati ham turizmni rivojlantirish uchun bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirgan bo’lib, xususan Turkiya turizmini rivojlantirish quyidagi 10 bosqichli davlat dasturi asosida amalga oshirilgan.20
Do'stlaringiz bilan baham: |