II-BOB. O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA ILG’OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI
2.1. O’zbekistonda turizm sohasi rivojlanishining bugungi holati va tahlili
2019-yilda respublikaga tashrif buyurgan sayyohlar soni 6 mln. 748 ming nafardan ortiqni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 26,2 foizga oshgan. Shu bilan bir qatorda, hozirda turizm xizmatlari eksporti 2018-yilga nisbatan 26.1 foizga oshib 1 mlrd. 357 mln. AQSh doll.ni tashkil etmoqda. Shuningdek, 2017-yil davomida jami 128 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib,2019-yil ma’lumotiga asosan turoperatorlarning bugungi kundagi soni 561 tani tashkil qiladi.
Hozirda turoperatorlik va mehmonxona faoliyatini setifikatlashning tasdiqlangan yangi nizomi bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida jami 442 ta turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, ya’ni 221 ta mehmonxona va 221 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlar sertifikatlangan bo‘lsa, turizm faoliyati subyektlarini litsenziyalashning yangi nizomi asosida jami 128 ta tadbirkorlik subyektlariga turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar taqdim qilindi.
Hududiy dasturlarda belgilangan Buxoro va Samarqand shaharlarida “Qadimiy Buxoro” va “Samarqand Siti” turizm zonalarini tashkil qilish, umumiy hisobda 450 taga yaqin loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, 50 ta madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish, 50 tadan ortiq mehmonxonalar qurish va qayta tiklash, 100 taga yaqin umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi obyektlarni barpo etish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatini mamlakatimizning turizm salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida 20 dan ortiq davlatning OAV vakillarining O‘zbekistonga tashriflari tashkillashtirilib, ularning tashriflari natijasida 1250 dan ortiq informatsion materiallar bosma va elektron OAV nashrlarida joylashtirildi. Bugunga qadar 920 dan ortiq xorijiy bosma va elektron OAV nashrlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, hozirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining http://uzbektourism.uz/ veb-sayti hamda https://www.facebook.com/uzbektourism.uz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘zining internet foydalanuvchilariga doimiy tarzda ma’lumot bermoqda va targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirmoqda.24
Shu bilan bir qatorda, turizm sohasiga taalluqli bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha tezkor va aniq ma’lumot olish, turizm sohasi subyektlari va sayyohlar so‘rovlarini to‘laqonli qabul qilish maqsadida 2017-yil 4-dekabrida Qo‘mitaning uzlyuksiz 24 soat faoliyat yuritadigan “Call Center” (ma’lumot markazi) ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |