2.2 Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishi Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar ko’zlangan pirovard maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan.
Turizm –iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o’zi taqozo etmoqda. Shu bilan birgalikda soha rivojida hozirgi kundagi bir qator muammolarni sanab o’tsak maqsadga muvofiq:
xalq madaniy markazlarida sayyohlik infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi va ularning asosiy sayyohlik obyektlaridan tashqarida mavjud emasligi;
aviatransportning yuqori narxlari, milliy va xalqaro aviakompaniayalar tomonidan ehtimoldagi bozorlar qamrovining kamligi;
milliy sayyohlik brendi va sayyohlik mahsulotlari tanqisligi;
O’zbekiston bozoriga kirishda bo’lgan yuqori to’siqlar tufayli sayyohlik sohasi; xorijiy investorlar uchun jozibador emas;
turizm bo’yicha statistikaning o’z vaqti va to’liq, berilish darajasining pastligi.
Shu bilan bir qatorda mamlakatdagi barcha mehmonxonalarning 50% dan ortig’i uch asosiy madaniyat markazda – Toshkent, Buxoro va Samarqandda joylashganligi, xorijlik mehmonlarning asosiy qismi 51.2% - 31 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan kishilarni, keyingi yirik toifa 28.5% - bu 30 yoshgacha bo’lgan xorijiy fuqarolar, ya’ni yoshlar va 55 yoshdan kata bo’lgan sayyohlar mehmonlar umumiy sonining 19.3% tashkil etadi. Sayyohlarning 70 foizi dam olishda muzeylarni, ekskursiyalarni va harid qilishni afzal ko’radilar. Undan tashqari viza olishning murakkab jarayoni O’zbekistonni tanlashda asosiy to’siq omillaridan biri bo’ldi, ammo hozirgi paytda O’zbekiston viza tartibini tubdan soddalashtirdi. 2019 – yildan boshlab 45 mamlakat uchun qo’shimcha vizasiz tartib joriy etildi (jami hozir 86). Elektron kirish vizasini olish imkoniyati mavjud bo’lgan mamlakatlar ro’yxati kengaytirildi. Xorijiy fuqarolar uchun ro’yxatdan o’tishning tartibi soddalashtirildi. Ammo havo yo’nalishlarini tanlash imkoniyatlarining cheklanganligi va aviachiptalarning yuqori narxini sezilarli darajada oshishi natijasida mamlakatning xalqaro sayyohlik bozoridagi raqobatbardoshligini pasaytirishini aytishimiz mumkin.
Mamlakatimizda hozirgi kunda rivojlangan sayyohlik yo’nalishlari:30