2.3 Turizm sohasini rivojlantirishning ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatlari Hozirgi kunda barcha iqtisodiy tarmoqlar singari turizm dunyo bo’yicha eng taraqqiy etgan tarmoqlardan biriga aylanib qoldi. U faqat dam olish vositasigina emas, balki o’zida siyosiy-iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatlarini ham o’zida aks ettiradi. Xalqaro sayyohlik jahon hamjamiyatiga a’zo bo’lgan davlatlar xalq xo’jaligining eng noyob daromad sohasiga aylaniib bormoqda. Chunki xalqaro sayyohlik turistik mahsulot eng ko’p eksport qilishning xususiyatini o’zida mujassamlashtirgan sohadir. Buning uchun mamlakat osoyishtalik va barqarorlik yuzasidagi siyosat yuritish shart bo’lib hisoblanadi. Ichki va xalqaro sayyohlikni rivojlantirishda eng avvalo rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish va malakali kadrlar yetkazib berish birinchi masala hisoblanadi. Tarmoqni iqtisodiy rivojlanishda muttaxasislar yetakchi ro’l o’ynaydi. Shuning uchun ham sayyohlik sohasi bo’yicha yosh iqtidorli mutaxxasislarni tayyorlash, ularni bozor iqtisodiyoti tufayli yuzaga keladigan muammolarni hal qilishga jalb etish va shu orqali O’zbekistonni xalqaro va ichki turizmni rivojlangan mamlakatga aylantirish shu kunning muhim vazifasidir.
Yuqoridagi ma’lumotlardan hulosa shuki turizm sohasida Yevropa davlatlari yetakchi o’rinda turadi va Yevropa davlatlarining bu qadar rivojlanishiga hozirgacha egallagan tajribalari muhim ahamiyatga ega va ularni quyida O’zbekiston misolida ko’rsatishimiz mumkin:
Yevropa universitetlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va ular bilan talabalarni amaliyot uchun “exchange” qilib o’qitishni takomillashtirish.
Turizm va mehmonxona yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni amaliyotlarini o‘tashi uchun turistlar oqimi ko‘p bo‘lgan mamlakatlarga yuborish zarur.
Turizm va mehmonxona yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni o‘quv dasturiga gid-tarjimonlar uchun zarur bo‘lgan predmetlarni kirish yoki, gid-tarjimonlar tayyorlash, masofaviy ta’lim usulini qo‘llash yoki ta’lim markazlarini ko‘paytirish lozim.
Turizm sohasida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlar mavjud. Shularni hisobga olib, turizm sohasida tadbirkorlik yuritish bo‘yicha maslahat markazini tashkil qilish kerak. Hamda turizm bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida “Turizmda tadbirkorlik asoslari” fanini kiritish lozim.
Mamlakatimizda erkin turistik zonalar tashkil qilish yurtimiz turizm imkoniyatlarini yanada oshiradi, xorijiy investorlarni jalb qiladi, jahonga mashxur mehmonxonalar tarmog‘ini va turistik kompaniyalarni o‘ziga jalb qiladi. Bu esa o‘sha zonalarga innovatsiyalar va xorij tajribasi kirib kelishiga imkon yaratadi. Natijada, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, infratuzilma yaxshilanadi va xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ladi.
Mamlakatimizda turistlarni yashash davrini uzaytirish uchun yurtimiz san’atini targ‘ib qiluvchi ko‘cha tashkil qilish kerak. Aynan yurtimiz hududlarida rubob chalishni o‘rgatish, raqs, kulolchilik, kashtachilik, naqqoshlik kabi mahorat darslarini tashkil qilish turistlar qiziqishlarini oshiradi va marshrutni jozibador bo‘lishiga olib keladi. Turistlarni yurtimiz san’atiga qiziqishini orttirish uchun turli xil festivallarni tashkil qilish zarur.
Yurtimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilishda yuqori narxdagi xorijiy telekanallarda reklama qilishdan ko‘ra internetdan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idan taxminan 2,7 mlrd. kishi foydalanadi, “Instagram” tarmog‘idan 1 mlrd. nafar kishi va “Youtube” tarmog‘idan 1,8 mlrd. kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Bu esa ushbu ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimiz turizm salohiyatini tarzda targ‘ib qilish turistlar sonini oshiradi.
Mehmonxona va ovqatlanish korxonalarining reytingini aniqlashda eng optimal variant sifatida turistlar uchun qulay kam vaqt talab qiladigan va sodda bo‘lgan markazlashgan izoh qoldirish dasturini yaratish, unda narx, sifat va xizmat ko‘rsatish jihatdan turli ko‘rsatkichlarini belgilash orqali aniqlash samarali hisoblanadi. Buning natijasida turistlar vaqti tejaladi va turistik soha vakillari orasida raqobat kuchayadi.
Shu o’rinda Turkiya davlatig e’tibor qaratadigan bo’lsak Turkiya boshqa qo’shni bo’lgan yevropa davlatlariga nisbatan ancha keyin o’z turizmini rivojlantira boshlagan ammo hozirda xalqaro turizmda tashrif buyuruvchi turistlar soni bo’yicha top 10 talikka kirgan va 2019 – yil ma’lumotiga ko’ra 51.2 million turist tashrif buyurgan va top 10 talikdan 6 – o’rinni egallagan.
Turkiyaning bunday tarzda jadal rivojlanishiga sabab 1982–2007-yil va 1982–2007-yillardagi “Turkiyada turizmni rivojlantirish” davlat dasturini va Turkiyaning hozirgi kunga qadar qo’llayotgan turizmga oid davlat siyosatini asosiy sabab qilib ko’rsatishimiz va quyidagi misollarni keltirib o’tishimiz mumkin.
yangi texnologiyalardan foydalangan holda istiqbolli loyihalarini amalga oshirish;
xorijiy to’g’ridan-to’g’ri investitsiyani jalb qilish;
ichki turizmni muqobil va arzon turistik mahsulotlar bilan ta’minlash;
turizmda yangi ta’lim dasturini tashkil etish;
turizm investitsiyalarni rag’batlantirishni davom ettirsh;
turizmni rivojlanishiga ta’sir qiladigan har-xil byurokratik to’siqlarni bartaraf etish;
O’zbekistonda xorij davlatlarini tajribalarini qo’llaganda asosan Turkiyaga ko’proq e’tibor qaratishimiz joiz. Shu o’rinda aynan nima uchun Turkiya degan savol tug’iladi bunga javob qilib quyidagilarni aytishimiz mumkin:
iqtisodiy-ijtimoiy hamkorlikning chuqur yo’lga qo‘yilganligi.
Yuqoridagi turizm rivojlangan jahon mamlakatlari jumladan Yevropa va Turkiya turizm rivojlantirish dastur va tajribalarini o’rgangan holda, mamlakatimizda mavjud turistik potensialni va sharoitni hisobga olgan holda, yurtimizda soha rivoji uchun quyidagi yo’nalishlarni taklif qilishimiz mumkin:
maqsadli mamlakatlar guruhlari uchun viza rejimini soddalashtirish
sayyohlik sohasida tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida sayyohlik sohasida me’yoriy huquqiy bazani takomillashtirish
mehmondo’stlik sohasida infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun xalqaro tarmoqlarni jalb qilish uchun xalqaro tarmoqlarni jalb qilish, yangi tarmoq mehmonxonalarni yaratish
xalqaro yo’nalishlarga to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovlar sonini ko’paytirish, loukosterlarni ishga tushirish, temir yo’llarni qurish
milliy transport infratuzilmasini yagona raqamli inratuzilmasini joriy qilish
nogironlar uchun zarur infratuzilmani yaratish
xalqaro tarmoqlarni global sayyohlik tizimga integratsiyalash
shahar va shaharlararo aloqa uchun elektron tizimni joriy qilish
turistik investitsiyani aynan potensiali bor hududlarga kiritish;
qo’shni mamlakatlar bilan transport aloqalari va infratuzilmani yaxshilash;
yo’l infratuzilmasini yaxshilash, xususan avtomobil yo’llarini kengaytirish;
elektr tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarini takomillashtirish;
turizmni turlarining diversifikatsiyasi: sport, ov, ziyorat, qishki turizm, festival, ekologik turizm va boshqalar;
ish bilan band aholini ta’tillari va dam olishlarini to’g’ri yo’naltirish;
mamlakatdagi turli tantanalar bayramlar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish;
turistik imkoniyatlar boshqaruvini rivojlantirish, masalan, turizmda oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesga yaratilgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish;
xizmat sifatini oshirish uchun maxsus sertifikatsiya tizimini yaratish;
turistik gid assosiatsiyasini tashkil qilish, bundan ko’zlangan maqsad turizm sohasidagi professional ishchilar sonini oshirish;
turizmdagi asosan marketing va havo transporti sohalarini rag’batlantirish;
turizm amaliyotidagi qo’shilgan qiymat solig’i va maxsus iste’mol soliq stavkalarini kamaytirish;
Buyuk ipak yo’li turizmini takomillashtirish;
vizual, yozma va ommaviy axborot vositalarida syyohlik tashkilotlarini reklama qilish, turizmni rivojlantirish maqsadida yarmarkalar, konvensiya, festivallar va sport musobaqalarni o’tkazish;
har bir turist uchun to’g’ri keladigan kirim miqdorini oshirish va buni hal qilish uchun turli xil rejalarni ishlab chiqish.
mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy qiyofasini shakllantirish va rivojlantirish hamda ”o’zbekiston” brendini yaratish
O’zbekiston Respublikasini MDH davlatlari va Yevropaga tanitish va uni targ’ib qilish;
kino va seriallar orqali biz tarixda qanday buyuk davlat bo’lganligimizni va hozir ham Respublikamizni qanday kuchli davlat ekanligini butun jahonga tanitish.
Darhaqiqat, mamlakatimizda turli xorijiy davlatlarining turizm bo‘yicha ilg‘or tajribalari qo‘llanilib, ularning imkoniyatlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Chunki, mamlakatimiz jahon tamadduni va ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, tarixiy-me’moriy yodgorliklari va benazir allomalari, mehmondo‘st xalqi bilan dong taratgan. Bu o‘lkaga kelish, tabarruk ziyoratgohlarni ko‘rishga oshiqayotgan sayyohlar ko‘paymoqda.
Istiqbolda sayyohlar oqimi keskin ortishini hisobga olib, yurtimiz hududlarida yangidan mehmonxonalar, restoranlar, turli istirohat bog‘lari, sayilgohlarni ko’paytirishimiz lozim. Mazkur loyihalar orqali ko‘proq sayyohlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ladi va quyidagi turizm turlarini rivojlantirishga imkoniyat yaratiladi.