Masalan: kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 100000 so‘m, xizmat muddati 5 yil, 0‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bo‘yicha yillik amortizatsiya me’yori amortizatsiyalanadigan qiymatdan 20%ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000 so‘m)ni tashkil etadi.
Hisobot yili davomida, qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblashning usulidan qatiy nazar (ishlab chiqarish usuli bundan mustasno), asosiy vositalar obektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi har oyda, yillik summaning 1/12 miqdorida hisoblanib boriladi.
Mavsumiy xarakterli ishlab chiqarishga ega korxonalarda foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha yillik amortizatsiya ajratmalari summasi bir tekisda, korxona tomonidan hisobot yilida asosiy vositalardan foydalanish mobaynida, hisoblab boriladi.
Asosiy vositalaming turli guruhlariga nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilali. Bunda, asosiy vositalarning bir toifadagi obektlariga faqatgina bir usul qo‘llaniladi.
Foydalanilayotgan amortizatsiya hisoblash usuli majburiy tartibda korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Kalendar yil davomida hisob siyosatining o‘zgartirish mumkin emas. Xo‘jalik yurituvchi subektning hisob siyosatini quyidagi hollarda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi: subekt qayta tashkil etilganda; mulk egalari almashganda; 0‘zbekiston Respublikasi qonunlarida yoki 0‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi meyoriy tizimda o‘zgarishlar bo‘lganda; buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda.
Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy manfaatlarda muhim o‘zgarish sodir bo‘lsa, u holda amortizatsiya hisoblash usuli o‘zgarayotgan tendensiyani to‘la aks ettira oladigan tartibda o‘zgartirilishi mumkin, qachonki kelib chiqqan bunday holat amortizatsiya usulining o‘zgarishini oqlasa.
152
Bunday o‘zgartirish albatta hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Bunda, moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida ushbu o‘zgarishning sabablarini va ularning iqtisodiy samarasini ochib berish zarur bo‘ladi.
Foydali xizmat muddati korxona tomonidan aktivning foydalanilishi kutilayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy vositalarning foydali xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga yoki texnologik o‘zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy baholangan summasidan asosiy vositaning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ayirib tashlash natijasidagi qiymatdir.
Asosiy vositalarning amortizatsiyalanidigan qiymatini hisoblashda tugatish qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Tugatish qiymatining miqdori jiddiy summani tashkil etmaydigan bo‘lsa, bunday holatda, amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin.
Agar tugatish qiymati muhim summani tashkil etsa, bunday holda, u asosiy vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart. Tugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan bog‘liq kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash
natijalari hisobi
5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy vositalar obektlarining boshlang‘ich qiymati mazkur summani asosiy vositalar alohida obektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu erda, nazarda tutiladiki, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriya hisobida alohida identifikatsiyalanalgan asosiy vositalarning bir
153
Asosiy vositalar Obekti
|
Bozor
qiymati
|
Bozor
qiymatining
ulushi
|
Ulush hisob-kitobi
|
Ishlab chiqarish binosi
|
1 600 000
|
4/9
|
1 600 000/3 600 000
|
Minorali inshoot
|
1 200 000
|
1/3
|
1 200 000/3 600 000
|
Texnologik liniya
|
800 000
|
2/9
|
800 000/3 600 000
|
Jami:
|
3 600 000
|
|
|
YUqorida keltirilgan mulkiy majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga keltirish bilan bogfliq umumiy xarajatlar summasi 300000 m. so‘mga teng (250000+50000 m.so‘m) boflgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir obektning boshlangflch qiymati quyidagi ko‘rinishga ega:
154
Asosiy vositalar obekti
|
Boshlang‘ic h qiymat
|
Bozor
kiymatining
Ulushi
|
Hisob-kitob
|
Ishlab chiqarish binosi
|
133 000
|
4/9
|
(4/9x300 000)
|
Minorali qurilma
|
100 000
|
1/3
|
(1/Zx300000)
|
Texnologik liniya
|
67 000
|
2/9
|
(2/9x300 000)
|
JAMI:
|
300 000
|
|
|
"Hamkor" MCHJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali:
asosiy vositalar obektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalami xarid qilish" schyoti - 250000 m.so‘m, Kt 6010 -"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so‘m.
xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to‘lash: Dt 6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga toianadigan schyotlar» schyoti-250000 m.so‘m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so‘m.
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ulami ishchi holatga keltirish bilan bogiiq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalami xarid qilish" schyoti- 50000 m.so‘m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so‘m.
g) xarid qilingan asosiy vositalar obektlarini kirim qilish (foydalanishga topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab chiqarish binosi" schyoti-133000 m.so‘m, Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar minorali inshoot'' schyoti- 100000 m.so‘m, Dt 0130 - «Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so‘m, Kt 0820 - «Asosiy vositalami sotib olish" schyoti -300000 m.so‘m.
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan so‘ng asosiy vositalaming qiymati, 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va mazkur standartda belgilangan holatlardan tashqari hollarda, o‘zgartirilmasligi nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini o‘zgartirishga qo‘shimcha qurilish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstmkiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik
155
qayta qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalami qayta baholash holatlarida ruxsat etiladi.
Qo‘shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalar obektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali o‘zgartirishlar natijasida kelib chiqadigan ishlar kiritiladi. YA’ni asosiy vositalar obekti bilan bog‘liq amalga oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular asosiy vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan me’yorlarini sezilarli ravishda oshirish yoki asosiy vositalaming ushbu obektini dastlab balansga qabul qilishda belgilangan xizmat qilish me’yori jiddiy tarzda uzaytirish yoii bilan ularning holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa.
Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bogiiq asosiy vositalaming mavjud obektlari qayta o‘zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadida asosiy vositalami qayta tiklash loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Texnik qayta qurollanish deyilganda ilg‘or texnika va texnologiyalami joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’naviy jihatdan eskirgan va tabiiy ravishda emirilgan uskunalami o‘ta unumdor yangilari bilan almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki ulaming alohida qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar tushuniladi.
YUqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obektini qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirishga xarajatlari tugallanishi natijasida asosiy vositalar obektining dastalabki qabul qilingan amal qilishi me’yorining ko‘rsatkichlarini oshishi sababli, ushbu xarajatlar mazkur obektlaming boshlang‘ich qiymatini oshiradi.
Asosiy vositalaming dastlab tan olingan qiymatini o‘zgartirish mumkin boTgan keyingi sabab ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalami qayta baholash deganda, asosiy vositalar obektlarining qayta tiklash qiymatini bozor
156
narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-vaqti bilan aniqlashtirish tushuniladi. Xo‘jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati 0‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta baholanishi mumkin.
Bunday vaziyatda asosiy vositalami qayta baholash natijasida buxgalteriya hisobi va hisobotida joriy qiymati bo‘yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda asosiy vositalaming muayyan sanaga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra amaldagi bozor narxlari bo‘yicha qiymati yoki bitim tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida bitim tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlami bajarish uchun etarli boigan summa tushuniladi.
Asosiy vositalaming boshlangich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan holda, ulaming qayta baholash sanasiga qadar to‘plangan eskirish summasi asosiy vositalar boshlangich (qayta tiklash) qiymatining tegishli o‘zgarish indekslariga nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi qayta baholangan qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo‘li bilan qayta baholanishi mumkin.17
Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalaming bahosi oshadigan bo‘lsa, asosiy vositalar obektining qo‘shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, shuningdek arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar obekti bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obekt bo‘yicha oldingi hisobot davrlarida o‘tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini kamaytirishga, yani 8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Asosiy
17 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1192son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlami har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 2002 yil 4 dekabr
157
vositalar ob’ekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu ob’ekt bo‘yicha qo‘shimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi.
Hisobot yilining birinchi sanasiga bo‘lgan holatida o‘tkazilgan asosiy vositalami qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili uchun tuzilgan moliyaviy hisobot malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi moliyaviy hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri holatidagi malumotlaming hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan to‘g‘ri kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasidagi holati bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy vositalaming qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi.
Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularni hisobga olib borish
Mamlakatimizda ulami etirof qilish, baholash va buxgalteriya hisobi tartiblarini qatiy belgilovchi asosiy hujjatlar 7-son buxgalteriya hisobi milliy standarti hisoblanadi.18
Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti, qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga olish, balans qiymatining boshqa o‘zgarishlami hisobga olish va ulaming so‘nggi bahosi hamda ulaming chiqishidan keyingi moliyaviy natijalami aniqlash, shuningdek korxonaning moliyaviy hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha axborotlami ochib berishdan iborat.
Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning mulk obektlaridan foydalanish maqsadida, ishlami bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlami sotish yoxud uzoq muddat davomida mamuriy va boshqa vazifalami amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklaming Identifikatsiya qilingan obektlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |