Masalan: Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so‘m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya me’yori amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000) so‘mni tashkil etadi.
Eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo‘yicha har yillik eskirish summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o‘tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o‘xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Eskirishni hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko‘rsatkichi hamda asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)laming taxminiy baholangan hajmiga bo‘lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan- texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko‘rsatgan hollarda asosiy vositalaming eskirishi amortizatsiyani tezlashtirish yo‘li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib bomvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib bomvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan
149
Amortizatsiya
ajratmalari
davri
|
Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymat
|
Amortizatsiyaning yillik summasi
|
To‘plangan
amortizatsiya
|
Qoldiq
qiymati
|
1-yil oxiri
|
1 100 000
|
40% x 1100000= 440000
|
440 000
|
660 000
|
2-yil oxiri
|
1 100 000
|
40% x 660000= 264 000
|
704 000
|
396 000
|
3-yil oxiri
|
1 100000
|
40% x 396000=158 400
|
862 400
|
237 600
|
4-yil oxiri
|
1 100000
|
40% x 237600=95 040
|
957440
|
142 560
|
5-yil oxiri
|
1 100 000
|
(40%x 142560=57024 «nazorat maqsadida") 100000-57440= 42560
|
1000 000
|
100 000
|
150
Amortizatsiya ajratmalari davri
|
Amortizatsnya kilingan kiymat
|
Amortizatsiyaning yillik summasi
|
To‘plangan
amortizatsiya
|
1-yil oxiri
|
1000 000
|
(5/15x1000000)= 333333,3
|
333333,3
|
2-yil oxiri
|
1 000 000
|
(4/15x1000000)= 266666,7
|
600000,0
|
3-yil oxiri
|
1 000 000
|
(3/15x1000000)= 200000,0
|
800000,5
|
4-yil oxiri
|
1000 000
|
(2/15x1000000)= 133333,3
|
933333,3
|
5-yil oxiri
|
1000 000
|
(1/15x1000000)= 66666,7
|
1000000,0
|
Keyinchalik har bir kasmi 1000000 so‘mga teng boigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirish yoii bilan har yilgi amortizatsiya summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq solish maqsadida, 0‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalaming boshlangich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik amortizatsiya me’yori belgilangan boiib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.
151
Do'stlaringiz bilan baham: |