16 21-sonli BHMS "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlaming moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoilash bo'yicha Yo‘riqnoma".
144
ishlatilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 9400 «Davr xarajatlari» schyoti, Kt 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
Korxonaning mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalaming eskirishi to‘g‘risidagi axborotlami umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
"Emi obodonlashtirishning eskirishi";
"Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalami obodonlashtirishning eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalaming eskirishi";
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlaming eskirishi";
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalaming eskirishi";
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalaming eskirishi".
Analitik hisobning tashkil qilinishi 0‘zbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy vositalaming mavjudligi va eskirishining harakati to‘g‘risidagi maTumotlami olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Asosiy vositalaming eskirishini hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10 oktyabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-BHMS) "Asosiy vositalar" Buxgalteriya hisobining milliy standartida (20.01.2004 y. 1299-sonli ro‘y., "0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) belgilangan me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi.
Quyidagi asosiy vositalarga eskiish hisoblanmaydi:
mahsuldor hayvonlarga;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlarga; (0‘zR AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan 0‘zR MV Buyrug‘i taxriridagi kichik band)
muzey qiymatliklariga;
j) umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llariga;
z) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
0211-0290 schyotlarda mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalaming eskirishi hisobga olinadi.
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalaming eskirishi" schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalaming eskirishi xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalaming eskirishini hisobga oluvchi schyotlaming (0200) kreditida, xarajatlami hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda olib boriladi.
Ijaraga bemvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalaming eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debetida aks ettiradilar.
Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalami tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlaming (0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalaming chiqib ketishi" schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bog‘lanishi(5.2.jadval)