D. Q. Usmanova buxgalteriya


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Download 497,37 Kb.
bet23/92
Sana23.06.2022
Hajmi497,37 Kb.
#694698
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning
bog‘lanishi

Debet

Kredit

1

Qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan ob’ektlaming asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilishi

0110-0190

0810

2

Asosiy vositalarni haqiqiy tannarxi bo‘yicha xarid qilinishi (boshlang‘ich qiymati)

0110-0190

0820

3

Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni uzoq muddatli ijara shartnomasi tugagandan keyin asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinishi

0110-0190

0310

4

Ta’sischilammg ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritgan yoki aksiyalarga to‘lov sifatida kelib tushgan asosiy vositalarning kirim qilinishi

0110-0190

4610

5

Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi

0110-0190

8530

6

Asosiy vositalarning ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan kelib tushishi

0110-0190

6110, 6120

7

Qo‘shimcha qurish, uskunalar o‘rnatish, modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va boshqa sifat jihatdan yaxshilash natijasida asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatining ko‘payishi

0110-0190

0890

8

Erni obodonlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish

0111

0850

9

Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish

0112

0860

10

Ishchi va mahsuldor xayvonlarning asosiy vositalar tarkibiga kirim qilinishi

0170

0840

11

Asosiy vositalarni qayta baholash:

  1. qiymatining oshirilishi

  2. qiymatining kamaytirilishi

0110-0199
8510

8510
0110-0199

12

Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli

9210

0110-0190


138







ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarish







13

Ajratilgan boTinmalarga asosiy vositalarni berilishi

4110

0110-0190

14

Qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar

0199

0110-0190


mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
SHuningdek "Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga muvofiq, jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qo‘shiladigan pulsiz hissalaming puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Korxonaning o‘z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pudrat shartnomasi bo‘yicha qurilgan asosiy vositalar 0100 -"Asosiy vosigalami hisobga oluvchi schyotlar"laming tegishli schyotlari debetiga, 0810 -"Tugallanmagan qurilish" schyotining krediti bo‘yicha kirim qilib olinadi.
Tasischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga kiritilgan asosiy vositalaming kirim qilib olinishi asosiy vositalami hisobga oluvchi schyogning (0100) debeti va 4610- "Tasischilaming ustav kapitaliga ulushlari buyicha qarzi" schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalaming kirimi, 8530 - "Tekinga olingan mulk" schyot bilan bogianishda, asosiy vositalami hisobga oluvchi schyotning (0100) debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Biroq soliqqa tortish maqsadida tekinga olingan asosiy vositalaming summasi daromad (foyda) soligini hisoblaganda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
SHu bilan birga "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi 0‘zbekiston Respublikasi qonunining 33-moddasi, jamiyatni ta’sis etish chog‘ida aksiyaga to‘lanadigan haq sifatida topshirilayotgan


139


mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq chiqarilishini belgilab beradi.


Agar jamiyatning shu yo‘sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyat aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol- mulkning puldagi bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak.
Asosiy vositalar obektlarini ishchi holatda ushlab turish ulami tamirlash yoii bilan amalga oshirilishi mumkin.
Joriy tamir — asosiy vositalar obektini ishchi holatida ushlab turish maqsadida amalga oshiriladigan tamirlashdir. 0‘rta ta’mirda tamirlanadigan agregatni qisman ajratib yig‘ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to‘liq ajratib yig‘ish, bazaviy va korpus detallari va uzellami ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellami almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinash amalga oshiriladigan tamirlashdir.
Bino va inshootlami kapital tamirlash — bazaviy va korpus detallari va uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstmksiyalaming detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Obektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli boigan hisobot davri xarajatlari tarkibiga olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalaming barcha turdagi tahnirlashini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlarjning ishlab chiqarish tannarxiga, ma’muriy va ijtimoiy, madaniy vazifalami amalga oshirish uchun moijallangan asosiy vositalar obektlari bo‘yicha esa davr xarajatlari tarkibiga olib boriladi.


140




Zarur holatlarda, alohida sohalaming xo‘jalik yurituvchi subektlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mxsati bilan kapital tamirlash ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil etishlari mumkin. Mazkur zaxira bo‘yicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi, u asosiy vositalaming har bir obektini kapital ta’mirlanishdan o‘tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlaming taxminiy baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira bo‘yicha ajratmalar me’yori har bir hisobot davri oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va zarur hollarda yangi moliyaviy yil uchun ajratmalar hajmi ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar kapital tamirlash uchun zaxira qilingan mablag‘lar summasi mazkur obektning tamirlashiga ketgan haqiqiy xarajatlaridan oshib ketsa, ortiqcha summa tuzatib qo‘yilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan mablag‘lar summasidan oshib ketsa, unda ortiqcha summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi.
Zaxiralami hisoblash bo‘yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlami hisobga oluvchi schyotlar debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
Zaxira qilingan mablag‘lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajat va to‘lovlar, 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari" schyotining debeti hamda xarajatlami hisobga oluvchi schyotlaming krediti yozuvi orqali, zaxiralaming kamayishiga olib boriladi.
U yoki bu zaxira bo‘yicha summalaming tashkil etilishi va undan foydalanishning to‘g‘riligi smetalar, hisob-kitoblar va shunga o‘xshaganlaming malumotlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zamr hollarda ularga tuzatishlar kiritiladi.
5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar obektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar korxona balansidan ulami: tugatishda; sotganda; almashtirilganda; tekinga berilganda; ta’sis ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilganda; kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanganda;


141


qatnashchilar tarkibidan qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida hisobdan chiqariladi.


Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan bir necha mustaqil obektlar bo‘lgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir obektning almashtirilishi alohida inventar obektining chiqib ketishi yoki xarid qilinishi sifatida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlang‘ich qiymati va to‘plangan amortizatsiyasi obektning tugatilgan qismiga tegishli boshlang‘ich qiymati va to‘plangan amortizatsiya summasiga mos holda kamaytiriladi.
Asosiy vositalar obektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, asosiy vositalaming chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ulaming qoldiq qiymatini hamda asosiy vositalaming chiqib ketishi bilan bog‘liq egri soliqlar va xarajatlami chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo‘shimcha baholash summasining qoldig‘i, ya’ni awalgi qo‘shimcha baholash summalarining asosiy vositalar ushbu obektining awalgi arzonlashtirilgan summasidan oshib ketgan qismi, asosiy vositalaming chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti bo‘yicha zaxira kapitali kamayadi.
0‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ulaming saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalaming inventarizatsiyasi vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari bo‘yicha esa besh yilda bir marta o‘tkaziladi.
Asosiy vositalaming inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq belgilangan tartibda o‘tkazilad14 Korxonalarda mulklami


14 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 833 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 19-sonli "Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish" 0‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti. 1999 yil 2 noyabr
142




inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalaming kamomadi va ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.15

  1. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning

buxgalteriya hisobi
Madumki, xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalaming qiymati odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida xo‘jalik yurituvchi subektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko‘rinishida muntazam taqsimlanadi. Bu erda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi.
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalaming amortizatsiyalanadigan qiymatini(eskiish qiymati) uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko‘rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. SHuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obekti bo‘yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘la qoplanguncha yoki u balansdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalaming obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi mazkur obekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo‘lsa, unga mos ravishda mazkur obekt


15 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1334-2-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom". 2015 yil 7-iyul


143




bo‘yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to‘liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.
Asosiy vositalar obektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi to‘xtatilmaydi, qonunchilikda o‘matilgan tartibda ulami
konservatsiyaga o‘tkazish hollaridan hamda obektning foydalanishi to‘liq to‘xtatilgan sharoitda ulaming qo‘shimcha qurilishi, qo‘shimcha jihozlanishi, rekonstmkiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari.
Asosiy vositalar obektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining
hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qafiy nazar, amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obektlari bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalami to‘plash yo‘li bilan asosiy vositalaming eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi.16 Xo‘jalik yurituvchi subektlaming buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:

  1. ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va xarajatlami mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt 0200 «Asosiy vositalaming eskirishi» schyoti.

  2. yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 2310 - «YOrdamchi ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti, K-t 0200 «Asosiy vositalaming eskirishi» schyoti.

v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlami sotishda foydalanilayotgan, ma’muriy maqsadda, madaniy-marifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda



Download 497,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish