20 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1485-sonbilan ro‘yxatga olingan 7-sonli "Nomoddiy aktivlar" BHMS. 2005 yil 27 iyun
21 0‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonunning 9-moddasi. 1996 y (2016yil yangi tahrirda)
170
Nomoddiy aktivlami qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan mos keltirish maqsadida nomoddiy aktivlarning balans qiymatini muntazam aniqlashtirib borishdan iborat.
Korxona qayta baholashni, faol bozor madumotlari asosida joriy qiymatni aniq belgilash mumkin bo‘lsa, qayta baholash kunidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshirishi mumkin.
Balans qiymat balans hisoboti tuzilgan kundagi bozor qiymatidan qatta farq qilmasligi uchun qayta baholash etarli darajada muntazam amalga oshirilishi kerak.
Nomoddiy aktivni qayta baholashda, bunday aktivlar uchun faol bozor bo‘lgan hollardan tashqari holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo‘yicha buxgalteriya hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi bo‘yicha faol bozor narxi asosida aniqlash mo‘mkin. Agar qayta baholanayotgan nomoddiy aktivlar guruhidan bo‘lgan nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga faol bozor bo‘lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, bunday aktiv to‘plangan amortizatsiya chiqarib tashlanib uning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol bozor ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning balans qiymati to‘plangan amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor ma’lumotlari asosida so‘nggi qayta baholash kunidagi tiklovchi qiymati bo‘lishi kerak.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan yozma shaklda olingan o‘xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to‘g‘risidagi malumotlar;
171
b) qayta baholash o‘tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi Markaziy Bank kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koeffitsentini qo‘llash bilan erkin muomaladagi valyutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjat bo‘lganda) nomoddiy aktivlaming qiymati haqidagi maMumotlar;
v) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va boshqalarda elon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar;
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi. Nomoddiy aktivlaming boshlang‘ich qiymati qayta baholanganda ulami qayta baholash o‘tkazilgan kundagi to‘plangan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlaming boshlang‘ich qiymati indeksiga moslashtiriladi va keyingi amortizatsiya ustamasi qayta baholangan qiymatidan o‘tkaziladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo‘shimcha baholash summasi "Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali tarkibiga kiritiladi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi oldingi hisobot davrida o‘tkazilgan mazkur obektning baholashdan avvalgi summasi doirasida "Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obektni qo‘shimcha baholash summasining uning kamaytirilgan summasidan ortig‘i boshqa operaiion xarajatlarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlami qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlami qayta baholash o‘tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha boigan uning balans qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko‘payishi: Dt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti.
172
b) nomoddiy aktivlaming oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga balans qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti.
Mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha awalgi qayta baholashdagi ko‘payishdan ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" schyotida aks ettiriladi.
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining ko‘payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti.
g) nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti.
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan Gudvill summasiga ega bo‘lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash natijalari bo‘yicha bu summani kamaytirishi va buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 - “Gudvil" schyoti.
Qisqa xulosa
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish ulardagi mavjud nomoddiy aktivlardan samarali foydalanish hamda ularga sarflanadigan xarajatlar, shuningdek, eskirish summalarini xarajat obekti bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishidir. Jumladan, moliyaviy natijalaming ham shakllanishiga obektiv yondashishga olib keladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Asosiy vositalar hisobini tartibga soluvchi qonuniy va meyoriy hujjatlami aytib bering.
Korxonalarda asosiy vositalami turkumlashdan maqsad nima?
Asosiy vositalar hisobining harakati deganda nimani tushunasiz?
173
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari nechta va ular qanday hisoblanadi?
Asosiy vositalami ta’mirlash qanday amalga oshiriladi va ulaming hisobi qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
Asosiy vositalami hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi?
Asosiy vositalami hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natijalar qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
Nomoddiy aktivlaming turkumlanishi hisob ishlariga qanday samara beradi?
Nomoddiy aktivlardan foydalanish muddati qanday aniqlanadi?
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalar qanday aniqlanadi?
174
Mavzu. INVESTITSIYALAR HISOBI
Reja:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi
Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi
Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi
Bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga, aksioner jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar va shunga o‘xshaganlami tashkil etishga asoslangan. Bu jarayonlar quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog‘langan: tijorat banklari,
investitsiya va sug‘urta fondlari, birjalar, moliya - sanoat guruhlari, lizing kompaniyalari, maslahat va auditorlik firmalari va sh. k.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida 0‘zbekistonda fond biijalari mavjudligini alohida etirof etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.22
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda qimmatli qog‘ozlami tasarmf etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ulami oldi - sotdi va boshqa xarajatlari tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlami har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner jamiyatlaming aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi.
Aksiya - aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini bemvchi aksioner jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli
22 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida» gi farmoni. 1995 yil 7 sentyabrdagi; 2015 yil 11-yanvardagi 274-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar. 0‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond biijasi to‘g‘risida» gi Qonun. 2008 yil 22 iyul.
175
qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo‘ladi.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan23, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aksioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi - «aksiya», uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav kapitalining hajmi.
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.
SHaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarga bo‘linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir.
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va imtiyozliga bo‘linadi. Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi, lekin korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi
Do'stlaringiz bilan baham: |