a) muallifi noma lum bo ‘Igan, ya \hi anonim xarakterdagi tarixiy
q o ‘shiqlar; b) muallifi aniq b o ‘Igan, y a ’ni professional ijodkorlar —
xalq baxshilari tomonidan yaratilgan va ijro etilgan tarixiy qo ‘shiqlar.
Birinchi tipdagi tarixiy q o ‘shiqlar
m azm unan bir tarixiy voqea-
hodisa yoki real shaxsga bag‘ishlangan bo‘ladi. Shaklan esa b ir necha
m ustaqil to ‘rtliklardan tashkil topadi. U lar xalq o ‘rtasida kengroq
tarqalgandir. Bu tipga kiruvchi tarixiy q o ‘shiqlar nisbatan qadim iyroq
b o ‘lib, uning ilk nam unalari M.K.oshg‘ariyning «Devonu lug'otit
turk» asari orqali bizgacha yetib kelgan. Bu tipga kiruvchi tarixiy
q o ‘shiqlar izchil sujetga ega b o ‘lmaydi. Lirik q o ‘shiqlarga yaqin
turadi. U lar ko‘p in ch a yurt ozodligi, xalq va Vatan ravnaqi uchun
kurashgan el farzandlarini m adh etish yoki ularning halok b o ‘lishi
m unosabati bilan yaratilgan yo‘qlov xarakterida b o ‘ladi. M asalan,
M arg‘ilonda yaratilgan Tursunoy, N urxon kabi ozodlik qurbonlari
haqidagi tarixiy q o ‘shiqlar buning yorqin dalilidir. Bunday q o ‘shiqlar
davr voqealariga hoziijavobligi, shaklan xalq term a qo‘shiqlariga
yaqinligi va ommaviyligi bilan e ’tib o m i tortib turadi.
Tarixiy q o ‘shiqlarning ikkinchi tipi
faqat professional baxshilar
(dostonchilar) to m o n id an yaratiladi va ijro etiladi. Ular m uayyan
sujetga ega b o ‘ladi. Bu tipga mansub tarixiy q o ‘shiqlar izchil, qisqa
va dram atik sujetga egaligi bois xalq q o ‘shiqlaridan ko‘ra xalq eposiga
(dostonga) yaqinroq turadi. Shakliy jihatdan bu tipga m ansub tarixiy
q o ‘shiqlar xalq eposidagi epik she’r shaklidan keskin farqlanmaydi.
Bu tipga kiruvchi tarixiy qo‘shiqlar tarixiy epos taraqqiyotining
nisbatan keyingi bosqichlarida, ya’ni professional ijodkorlar yetishib
chiqqandan so'ng yuzaga kelgan. Shu sababli ular om m aviy ijro
etilmaydi va xalq o ‘rtasida keng tarqalmagan.
0 ‘zbek xalq tarixiy qo‘shiqlarini mavzu yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi
turlarga bo‘lish mumkin:
a) tarixiy-qahram onlik qo'shiqlari;
b) tarixiy inqilobiy qo‘shiqlar;
c) tarixiy vo qea-hodisalar va real shaxslarga b ag ‘ishlangan
q o ‘shiqlar.
Tarixiy qahramonlik qolshiqlari. Dastlabki nam unalari bizgacha
M .Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari orqali yetib kelgan
bo'lsa, keyingilari, asosan, XX asrning boshlarida yaratilgani m a’lum.
C hunonchi, 1905 - 1907-yUlarda xalqning milliy ozodlik, erk. adolat
uchun olib borgan kurashiga rahbarlik qilgan Nomoz Pirimqul o ‘g‘liga
bag'ishlab to ‘qilgan qo‘shiqlar bunga misoldir.
Nomoz Primqulov asli kattaqo‘rg‘onlik bo‘lib, Turkiston general-
gubematorining mahalliy aholi arzini yetkazuvchi taijim oni b o ‘lib
ishlagan. Shuning uchun u ko‘pincha gubem atordan adolat kutgan.
Biroq rus bosqinchilarining mahalliy xalqqa zulmi va nohaqligi oshsa
oshardiki, ulardan yaxshilik kutib bo‘lmasdi. Shu sabab general-
gubem ator bilan Nomoz o‘rtasidagi munosabat buzilib, N om oz o ‘z
atrofiga bir guruh xalq fidoyilarini to ‘plagancha, chorizm va uning
siyosatiga qarshi kurashga chog‘lanadi. Chorizm siyosatini q o ‘llab-
quw atlam oqchi bo‘lgan ayrim mahalliy kaltafahm boy-zodagonlardan
ayovsiz qasos oladi. Tabiiyki, uning bu xatti-harakati Nikolay podshoni
ham , Buxoro amirini ham jiddiy tashvishga solgan. Ayniqsa, N om oz
yigitlari orasida turli millat vakillarining b o ‘lganligi bu ozodlik
harakatining keng tus olib ketishi mumkinligini bildirib turgan. Shu
bois chor mustamlakachilari N om ozni el orasida «o‘g‘ri», uning
yigitlarini «bosmachi», «Qaroqchilar to ‘dasi» deb gap tarqatadilar.
H atto Nomozni tiriklayin tutib kelganga pul mukofoti e ’lon qilinadi.
N om oz pulga o ‘ch, xudbin bir sotqin tom onidan o ‘ldiriladi. Lekin u
boshlagan ozodlik harakati to'xtab qolmaydi. Uni Nomozning do‘stlari
yana davom ettiraveradi. Xalq N om oz o'limiga achinib, m otam tutadi.
Unga bag‘ishlab qo‘shiqlar, yo‘qlovlar yaratadi. Xalq shoiri N urm on
Abduvoy o ‘g‘lining u haqda yaratgan qo‘shig‘i bizgacha yetib kelgan.
Yozma adabiyotda N om oz Primqul o ‘g‘li xotirasiga bag‘ishlab
l.Sulton «Noma’lum kishi» dramasini va X.To‘xtaboev «Qasoskoming
oltin boshi» nomli tarixiy sarguzasht rom anini yaratganlar.
Tarixiy-qahram onlik q o ‘shiqlarining go‘zal nam unalari, xususan,
1941 — 45-yillardagi urush davrida yaratilgan. Jum ladan. Islom
shoirning «To‘ychi lbrohim ov», «Ahmad Botir», Fozil Yo‘ldosh
o ‘g‘lining «Ahmad Aliyevga». «Qo‘chqor Turdiyevga» singari tarixiy-
qahram onlik qo‘shiqlari shular sirasiga kiradi.
Tarixiy inqilobiy qo‘shiqlar XX asrning boshlarida yuz bergan
tarixiy o ‘zgarishlar m u n o sab ati bilan yaratilgan. «Xon zulm i»,
«Xonavayron bo‘lsin Xivaning xoni», «Boshing kesilsin-u, qoning
t o ‘kilsin» kabilar bu xildagi q o ‘shiqlaming eng yaxshi nam unalaridir.
Bu q o ‘shiqlarda Xiva xoni Isfandiyor ham da u boshliq hukm ron
tabaqa vakillarining zo ‘ravonligi, maishiy buzuqligi, shafqatsizligi
va insofsizligi fosh etilib, ularga nisbatan xalqning qahr-g‘azabi,
cheksiz nafrati ifoda etilgan:
Isfandiyor, zolimliging bildirding,
N o n o ‘rniga kunjarani yedirding,
K am bag‘alni qiynab, boyni kuldirding,
H ad d an oshding, zolim, yoning so‘kilsin,
Boshing kesilsin-u, qoning to ‘kilsin.
Q o‘shiqda xalqning xon zulm idan xo‘rlik chekayotgani, n o ch o r
tu rm u sh kechirayotgani bayon qilinib, xonga nisbatan q arg ‘ish
aytilmoqda.
Tarixiy voqea-hodisalar va shaxslarga bag‘ishiangan qo'shiqlarga
xalq hayotida o ‘chm as iz qoldirgan biron-bir tarixiy voqea-hodisalar
yoki shaxslar faoliyatining ayrim qirralari, tarixda ko‘rsatgan u yoki
bu darajadagi xizmatlari m adh etiladi. Ijodkorlar bunday qo‘shiqlami
yaratishda aniq dalil va hujjatlarga asoslanganlar. Q o‘shiq qahram oni
o ‘z h a y o tiy
p ro to tip ig a ega b o ‘lgan. M asalan , 1916 -y ild ag i
mardikorlikka olish voqeasi munosabati bilan yaratilgan «Ming la’nat»,
«Nikolay qon jallob» kabi q o ‘shiqlar bunga misol bo‘la oladi. Bu
q o ‘shiqlarda oq podsho N ikolayning qonxo‘r va zoiimligi, bosqinchi
va zo ‘ravonligi; Saidahm ad ismli mahalliy am aldor-m ingboshining
muteligi, poraxo‘rligi, adolatsizligi, o ‘z mansabidan ayrilmaslik uchun
oqposhshoga yaltoqlanib xizmat ko‘rsatish evaziga mahalladoshlariga
ozo r yetkazishi ochib tashlangan. Ularning shaxsi xalq tom onidan
qattiq qoralangan.
Saidahmad nom ing baland,
Nomingdan ham tom ing baland.
Yigitlarga qo‘l q o ‘ygan,
Padaringga ming la’nat.
Saidahmad mingboshi. Lekin uning nom i u lu g \ xolos. Xalq uni
hurmat qilmaydi, balki la’natlaydi, qarg‘aydi. Negaki, u shu mansabini
saqlab qolish ilinjida. Xalq farzandlarini oqposhsho buyrug'iga
muvofiq chor Rossiyasi o‘rmonlarida qahraton qishda qarag‘ay kesgani
mardikorlikka jo ‘natish ishida bosh-qosh b o ‘lgan. Buning evaziga u
xalq orasida yaxshi nom orttirmasa-da, m o‘maygina darom ad, boylik,
«baland tom li uy-joy» orttirgani kinoya bilan aytib o ‘tilm oqda.
Tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan q o ‘shiqlarda qahram onning nasl-
nasabi badiiy aks ettirilmaydi, balki ular bajargan ishning ijtimoiy
mohiyati m adh etiladi. Ularda tasvirlanayotgan shaxsning jism oniy
kuchi haddan ortiq mubolag‘alashtirib bayon etiladi.
Xalq hayotida o ‘chmas iz qoldirgan tarixiy voqea-hodisalar yoki
dalillar sodir b o ‘lsa, tarixiy qo‘shiq janri o ‘zining hayotiy faolligini
ham yaratilish, ham ijro ja ray o n id a kuchaytirgan. Shu zaylda
m onum ental epos (doston) o ‘m in i egallab, mazkur janrning so‘na
borishini tezlashtirgan.
Xullas, o ‘zbek folklorining ham ko‘hna, ham navqiron, mustaqil
janri bo‘lgan tarixiy qo‘shiqlar o ‘z tarixiga va badiiy taraqqiyotiga
egaligi bilan alohida diqqatga sazovor.
Terma. Term a — o ‘zbek folkloridagi mustaqil janrlardan biri. U,
asosan, baxshilar tom onidan yaratiladi va ijro qilinadi. Term a
baxshining individual (yakka) ijod m ahsuli hisoblanadi. U lar sozli
ijroga m o‘ljallangan. Hajmi 10-12 m isradan 150-200 misragacha,
b a ’zan undan-da ortiq b o ‘lgani bois liro-epik asar hisoblanadi.
K o'pincha pand-nasihat, odob-axloq, soz va so‘z haqida yaratilgan
bo'ladi. Lekin b a’zi termalarda ijtimoiy hayotdagi turli hodisalarga
m unosabat bildirish, shaxs va jonivorlarning ta ’rifi yoki tanqidi
yetakchilik qiladi.
«Terma» so‘zi lug‘aviyjihatdan «termoq» m a’nosini anglatsa, istilohiy
m a’noda
Download Do'stlaringiz bilan baham: |