pazandachilik\\\
ifoda etuvchi nam unalar ham bor. C hunonchi, taom larim iz sultoni
sanaluvchi palov ta ’rifidagi m ana bu qo‘shiq ham on el og'zidan
D am la palovni, dam esin,
Tortgin olovni, dam esin,
Bepu]
odam\ar
g‘am esin,
Tekin desa-shalg‘am esin.
N im cha guruchdan osh bo'lur,
Q ozonga solsam -chosh b o ‘lur.
M ehm onni ko'ngli xush b o ‘lur,
Vaqosiz ko‘rsa- tush bo‘lur.
Suvni soling shildiratib,
Kapgir uring shaqirlatib.
C hindan-da palov vaqosiz kishi uchun tushga aylanadi. Q o‘shiqda
palov ijtimoiy tengsizlik mohiyatini ochuvchi poetik obraz darajasiga
ko‘tarilgan. Shuningdek, moshova, chuchvara, atala, sumalak, ugra,
sho'rva, piyova, chalpak va boshqa qator milliy taomlarimiz bilan
bog'Iiq kechinm alam i ifodalagan q o ‘shiqlarhali-hanuz uchrab turadi.
Lekin ular juda kam miqdorda bizgacha yetib kelgan. Keyingi vaqtlarda
m eh nat jarayonining mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilishi
natijasida mehnat turlarining tabiatida turli o'zgarishlar yuz bermoqda
yoki muayyan m ehnat turi batam om yo'qolib bonnoqda. Natijada
o ‘tm ishda ular bilan bog‘liq tarzda yaratilgan ayrim mehnat qo'shiqlari
h am unutilib, yo‘qoIib bormoqda. Binobarin, mehnat qo'shiqlarini
to'plash va ularga xos xususiyatlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish katta
ilmiy-amaliy ahamiyatga molik masaladir.
L irik q o ‘shiqlar. X alq q o 'sh iq la ri xazinasining asosini lirik
nam unalar tashkil etadi. Ular badiiy jihatdan yuksakligi, an ’anaviyligi,
om m a o ‘rtasida keng tarqalganligi bilan alohida ajralib turadi. Lirik
qo'shiqlarda lirik «men» um um iylik kasb etib, turm ushni o ‘ziga xos
poetiklashtiradi.
Lirika so‘zi «lira» deb nomlanuvchi cholg‘u asbobining nom idan
kelib chiqqan. Lira cholg‘u asbobining nomi esa, «semitcha k in n o r-
cinnor» so‘zidan paydo bo‘lgan. U afsonaviy Dovud payg‘ambaming
zam ondoshi bo'lgan semitlar shohi Kinir bilan bog‘liq. Qadimda lira
chalib kuylash diniy marosimlaming tarkibiy qismi hisoblangan. Yunon
mifologiyasida keltirilishicha, lirani birinchi m arta jahon daraxtining
analogi va m arhum lar ruhini u dunyoga kuzatib boruvchi temirchilar
ilohi G erm es yasab, sigirlari evaziga Appolonga tortiq qilgan emish.
Lirik q o ‘shiqlar, odatda, biror-bir muzika asbobi jo ‘rligida ijro etishga
moslashgan. Bunda cholg‘u asbobi ilhom chaqiruvchi vosita sanaladi.
Ommaviy janr bo‘Igan lirik qo‘shiqlaming asosiy mazmunini ishq-
muhabbat motivlari. insonning ruhiy olami va ichki kechinmalarini
tasvirlash tashkil etadi. Jum ladan, oshiqning m a’shuqaga dil izhori
yoki sevib sevilmagan oshiq yoki m a’shuqaning dil o ‘rtanishlari,
muhabbatni baxtsizlik tom on olib boradigan feodal munosabatlaridan
n o r o z ilik , tu r m u s h d a n n o lis h , x o tin la r n in g q iy in a h v o li,
adolatsizlikdan shikoyat, vafodorlikni talab etish, visol onlariga
intiqlik, hijron kulfatlari, yorni sog‘inish, uning yo‘liga intizorlik
kayfiyatlari, bevafolikni qoralash, saodatli sevgi va turm ushga intilish
g‘oyalari lirik q o ‘shiqlarda tarannum etiladi.
Lirik q o ‘shiqlarda sevgi-m uhabbat c h u q u r iztiroblarga olib
keladigan, qiyinchiliklar tu g ‘diradigan davosiz, lekin qutlug4 dard
sifatida ta ’riflanadi. Lirik q o ‘shiqlarda boshga ishq tushganida
insonning qanday ruhiy vaziyatlarga tushishi, qalbidan qanaqa o‘y-
kechinm alar kechishi. yorni kutish m anzaralari. u bilan qayerlarda,
qanday uchrashish h o latlari, uchrashuv ch o g ‘idagi g ‘ayritabiiy
harakatlari, ko‘z-u qoshning, yuzning bu paytdagi ko'rinishlari
o ‘ziga xos tarzda shunday t a ’riflab va tavsiflab keltiriladiki, uni
tinglagan har bir kishi qalbida chuqur hayajon va iliqlik paydo
bo'lm ay iloji yolq.
Ayrim lirik qo'shiqlarda ayriliqdan, yorning bevafoligidan, shum
to le’dan shikoyat qilinadi. Ko‘pincha bunday q o ‘shiqlar yigitlar va
qizlar tilidan kuylanadi. U larda yordan yodgor b o ‘lib qolgan uzuk,
ro ‘m olcha kabi buyumlar tilga olinib, shu orqali yorni qo‘msash,
o ‘tgan shukuhli onlarni xotirlab o ‘rtanish, judolik sabablaridan nolish
motivlari ifoda etiladi.
Lirik qo‘shiqlar bir kishi yoki bir necha kishi tom onidan ijro
etiladi. Ko‘pincha mustaqil to ‘rtliklar shaklida uchraydi. U ning eng
muhim tomoni shundaki, real voqelikni shaxsning (lirik qahramonning)
subyektiv kechinmalari orqali aks ettiradi va faqat kuylash uchun
yaratiladi. Kishi qalbida tug‘i!gan his-tuyg‘ularni muayyan obrazlar
va p red m e tla r tasviri o rq ali badiiy ifoda etish jih a tid a n epik
poeziyadan farq qiladi.
Lirik qo‘shiqlaming asosini dardli mazmun, dono fikr va maftunkor
musiqaviylik tashkil etadi. Og‘zaki lirik q o ‘shiqlardagi kechinm alar
umumiylik kasb etishi, ko'pchilikning kechinm alarini ifodalab kelishi
jihatidan yozma adabiyotdagi lirik she’rlardan farq etib turadi.
Lirik qo'shiqlar professional ijroga moslanmagan. Ularni istagan
shaxs istalgan joyda ijro qilib ketaverishi mumkin. Shu xususiyatiga
ko‘ra lirik qo‘shiqlar mustaqil ja n r sifatida tan olinadi. Lekin lirik
qo‘shiqlami, odatda, m atnni yaxshi biluvchi, hofizasi kuchli, yoqimli
ovozga ega bo‘lgan kishilar xalq o ‘rtasida kuylashi odat tusiga kirgan.
Bunday shaxslar xalq orasida qo‘shiqchi, ashulachi, hofiz yoki g'azalxon
deb yuritiladi. Biroq bundan lirik qo‘shiqlaming ijrosi professional
ijrochilar bilan bog‘liq degan qat'iy fikrga kelib bo‘lmaydi.
Lirik q o ‘shiqlar maishiy vaziyat, marosim yoki biror joy bilan
bog‘liq b o lm a g a n i bois ko‘pincha vazifadoshligi jihatidan ularda
ko‘chish hodisasi yuz beradi. Bu esa, bu janrning uzoq muddat
davomida mavjudligini belgilaydi.
Lirik q o ‘shiqlarning badiiyati boy va rang-barangdir. U larda turli
badiiy—tasviriy vositalar, ifoda usullari, tu rg ‘un ram zlar, go‘zal
tashbehlar serob. U lar o ‘z badiiyatiga ko‘ra, epik yoki marosim
poeziyasidan farqlanib turadi. Bu esa, lirik q o ‘shiqlarda shaxsiy
kechinm alarni jo nli va aniq ifodalash ehtiyojidan kelib chiqqan.
Parallelizmlar xalq lirik qo‘shiqlarining badiiy-kompozitsion asosini
tashkil etadi. U lar q o ‘shiqni hayotga yaqinlashtirish bilan asosiy
g‘oyani tashuvchi so‘nggi misralardagi fikrni tushunish, his etib olish
uchun kayfiyat tu g ‘diradi. M uvoziy (parallel) obraz m azm un va
shaklda
uyg‘un k e la d i-d a , zid tu sh u n c h a la r, h o la tla rn i lirik
qahram onning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari orqali tasvirlashga
im kon beradi:
Bug‘doy soldim tegirm onning do'liga,
Ikki ko‘zim oshiq yoming yo‘lida.
Borib ayting oshiq yom ing o ‘ziga,
Kirmagay d o ‘st bilan dushm an so‘ziga.
Sirtdan qaraganda, tegirm on d o ‘liga bug‘doy solishning keyingi
satrlardagi fikrlarga aloqasi yo‘qday. Lekin lirik qahram on shu xizmat
bilan band b o ‘la turib, xayolan m a ’shuqasini eslarkan, nogoh uning
«do‘st» bilan
dushm an so‘zi»ni farqlamay, ahdidan qaytishidan
ruhan ezilayotgani ifodalanadi. Bunda tegirm on do'liga solingan
bug‘doyning yanchilib maydalanishi holati oshiqning m a ’shuqasini
o ‘ylab, fikrining parokanda b o ‘lib ketishi ham da m a’naviy-ruhiy
ezilishi holatiga m uvoziy keltirilgan:
Lirik q o ‘shiqlarda qahram onning ruhiy kechinm alari turm ush,
tabiat va uning m anzaralari. hodisalari bilan uyg‘unlashib, qo‘shiqni
ta ’sirli, jonii va hayajonli qiladi. Tabiat obrazi nisbatan tu rg ‘un
bo‘lgani uchun unga qiyos qilingan qahram on holatlarini yorqin
gavdalantiradi.
Lirik qo‘shiqlardagi ramzlar ularning haqiqiy m azm unini ochib
berishda o ‘ziga xos kalit vazifasini o ‘taydi. Ularda o ‘simliklar, gullar
va hayvonlar, qushlar, hasharotlar olami bilan bog‘liq tarzda ibtidoiy
insonning totem istik tasaw u r—tushunchalari negizida turli ramziy
obrazlarga duch kelish mumkin. O lm a, tol, behi, shaftoli, bodom ,
qizil va oq gul, g‘oz, o ‘rdak, kaptar, ot, chum oli va hokazolar
m ana shunday keng tarqalgan ramziy obrazlardan hisoblanadi.
Aytaylik, shulardan birgina olma ramziy obrazining tarixiy ildiziga
nazar solinsa, quyidagi manzarani kuzatish mumkin. Olma nafaqat
lirik qo‘shiqlarda, balki xalq ertaklari va dostonlarida ham m uhim
badiiy unsur vazifasini bajarib keladi. C h u n o n c h i, M am ad a li
N e’matovdan yozib olingan «G o‘ro‘g‘lining tu g ‘ilishi» dostonida
G o ‘ro‘g‘lining onasi ariqda oqqan olm ani yeb hom ilador b o ‘lgani
sababli gunohkor sanalib, go‘rga eltib tashlanadi. U shu yerda farzand
ko‘radi, o ‘g‘li G o ‘ro‘g‘li nomini oladi. «Tohir va Zuhra» dostoni
hamda «Zar kokilli yigit», «Xurshid bilan Laylo» ertaklarida sehrgar
bergan olmalar yeyilgach, ular farzand ko‘rishsa, «Oltin olma» ertagida
oltin olmalar farzandlar bo‘lib chiqadi. Ko‘rinayotirki, o ‘zbek xalq
ijodida olma farzand ramzi sifatida keng tarqalgan, har gal farzandtalab
ota-onaga biror sehrgar yoki qalandar sovg‘a qilgan olma yeilgach,
zurriyod dunyoga keladi. Bu motiv q o ‘shiqda shunday ifodalanadi:
Bozorga borsangiz yo‘lingiz b o ‘lg‘ay,
Bir to ‘qqiz olmaga q o ‘yningiz to ‘lg‘ay.
A wal savdongiz q o ‘lro ‘mol b o ‘lg‘ay,
Q o‘lro‘mol bo‘lmasa-savdongiz qurg‘ay.
T o‘rtlikda «bozor, olma, qo‘lro‘mol» — ramziy badiiy obrazlar
bo'lib, «bozor»- sevgi munosabatlarini reallashtiruvchi semantik m a’no
tashisa, «qo‘lro‘mol» — oila tim solini anglatadi. D em ak, sevib-
sevilganda qo‘lro‘molga ega bo‘lish mumkin, shunda «to‘qqiz olmaga»
— to ‘qqiz farzandga «Qo‘yinni to ‘Idirish» im koni tug‘iladi. «Bozor»da
shu «savdo» pishmasa, demakki, sevib-sevilish sodir bo‘lmasa, barcha
urinishlar bekor «qurg‘ay».
Xalq qo‘shiqlarida «olma otish»detali ham ko‘p qo‘llanuvchi ramziy
m a’noga ega. Etnograf G.P.Snesarev Xorazmda olib borgan kuzatishlari
jarayonida «Qizil gul sayli»da yoshlar olma otish asosida yor tanlashganini,
hatto ramazonning ikkinchi kunida bo‘y yetgan yigit-qizlar o‘rtasida
«olma otish» marosimi o‘tkazilajagi haqidagi m a’lumotlami keltiradiki,
bunday marosimning badiiy tasviri «Masturaxon» eitagida ham uchraydi.
Jum ladan, quyidagi to ‘rtlikda qizning otasi sevmaganiga majburan
uzatganidan norOzilik tuyg‘usi shunday ifodalanadi:
O lm a deb otgan otam ,
Behi deb sotgan otam.
Sevmaganimga berib,
Jabrini tortgan otam.
T o ‘rtlikda m uhtojiikdan yosh qizini oltin - «behi»ga pullab,
so‘ng pushaymon qilgan ota iztiroblari tasvirlangan.
Xalq qo‘shiqlarida
Download Do'stlaringiz bilan baham: |