san’ati unsurlari ustun turadi. Bu hoi folklor asarlariga
sinkretiklik
xususiyatini baxsh etgan. Folklor nam unalari ijrosi xilma-xil san’at
turlariga xos unsurlarni o ‘zida m ujassam lashtirgan. U ning talay
nam unalari so‘z va kuy uyg‘unligida ijro etiladi. C h u nonchi, doston
va term alarni do‘mbira jo ‘rligida kuylash a n ’anaviy b o ‘lsa, qo‘shiq
dutor, childirm a jo ’rligida kuylanadi. Aksariyat folklor asarlarida so‘z
yetakchi o ‘rinni egallaydi. Ertak, afsona, naql, rivoyat, latifa, maqol
va topishm oq janrlari shunday xarakterga ega. Xalq ertaklarida, xalq
dramasida harakat va mimika m uhim qim m at kasb etadi. Biroq
ko‘pgina asarlar ijrosida kuy g‘oyaviy-badiiy
m azm unni ifodalashda
bir qadar qim m at kasb etsa-da, baribir so‘z m azm unini ochuvchi
asosiy vosita b o ‘lib qolaveradi. Bu folkloming so‘z san ’ati sifatidagi
mohiyatini to ‘la -to kkis tasdiqlaydi.
Xalq
—folklom ing ijodkori.
Folklor qabila, urug‘, elat, xalq yoki
millatning maflcurasi va psixologiyasini aks ettiradi. U ning paydo
b o klishida hal qiluvchi rol o ‘ynaydi. Boshda ijod g‘ayrishuuriy holda
b o ‘Igan. Ijodkor g‘ayriixtiyoriy tarzda m ohiyatni tushunm agan holda
ijod etar edi. C hunonchi. ovchi cho‘qqida
hayvon rasm ini beixtiyor
chizar yoki uni qanday qilib ov qilganligini urug‘doshlariga aytib
bera turib, badiiy obraz yaratilayotganligini o ‘zi anglam as edi. Shu
asnoda am aliy mulohazalar zam irida «san’at asari» tu g ‘ilardi: rasm
ovchiga yo‘l ko‘rsatar, raqs qushlar va hayvonlar harakatini takrorlash
asosida ko‘rinm asdan ularga yaqinlashish yo‘li vazifasini bajarsa,
q o ‘shiq m ehnat jarayonining ritm ik regulyatori — sozlovchisi edi.
Ibtidoiy jam iyatda folklor hayot bilan mustaqil kurash vositasiga
aylanib shakllandi. Qoyalardagi tasvirlar, bolta va boshqa m ehnat
qurollari qadimiy ajdodlarim izning tabiiy tuyg‘ularini shakllantira
bordi, hayvonlardan farqli o ‘laroq, badiiy ijod qilish iqtidorini uyg‘ota
boshladi, ulardagi m a’naviy kuchning q o ‘pol am aliy ehtiyojlar
asirligidan qutulishiga ko‘maklashdi. Albatta,
eng qadim iy m ehnat
quroli - boltaning ixtirosi hali san’atning ifodasi b o ia olm as, lekin
ibtidoiy inson unda o ‘z «ijodiyoti»ni k o ‘rib, q a n o a t tu y g ‘usini
kechirdi.
Asta-sekinlik bunday takrorlash va takomillashtirish ehtiyojga aylana
bordi. Endi insonga boltaga dasta yasash kamlik qilar, shuning uchun
o‘sha dastaning qulay bo‘lishi zarurligini anglab yetdi. Natijada mehnat
qurolining ko‘rkam va qulayligi uchun kurash estetik tafakkur rivojiga
turtki bera bordi. Odamlar endi mehnat qurollariga turli-tum an rasmlar
chizadigan bo'ldilar. Boshda ovchi qanday ov qilganligini dalillardan
chekinm ay hikoya qilgan b o ‘lsa, bora-bora shu hikoyasiga o ‘z hayotiy
tajribalarini q o ‘shgan holda, hayot epizodlarini
bir-biriga solishtirgan
holda, ko‘rgan-kechirganlari bilan boyitilgan holda xayoliga erk berib
ifodalaydigan bo‘ldi. Xayolga erk berish zamirida ibtidoiy odamda
estetik tu y g ‘u shakllana bo rdi, go'zallikni tushunish va anglash
teranlashdi va shular zam inida xalq og‘zaki ijodiyotining dastlabki
nam unalari yuzaga keldi. Shunga qaramay, M .Gorkiy uqtirganidek:
«Kishilar juda qadimgi davrdayoq orzu qilganlar. Faeton, Dedal va
uning o ‘g‘li Ikar ham da «uchar gilam»
haqidagi afsonalar shundan
dalolat beradi. Odamlar yerda tez harakat qilishni o ‘iganganlar; daryoga
uning oqim idan ham tez suzish istagi eshkak va yelkanni ixtiro qilishga
olib keldi, uzoqdan turib dushm an yoki maxluqni yo‘q qilishga intilish
esa palaxmon va kamonlaming vujudga kelishiga sababchibo‘ldi. Insonlar
bir kechada juda ko‘p mato to ‘qishni, eng yaxshi turar joy, hattoki
qasr, ya’ni dushm an hamlasiga chidash bera oladigan mustahkam
q o ‘rg‘on qurishni xayol qildilar. Bu yo‘lda ular qadim iy mehnat
qurollaridan charxni va mato to ‘qish uchun ibtidoiy dastgohni yaratdilar
ham da dono Vasilisa haqidagi ertakni ijod etdilar».3
Shu zaylda mehnat
jarayoni, ijtim oiy taraqqiyot tufayli mehnatning turli tarmoqlarga
taqsimlanishi esa, o ‘z navbatida, so‘z san’atini ham shaklan, ham
m azm unan xilma-xil xarakter kasb etishini ta'minladi. Aytaylik, og‘zaki
so‘z san’ati paydo bo‘lishi jarayonida odam so‘zning magik (ilohiy,
sehrli) qudratiga sig‘inar, shu asosda o ‘z xatti-harakatlarini belgilar va
o ‘z m ehnatining samarasini baholar edi. Natijada so‘z marosim bilan
bog‘lana boshladi, u yoki bu marosim mohiyatini ifoda etdi.
J a m iy a t ta r a q q iy o ti o ‘z g a rg a n sari ijtim o iy ta b a q a la n is h
c h u q u rla sh a b o rd i: xalq ikki ijtim o iy guruhga —
h u k m ro n lik
m avqeyidagi xo‘jayinlar va ularga itoat qilishga m ahkum qilingan
m eh n atkashlar toifalariga b o ‘lindi. Bu hoi m anfaatdorlik nuqtayi
n aza rid an u la r o ‘rtasida m a ’lum ziddiyatlarni keltirib chiqardi.
N atijada folklorda zolim lardan norozilik, zolim kuchlarga nafrat
m otivlari paydo b o ‘la boshladi. M azlum om m a hayot haqidagi
tushunchalarini, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-falsafiy, badiiy-estetik, diniy-
axloqiy qarashlarini ifoda etish bilan folklor asarlarining g‘oyaviy
m azm undorlik jih atid an xalqchilligini ta ’minladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: