Reja: Tayanch tushunchalar : "Farh о d va shirin" d



Download 53,3 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi53,3 Kb.
#709932
Bog'liq
ALISHER NAVOIY HAYRATUL ABROR FARXOD VA SHIRIN


ALISHER NAVOIY HAYRATUL ABROR FARHOT VA SHIRIN LAYLI VA MAJNUN AYRIM MODUL­LARIDA BOLALAR TARBIYASI
REJA:



  1. Tayanch tushunchalar: “Farhоd va SHirin” dоstоnining yaratilish tariхi, dоstоnning muхtasar mundarijasi va timsоllar оlami, Farhоd – ilоhiy ishq yo‘liga kirgan sоliki majzub timsоli, dоstоnning timsоllar оlami, ramziy timsоllar,

  2. Dostonning muqaddimaviy boblari mundarijasi ana shulardan tashkil topgan bo‘lib, asosiy voqealar bayoni (12-52- boblar) Chin xoqoni ta'rifi, uning

  3. «Layli va Majnun» dostoni «Xamsa» tarkibidagi nisbatan ixcham masnaviylardan biri bo‘Ub, aruzning hazaji musaddasi ahrabi maqbuzi mahzuf (maf ulu mafo‘ilun

  4. Layli va Majnun ilk uchrashuvlarida rohat emas, azob tuyadilar. Hushdan ketish, Alloh jilvasiga dosh berolmaslik xoslar ishqidan namuna beradi.


Tayanch tushunchalar: “Farhоd va SHirin” dоstоnining yaratilish tariхi, dоstоnning muхtasar mundarijasi va timsоllar оlami, Farhоd – ilоhiy ishq yo‘liga kirgan sоliki majzub timsоli, dоstоnning timsоllar оlami, ramziy timsоllar, dоstоnda tariхiylik va badiiylik, dоstоn badiiyati, «Layli va Majnun» - pоk va yuksak muhabbat ifоdasi, asardagi bоsh qahramоnlar hayoti, dоstоnning g‘оyaviy mundarijasi, timsоllar оlami, Majnun – ilоhiy ishq yo‘lidagi majzubi sоlik timsоli, dоstоnning timsоllar dоirasi, dоstоnning badiiy хususiyatlari.

«Farhod va Shirin»—Alisher Navoiy ,,Xamsa’’sining ilk masnaviysi «Hayrat ul-abror»dagi umumbashariy fikr-mulohazalardan nur olib Sharq she'riyati ixlosmandlarining qalbida yolqin o‘t paydo qilgan buyuk beshlik tarkibidagi syujetli dastlabki dostondir.



  • «Farhod va Shirin»—Alisher Navoiy ,,Xamsa’’sining ilk masnaviysi «Hayrat ul-abror»dagi umumbashariy fikr-mulohazalardan nur olib Sharq she'riyati ixlosmandlarining qalbida yolqin o‘t paydo qilgan buyuk beshlik tarkibidagi syujetli dastlabki dostondir.

  • Xusrav va Shirin muhabbati yozma badiiy adabiyotda ilk bor Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sida uchraydi. Farhod, Xusrav va Shirin ishqi mojarolaridan bahs etuvchi asar mualliflaridan biri XV asrda yashab ijod etgan xamsanavis, «Shirin va Xusrav» dostoni muallifi Ashraf Marog‘aviydir. Keltirilgan iqtibosdan Ashraf Marog‘aviyning bu ko‘hna mavzuni yangicha talqin etgani ma'lum bo‘ladi. Ozar adabiyotida Orif Ardabiliyning «Farhodnoma poemasi» bor. Navoiy 54 bob (5782 bayt)dan tarkib topgan “Farhod va Shirin”ni 1484 (hijriy 889) yilda bunyodga keltiradi.

  • Doston an'anaga muvofiq hamd va na'tlar (1-5- boblar) bilan ibtido topadi. Ijodkor qalami ta'rifi ulug‘ salaflar: Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy (6-bob) va Abdurahmon Jomiy (7-bob) maqtovidan so‘ng, dostonning yozishga nimalar sabab bo‘lgani (8-bob) hamda asar rejasini tuzib olgani, tarixiy manbalarni ko‘rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatib, o‘z g‘oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayoni (9-bob) keltiriladi. Shundan so‘ng zamon hukmdori Sulton Husayn Boyqaro (10-bob) va shahzoda Badiuzzamon Mirzo madhi (ll-bob)ga o‘rin beriladi

. Dostonning muqaddimaviy boblari mundarijasi ana shulardan tashkil topgan bo‘lib, asosiy voqealar bayoni (12-52- boblar) Chin xoqoni ta'rifi, uning farzandsizligi va Farhodning tug‘ilishi bayoni bilan boshlanadi. «Farhod va Shirin» dostoni Sulton Husayn Boyqaroning o‘g‘li Shoh G‘arib Mirzo madhi va shoirning unga nasihatlari (53-bob) hamda asar xotimasi (54-bob) bilan yakunlanadi.

  • . Dostonning muqaddimaviy boblari mundarijasi ana shulardan tashkil topgan bo‘lib, asosiy voqealar bayoni (12-52- boblar) Chin xoqoni ta'rifi, uning farzandsizligi va Farhodning tug‘ilishi bayoni bilan boshlanadi. «Farhod va Shirin» dostoni Sulton Husayn Boyqaroning o‘g‘li Shoh G‘arib Mirzo madhi va shoirning unga nasihatlari (53-bob) hamda asar xotimasi (54-bob) bilan yakunlanadi.

  • Ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy «Xamsa»ning uchinchi dostonini ijod etayotganida, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog‘aviy, Shayxim Suhayliylarning shu mavzuda yozilgan asarlari bilan yaqindan tanish edi. Buyuk salaf va tengdoshlarining ushbu mavzuga oid masnaviylariga yuksak ehtirom bilan baho bergan ulug‘ shoir «Layli va Majnun» dostonini yozishdan ko‘zlagan maqsadi bu sayyor syujetni yanada takomillashtirish, unga sayqal berib, yangicha jilo baxsh etish ekanligini quyidagi misralarida aks ettiradi:

«Layli va Majnun» dostoni «Xamsa» tarkibidagi nisbatan ixcham masnaviylardan biri bo‘Ub, aruzning hazaji musaddasi ahrabi maqbuzi mahzuf (maf ulu mafo‘ilun faulun —v v-v- v—) bahrida bitilgan. Doston 38 bobdan iborat. Asarning dastlabki to‘qqiz bobi an'anaviy muqaddima (hamd, na't, ustozlar, Sulton Husayn Boyqaro, Badiuzzamon Mirzo madhi va «U1 tun mahobati ta'rifi») bo‘lib, 10-bobdan asar asosiy voqealarining badiiy ifodasi boshlanadi. Masnaviyda qalamga olingan Layli va Majnun fojiaviy ishqiy sarguzashtlari tasviri sevishganlarning vafoti bilan intiho topadi. Dostonnning so‘ngi uch bobi uning xotimasidir. Unda «Ishq ta'rifidakim...», shahzoda Sulton Uvays Bahodir madhi hamda ulug‘ shoir «dard navhasi» («dard nolasi»), deya e'tirof etgan «Layli va Majnun» voqealari yakuniga bag‘ishlangan boblarga ham o‘rin berilgan. Navoiy "Hamd" bobida Allohga murojaat-qilib-yozadi:

  • «Layli va Majnun» dostoni «Xamsa» tarkibidagi nisbatan ixcham masnaviylardan biri bo‘Ub, aruzning hazaji musaddasi ahrabi maqbuzi mahzuf (maf ulu mafo‘ilun faulun —v v-v- v—) bahrida bitilgan. Doston 38 bobdan iborat. Asarning dastlabki to‘qqiz bobi an'anaviy muqaddima (hamd, na't, ustozlar, Sulton Husayn Boyqaro, Badiuzzamon Mirzo madhi va «U1 tun mahobati ta'rifi») bo‘lib, 10-bobdan asar asosiy voqealarining badiiy ifodasi boshlanadi. Masnaviyda qalamga olingan Layli va Majnun fojiaviy ishqiy sarguzashtlari tasviri sevishganlarning vafoti bilan intiho topadi. Dostonnning so‘ngi uch bobi uning xotimasidir. Unda «Ishq ta'rifidakim...», shahzoda Sulton Uvays Bahodir madhi hamda ulug‘ shoir «dard navhasi» («dard nolasi»), deya e'tirof etgan «Layli va Majnun» voqealari yakuniga bag‘ishlangan boblarga ham o‘rin berilgan. Navoiy "Hamd" bobida Allohga murojaat-qilib-yozadi:

Ey har sorikim qilib tajalli,

  • Ey har sorikim qilib tajalli,

  • Ul mazhar o‘lub jahonda Layli.

  • Ya'ni: "Sen qaerda jilva qilgan bo‘lsang, o‘sha jilva jahonda odamlarga Layli timsolida ko‘rinadi". (keyingi o‘rinlarda misol nasriy bayoni bilan cheklaniladi) Muallif Laylining tasvirini berib, uni go‘zal qiz qilib ko‘rsatadi. Majnun aqlli, qobiliyatli qiyofada. Avom ishqida bir-birini ko‘rgandan keyin sevgi tug‘iladi, ungacha bu tuyg‘u haqida bilmaydilar.

  • Majnun esa dunyoga dard (ishq) bilan keladi. Buni "Go‘dak beshikda fig‘onlar tortar, afg‘onida esa dardning nishoni sezilar edi" yoki "O‘tni ko‘rganda uni ishq o‘ti gumon qilib, unga yashirincha mayl qilar edi" kabi jumlalardan bilish mumkin. Avom ishqida bir-birlarini ko‘rganlarida baxtiyor bo‘ladilar, mabodo vasl umidi natijasiz bo‘lsa, azob boshlanadi.

Layli va Majnun ilk uchrashuvlarida rohat emas, azob tuyadilar. Hushdan ketish, Alloh jilvasiga dosh berolmaslik xoslar ishqidan namuna beradi. Majnun holati "G‘am ustiga g‘am yutdi", deb tasvirlanadi. Shundan so‘ng Majnun gul, g‘uncha, sarv, sabza, tuproqdan Laylini so‘rab qidiradi. Bu ham Allohning zarrasi Yer uzra yoyilganiga ishoradir. Asarda xoslar ishqi bayon qilingani uchun, islomiy qarashlar ko‘p uchraydi. Majnunga dashtu sahrolarda fig‘on tortib kezish odat bo‘lganidan - tarki dunyo, faqat Allohga sig‘inish; "Beishq xalqning maqsadi uyqu, ishq ahliga uyqu harom" jumlasidan - bandaga tunlarni zikr va ibodat bilan o‘tkazish afzalligi; Ibn Salom va Laylining to‘yi bo‘lmaganini bayon qilib, "Go‘yo bu voqealardan nazarini uzmagan munajjim, bu ishlarni ma'lum bir soatga tayin qilgandek edi.

  • Layli va Majnun ilk uchrashuvlarida rohat emas, azob tuyadilar. Hushdan ketish, Alloh jilvasiga dosh berolmaslik xoslar ishqidan namuna beradi. Majnun holati "G‘am ustiga g‘am yutdi", deb tasvirlanadi. Shundan so‘ng Majnun gul, g‘uncha, sarv, sabza, tuproqdan Laylini so‘rab qidiradi. Bu ham Allohning zarrasi Yer uzra yoyilganiga ishoradir. Asarda xoslar ishqi bayon qilingani uchun, islomiy qarashlar ko‘p uchraydi. Majnunga dashtu sahrolarda fig‘on tortib kezish odat bo‘lganidan - tarki dunyo, faqat Allohga sig‘inish; "Beishq xalqning maqsadi uyqu, ishq ahliga uyqu harom" jumlasidan - bandaga tunlarni zikr va ibodat bilan o‘tkazish afzalligi; Ibn Salom va Laylining to‘yi bo‘lmaganini bayon qilib, "Go‘yo bu voqealardan nazarini uzmagan munajjim, bu ishlarni ma'lum bir soatga tayin qilgandek edi.

  • Lekin bu ishda bular ham ojizlik qilar edi, ya'ni munajjimlar - aldoqchilardir" jumlasidan - dinimizda folbinlik va unga ishonish xarom qilinganligi; umri tugayotgan Layli onasiga oh-voh bilan aza tutmaslikni vasiyat qilishidan - islomda buyurilgan sabrni anglash mumkin.

Asarda avom ishqi timsollari ham beriladi. Masalan, Ibn Salom. U Laylini ko‘rishi bilanoq to‘yga hozirlik ko‘radi. Majnun esa nikoh emas, Alloh vasli umidida yashaydi. Yoki yana bir qahramon - Navfalning qizi va uning muhabbati haqida gapirganda, "jazman yigit", "ma'shuqa o‘z notavonini ko‘rdi" ta'riflari beriladi. Layli va Majnun uchrashganlarida esa "Majnun badaniga ma'shuqasi ruh bo‘lib kirdi" deyiladi.

  • Asarda avom ishqi timsollari ham beriladi. Masalan, Ibn Salom. U Laylini ko‘rishi bilanoq to‘yga hozirlik ko‘radi. Majnun esa nikoh emas, Alloh vasli umidida yashaydi. Yoki yana bir qahramon - Navfalning qizi va uning muhabbati haqida gapirganda, "jazman yigit", "ma'shuqa o‘z notavonini ko‘rdi" ta'riflari beriladi. Layli va Majnun uchrashganlarida esa "Majnun badaniga ma'shuqasi ruh bo‘lib kirdi" deyiladi.

  • Navoiy ushbu asarida tilga olgan ishq mohiyatini anglash uchun Majnunning Haj safari haqidagi qismi yaxshi yordam beradi. Oshiq Allohga: "Ey ishq o‘ti bilan jahonni yondirgan va bu ishq o‘ti bilan mendek bechoraning ham jonini kuydirgan!", degan murojaati bor. Hamda Allohdan so‘raydi: "Ishq g‘amidan qutqarib, meni shodlantir demayman, aksincha bu o‘tni har dam ko‘paytirsangu sira ham kamaytirmasang deyman". Ota-onasi Qaysning ahvoli yaxshilanishi uchun Ka'baga olib borsalar, uning dardi yanada zo‘rayganidan ham bu ishq Allohga qaratilganini bilish mumkin.

Alisher Navoiy o‘z qobiliyatining buyukligini namoyon etishda kichik she`riy nav`lar torlik qilajagini anglagach, u endi nazm sohasida o‘zining dahosini namoyon etuvchi "vase` maydon" - keng maydonni izlaydi va, shoirning qayd qilganidek, masnaviy - doston ana shunday maqsadlarni amalga oshirish uchun muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiladi. Shunisi ham borki, Alisher Navoiy buning uchun mumtoz adabiyotda yaratilgan alohida dostonlarni ham, dostonlar turkumi-xamsalarni ham chuqur o‘rganib, bu sohada "xamsatayn"-ikki xamsa, ya`ni Nizomiy va Xusrav Dehlaviylar xamsalari an`anasiga murojaat etib, bu niyatni amalga oshirishga bel bog‘laydi. Alisher Navoiy bu ishning og‘irligini ham biladi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq…
Kerak sher ollida ham sheri jangi
Agar sher o‘lmasa, bore palangi. [44. 29]
Ammo uning ezgu niyati - o‘zbek adabiyoti tarixida ham ana shunday asar-xamsa yozish orqali turkiy xalqlarni undan bahramand etish, turkiy-o‘zbek tili imkoniyatlarining ulug‘ligini namoyon etish hamda o‘zining olijanob maqsad va buyuk orzularini ana shu asarda ifodalashdan iborat bo‘lganidan bu ishni bajarishda duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan qo‘rqmadi, aksincha she`riyatning "sheri jangiysi" ekanini sharaf bilan ado etdi. Natijada, uning jahonga mashhur "Xamsa" si maydonga keldi.
Xusrav Dehlaviydan so‘ng Alisher Navoiygacha bo‘lgan davr orasida (1302-1483-yillar) ham dostonlar turkumidan iborat beshliklar yaratish davom etdi. Jumladan, Xojui Kirmoniyning 1332-1348 yillar orasida yaratgan beshligi, Salmon Sovajiyning ham bu ishga qo‘l urgani, XV asrda esa Jamoliy Tabreziy, Kotibiy, Kavkabiy, Ashraf kabi shoirlarning turli tarzdagi beshliklari yaratilgan edi. Alisher Navoiy bularning ko‘pchiligidan xabardor edi. Jumladan, "Farhod va Shirin" dostonida (1484 yilda) ulardan biri Ashraf haqida shunday yozadi:
Bu maydonga chu Ashraf surdi markab,
Bu so‘zni o‘zga nav` etti murattab. [44. 49].
Ashraf Marog‘aviy (vaf.1459-yil) va uning "Xamsa"si haqida "Majolis un-nafois" da (1491-1498-yillar ) esa yana shunday yozgan:
"Mavlono Ashraf-…ko‘proq avqot "Xamsa" tatabbu`ig‘a sarf qilur erdi, to ul kitobni tugatur tavfiqi topti, voqean o‘z xurdi holig‘a ko‘ra yamon bormaydur".
Ashraf Marog‘aviy fors tilida yozgan "Xamsa"sining hozircha ma`lum nodir nusxasi Angliyada saqlanadi va uning tarkibi quyidagicha:
1. "Minhoj ul-abror";
2. "Shirinu Xusrav".
3. "Layliyu Majnun";
4. "Haft avrang";
5. "Zafarnoma".
Mazkur "Xamsa" nashr ettirilmagani sababli uning haqida batafsil so‘z yuritish imkoni yo‘q.
Alisher Navoiy XII-XV asrlar davomida fors tilida yaratilgan dostonlar turkumi- beshlik va xamsalarni o‘rgangan va shulardan ikkitasi - xamsataynni, ya`ni Nizomiy va Xusrav xamsalarini ma`qul topib, ularning butun xususiyatlarini har tomonlama tadqiq etgan. Quyidagi misralarda bu masala shunday bayon etilgan:
Bu andeshadin erdi ko‘nglumda shayn,
Ki bo‘ldi ko‘ngul moili xamsatayn.
Chu mashg‘ul bo‘ldum tamoshosig‘a.
O‘tib vodiyu tog‘u daryosig‘a.
Yorimchuq ko‘rub, sayr tark etmadim,
Yeri qolmadi angakim etmadim. [44. 55]
Darhaqiqat, Alisher Navoiyning "Xamsa"si nazirayi benazir - o‘xshash-o‘xshamas uslubida yozilgan va bu an`anani mukammallashtirgan, yuqori bosqichga ko‘targan nodir badiiy kashfiyotdir.

4.Alisher Navoiy “Xamsa”sining yaratilish jarayoni. Navoiyshunoslikning so‘nggi yutuqlaridan bo‘lgan Sh.Sirojiddinovning “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” nomli Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotiga munosib ko‘rilgan monografiyasida Alisher Navoiy asarlaridagi avtobiografik ma’lumotlar haqida gapirilib, Navoiy va Jomiy munosabatlari alohida tilga olinadi. Darhaqiqat Buyuk mutafakkir asarlarida ustozi, piri, ijodiy hamkori Abdutahmon Jomiy bilan bo‘lgan uchrashuvlari hamda ijodiy munosabatlari haqida ko‘plab qiziqarli va ibratli lavhalar tilga olinadi. Bular orasida “Xamsa” tarkibidagi dostonlarda keltirilgan lavhalar alohida ahamiyatga ega.


“Xamsa”ning barcha dostonlarida Navoiy ustoz-salaflari, xususan Abdurahmon Jomiy haqida alohida bob ajratgan. “Hayratu ll-abror” dostonidagi 13-bob, “Farhod va Shirin ”dostonidagi 7-bob, “Layli va Majnun”dagi 6-bob, “Sab’ayi sayyor” dostonida gi 7-bob, “Saddi Iskandariy” dostoni muqaddimasidagi 7-bob Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhiga bag‘ishlangan. Bular orasida “Hayrat ul-abror” dostonining 13-bobi alohida ahamiyatga ega.
“Hayrat ui-abror” dostonining Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlangan XIII bobiga quyidagicha nasriy sarlavha qo‘yilgan:
“Safo jomining sofi oshomi mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy madda zillaxul-oliy vasfikim, vasfg‘a sig‘mas va ta’rifikim, ta’rifg‘a rost kelmas va ul xazrat iltifotining quyoshi bu xoksori tiyra ro‘zgorxolig‘a partav solg‘onining izhori va ul quyosh tarbiyatidin bu tufroqqa zohir qilg‘an guli nasrin, balki gunogun rayoxin osori va «Tuhfat ul-ahror» tuhafi mutolaasidin maxzun ko‘ngul tarabi va «Hayrat-ul abror» laoli va javohirin nazm rishtasig‘a tortmoqning sababi” [43. 51].
Mazmuni: Yuksaklikning uzun soyasi, shodlik jomining sof sipqoruvchisi mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy vasfikim, vasfga sig‘mas, ta’rifikim, ta’rifga to‘g‘ri kelmas va ul xazrat iltifoti quyoshi qora kunga kolgan men ojizning ahvoliga nur sochganining bayoni, ul quyosh tarbiyasidan bu tuproqda oq gullar, oq gullargina emas, rang-barang rayhonlar nishon bergani va «Tuhfat ul-ahror» tuhfasi mutolaasidan g‘amgin ko‘ngulning xursandchilik topgani va «Hayrat ul-abror»ning la’l va javharlarini nazm ipiga tizmoqning sababi
Bob quyidagi baytlar bilan boshlanadi:
Ulki bukun qutbi tariqatdur ul,
Koshifi asrori haqiqatdur ul.
Ko‘ksi xaqoyiq duri ganjinasi,Ko‘ngli maoniy yuzi oyinasi.
Tabdili: Ulki bugin tariqatning qutbi, haqiqat sirlarini kashf etuvchi, ko‘ksi haqiqat javohirlari yashiringan xazina, kongli esa esa ma’nolar yuzi aks etadigan oynadir.
Bobning muhim jihatlaridan biri shundaki uning davomida Jomiy dargohida bo‘ladigan doimiy majlislardan, she’rxonlik va adabiy davralardan biri tasvirlangan:
Bazmda bir kun yuzidin nur edi,
Har soridin nodira mazkur edi.
Tushti chu raxrav bila payravg‘a so‘z,
Etti Nizomiy bila Xusravg‘a so‘z.
Kim ne sifat olam aro soldi shayn,
Ikkisining xomasidin xamsatayn.
Lek bu o‘n turfaki, topmish jamol,
Ikki burung‘isida bor o‘zga hol:
Kunlarning birida bir yig‘ilishda u yuzida nur balqib o‘ltirar edi, har tomondan har xil ajoyib voqealarni gaplashar edik. Gap ustoz va izdoshlar haqida borar ekan, Nizomiy bilan Xusravga ham navbat etdi. Ularning qalami tufayli paydo bo‘lgan ikki «Xamsa» olamga qanday xayajonlar solmadi! Lekin bu ikki «Xamsa»ga kirgan o‘n go‘zal doston ichida oldingi ikkitasi yaqqol ajralib turar edi.
Gavhare yo‘q «Maxzan ul-asror» dek,
Axtare yo‘q «Matla’ ul-anvor»dek.
O‘zga sanamlar ham erur jilvasoz,
Borchasining husnida zebi majoz.
Ul ikisidin biri gavharfishon,
Gavharida nuri yaqindin nishon.
Ul birisi dog‘i bo‘lub nurposh,
Nuri aro partavi taxqiq fosh.
Demak dostonda tasvirlangan majlisda xamsanavislik, aniqroq qilib aytganda “xamsatayn”, ya’ni Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy xamsalari haqida qizg‘in bahs-munozara kechadi. Ayniqsa, ular tarkibidagi ilk dostonlar - «Maxzan ul-asror» hamda «Matla’ ul-anvor» asarlarining barkamolligi xususida tortishuvlar bo‘ladi.
Y.E.Bertelsning “Nizomiy” monografiyasida qayd etilishicha, bunday bahsu munozaralar nafaqat shoir-u olimlar davrasida, balki temuriy sulton va shahzodalar davrasida ham muntazam bo‘lib turgan. Xususan, Mirzo Ulug‘bek hamda Boysunqur Mirzo o‘rtasidagi bahs-u munozaralar tarixda mashhur.
O‘tti chu alqissa bir oy, ikki oy,
Bir kun o‘lub, baxtu xirad raxnamoy.
Xidmatin ettimki, tamanno edi,
Ilgida ko‘rdum necha aizo edi.
Kulgu bila qildi ishorat manga,
«To‘hfa» bila berdi bashorat manga.
Kim olibon boshtin ayog‘ig‘a boq,
Qil nazar avroqig‘a boshtin-ayoq.
Shunday qilib, oradan bir oy o‘tdi, ikki oy o‘tdi. Kunlarning birida baxt va aql menga yo‘l ko‘rsatib, uni ko‘rgim kelib, xuzuriga bordim. Uning qo‘lida bir necha bo‘lak qog‘oz ko‘rdim. U kishi kulib, menga imo qilib, «Tuhfa», ya’ni “Tuhfat ul-Ahror” dostonini yozib bitirganini aytdi:
- Ol-da, boshidan-oxirigacha ko‘rib chiq, boshidan-oxirigacha har bir varag‘ini ko‘zdan kechir! - dedi.
Ollig‘a jon naqdini sochtim ravon,
Oldimu o‘ptum, dog‘i ochtim ravon.
Boshtin-ayoq gavhari shahvor edi,
Qaysi guhar, «Tuhfat ul-ahror» edi.
Naf topib kimki bo‘lub mustafid,
Muxtasar ul ikkidin, ammo mufid.
Ul ikini topsa bo‘lur munda-o‘q,
Munda tuxaf ko‘pki, ul ikkida yo‘q.
Darhol oldiga kelib, unga jonimni sadaqa qildim, qo‘lidan dostonni oldimu o‘pib, darxol ichini ochdim. U boshidan-oxirigacha shohona dur edi. Yana qanaqa dur deng? «Tuhfat ul-ahror» dostonining o‘zginasi edi. Bahramand bo‘lishni istaganlar undan naf topar, u oldingi ikki dostondan hajm jihatidan kichikroq bo‘lsa ham, foydasi ko‘proq edi. U ikkala dostonda bor gapni bundan topsa bo‘lar, ammo bundagi hadyalarning ko‘pi ularda yo‘q edi.
Shavqida ko‘ksumni shikof ayladim,
Jildig‘a ko‘nglumni g‘ilof ayladim.
Chun o‘qumoq zamzamasi bo‘ldi bas,
Ko‘nglum aro dag‘dag‘a soldi havas,
Uning shavqi bilan ko‘ksim pora –pora bo‘ldi, jildi uchun esa ko‘nglim g‘ilof vazifasini bajardi.
Mutolaa tugagach, Ko‘nglimga havas dag‘dag‘a ola boshladi.
Kim bu yo‘l ichraki alar soldi gom,
Bir necha gom o‘lsa manga ham xirom.
Forsi o‘ldi chu alarg‘a ado,
Turki ila qilsam ani ibtido.
Forsi el topti chu xursandliq,
Turk dog‘i topsa barumandliq.
Alisher Navoiyning “Xamsa” yaratish niyatini amalga oshirishida turtki bo‘lgan bu voqea tafsilotlari Navoiy avtobiografiyasi, ijodiy laboratoriyasini tadqiq etishda ham o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shunday ahamiyatga ega bo‘lgan "Xamsa" 1483-1484 yillarda yozilgan. "Xamsa"ning Abdujamil kotib tomonidan 1484-yilda ko‘chirgan va Alisher Navoiy nazari tushgan qo‘lyozma nusxasi hozirgi kunda O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida avaylab saqlanmoqda.
Alisher Navoiy "Xamsa"ni yozish uchun bevosita olti oy sarflaganini alohida uqtirib, shunday yozadi:
Sengakim yo‘q emgakda g‘oyat padid,
Ulus mehnatida nihoyat padid.
Qilib tongdin oqshomg‘acha qiylu qol,
Yuzunga yetib har nafas yuz malol.
O‘zung tinmayin xalq g‘avg‘osidin,
Qulog‘ing xaloyiq alolosidin.
Bu mehnatlar ichra chekib so‘zga til,
Zamondin kamo besh o‘tub ikki yil.
Chekib xoma bu noma itmomig‘a,
Yeturgaysen og‘ozin anjomig‘a.
Ki aqli munosib shitob aylasa,
Deyilgan zamonin hisob aylasa.
Yig‘ishtursa bo‘lmas bori olti oy,
Ki bo‘ldung bu ra`nog‘a suratnamoy. [47. 569]
Demak, Alisher Navoiy "Xamsa" yozishga 1483-yilda kirishib, 1484-yilning sentyabr oylarida uni tugatgan bo‘lsa-da, ammo unga sarf qilingan vaqt, ya`ni bevosita yozishga sarf qilingan muddat olti oydan iborat bo‘lgan. Ikki yilning boshqa vaqtlari esa ko‘pincha turli davlat va xalq yumushlarini bajarishga sarf bo‘lgan ekan.
Alisher Navoiyning "Xamsa"si quyidagi dostonlardan iborat:
"Hayrat ul-abror" – 3988 bayt
"Farhod va Shirin" – 5782 bayt
"Layli va Majnun" – 3622 bayt
"Sab`ai sayyor" – 5008 bayt
"Saddi Iskandariy" – 7215 bayt
“Xamsa”ning umumiy hajmi 25615 bayt, 51230 misradan iborat.
5. Navoiy “Xamsa”si kompozitsiyasining o‘ziga xosligi. Bu dostonlar xamsa janri talablari asosida o‘zaro bog‘liq yaxlit turkumni tashkil etadi. Shuning uchun uning birinchi dostoni ("Hayrat ul-abror") fikriy-nazariy qurilmaga asoslangan bo‘lsa, boshqalari ana shu dostondagi fikriy-nazariy dasturni badiiy timsollarda ifoda etadigan dostonlardir.
Shu jihatdan "Xamsa"ning birinchi dostoni bo‘lgan "Hayrat ul-abror" (yaxshilarning hayratlanishi) butun turkumning fikriy-nazariy dasturi sifatida badiiy timsol sarguzashti qurilmasiga emas, balki fikriy-nazariy masalalarning bayoni-maqolot hamda ularni tasdiqlaydigan kichik hikoya va masallardan tashkil topgan qurilmaga asoslangan.
"Hayrat ul-abror"ning nomlanishi va yozilish yili haqida Alisher Navoiy shunday yozadi:
Hayrati abror ko‘rub zotini,
"Hayrat ul-abror" dedim otini.
Nuktai ta`rixiki, ahsan edi.
Sekkizu sekkiz yuzu seksan edi. [43. 344]
Ya`ni: Asarni o‘qigan yaxshi odamlarning hayratda qolganligini e`tiborga olib, dostonni "Hayrat ul abror" - yaxshilarning hayratlanishi deb atadim. Uning yozilgan yili-tarixi esa 888 hijriy- 1483-melodiy yil edi.
Doston aruzning sare`i musaddasi matvii makshuf bahrida yozilgan:
Odamiy er/sang demagil/ odamiy/
Oniki yo‘q/ xalqi g‘amiy/ din g‘ami
muf-ta-i lun/ muf-ta-i lun/ fo-i-lun
"Hayrat ul-abror" 63 bobdan iborat bo‘lib, I-XI boblari hamd, munojot va na`tlarni o‘z ichiga oladi. XII-XVI-boblarida Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, so‘z ta`rifi, Sulton Husayn Boyqaro haqida fikr yuritish o‘rin olgan. XVII-XXI boblari ko‘ngul ta`rifi, uch hayrat va Bahovaddin Naqshbandga bag‘ishlangan. XXII-LXI (22-61) boblari yigirma maqolot va yigirma hikoyot, tamsilotdan iborat. LXII-LXIII (62-63) boblari xotima va bir hikoyatni o‘z ichiga olgan.
Shunday qilib, "Hayrat ul-abror"ning asosini yigirma maqolot va yigirmata hikoyot va tamsillar tashkil etadi.
Alisher Navoiy xamsa yozishga kirishar ekan, uning oldida ko‘plab vazifalar (bular xaqida mavjud ilmiy ishlarda talay fikrlar bor) qatorida quyidagi ikki ish ham bor edi;
1. Xamsaning yaxlit asar ekanligini faqat nazariy jihatdan emas, amalda ham ko‘rsatish.
2. Uning tarkibi aynan besh qismdan ibarat ekanligini Nizomiy an’anasi bilangina emas, azaliy qonuniyat sifatida talqin qilish. SHu bilan xamsani besh qismdan iborat, yaxlit turkum asar darajasiga ko‘tarish.
Bu ikki maqsadni amalga oshirish uchun shoir, bizning nazarimizda, kuyidagi vositalardan foydalangan. Navoiy «Xamsa»sining birinchi dostoni «Hayrat ul-abror» shunday boshlanadi:
Bismillohir rahmonir-rahim,
Rishtag‘a chekdi necha durri yatim.
Har dur anga javhari jondin fuzun,
Qiymat aro ikki jahondin fuzun [43. 11]
Bu va bundan keyin keladigan baytlarda Navoiy «Qur’oni Karim»ning birinchi oyati «Bismillohir rahmonir-rahim», ya’ni «rahmon (foniy dunyoda barcha insonlarga rahmat nazari bilan boquvchi) va rahim (oxiratda faqat mo‘minlargagina rahm etuvchi) sifatlarining egasi bo‘lgan Ollox, nomi bilan boshlayman» oyatini izohlaydi, undagi har bir harfni «ahli rad» va «ahli qabul» uchun xos bo‘lgan ramziy-majoziy ma’nolarda sharhlaydi. Ma’lumki, Islom aqoidiga ko‘ra har qanday ish yoki asar Olloh nomi bilan boshlanishi shart. Navoiy ham bu aqidaga sodiq qolgan holda mavzu va mazmunidan qat’i nazar, har bir asarini shu oyat bilan boshlaydi. E’tiborli tomoni shundaki, «Xamsa»ning qolgan dostonlarida bu holat ko‘zga tashlanmaydi. Garchand, ular ham Ollohga hamdu sano aytish bilan boshlansa-da, bu ko‘proq boshlangan asarning davomini eslatadi.
Albatta, «Hayrat ul-abror» dostonining vazni bo‘lmish sari’i musaddasi matviyi makshuf (muftailun muftailun foilun yoki foilon) aynan shu oyatning vazniga mosligini ham e’tiborga olish lozim. Ammo vaznga solinmagan bo‘lsa-da, «Lison ut-tayr» dostoni ham «bismillohir rahmonir rahim» bilan boshlanadi.
«Saddi Iskandariy» dostoni «Xamsa»ni ham mazmun, ham shakl jihatdan umumlashtiruvchi, yakunlovchi asar» ekanligi ta’kidlangan [15. 89]. Navoiyning o‘zi bu holatni 89-bobdagi ajoyib manzara bilan tasdiqlaydi. Unda shoir xayoliy sarguzashti natijasida go‘zal bog‘da, shoirlar davrasida paydo bo‘ladi va Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Sa’diy, Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy kabi sharq mumtozlari uning xaqqiga duo qiladi. Demek, barcha islomiy amallar, xususan, ibodat shakllari kabi Alisher Navoiy “Xamsa”si ham “Bismilo…” bilan boshlanib, “duo, omin” bilan yakunlangan. Bu mulohazalardan quyidagi mazmunda xulosa chiqarish mumkin:
1. «Hayrat ul-abror» dostonidagi dastlabki boblar faqat shu dostonning emas, umuman «Xamsa»ning kirish qismi hisoblanadi.
2. Keyingi dostonlar alohida asar emas, «Xamsa»ning davomi ekanligi ularning «Bismillohir rahmonir-rahim» oyati (bu o‘rinda oyatning aynan shakligina emas, mazmuni ham nazarda tutilmoqda) bilan boshlanmasligida ham ko‘rinadi.
3. «Saddi Iskandariy» dostonining oxirgi 89-bobi faqat shu dostonning xotimasi emas, yaxlit tarzdagi «Xamsa»ning itmomi, «...bu maxozin tilismotini istehkom bila itmomg‘a etkurmakning tahriri» haqidagi bobdir [47. 507-508].
Ushbu jumladagi «maxozin» (xazinalar, ya’ni besh xazina) so‘zi mazkur fikrni tasdiqlaydi. Bunda Navoiy «Xamsa»ni beshta tilsimlangan xazinadan iborat ko‘rg‘on - istehkom deb atamoqda. Aynan istehkom (devor, qoliplovchi vosita) vazifasini mazkur boblar, ya’ni “Hayrat ul-abror”ning ilk bobi va “Saddi Iskandariy”ning so‘nggi bobi bajargan.

Demak, Navoiy beshta dostonni umumiy ramkaga solish uchun qoliplovchi sujetdan emas (Xamsanavislik an’anasi bunga yo‘l ko‘ymas edi), alohida boblar, kirish va xulosa boblaridan foydalangan. Binobarin, Alisher Navoiy “Xamsa”sini nashr ettirishda mazkur boblarni dostonlar tarkibidan ajratib “Xamsa”ning muqaddima va xotima boblari sifatida nashr ettirish ham maqsadga muvofiq.




0
2.2.2.

Amaliy-seminar mashg‘ulot ishlanmalari, nazorat materiallari.




2- amaliy mashg‘ulot: Alisher Navoiy “Xamsa”sining yaratilishi: "Farhod va Shirin" dostoni syujeti tahlili, romantik tasvirning o‘ziga xos xususiyatlari.


Reja - topshiriqlar:
  1. Xusrav, Shirin va Farhod timsollari tarixi haqida qisqacha ma’lumot (tarixiy, afsonaviy manbalar, badiiy timsollar, Farhod timsoli taraqqiyoti).


    Adabiyotlar: 1, 4, 5, 6.
  1. "Farhod va Shirin" dostonida salaflari ijodiga munosabat (muqaddima boblari tahlili, Xusrav timsoli haqida).


    Adabiyotlar: 1, 3, 4, 7, 8, 9.

3. Doston sujeti:
A. Farhodga ism qo`yilishi va uning talqinlari (uch xil talqin).
B. Farhodning Yunon safari (tilsimlar va ularning ramziy ma`nolari, Suqrotning
Farhodga nasihatlari).
C. Xusrav va Farhod ziddiyati, ular o‘rtasidagi munozara.
D. Sujet xotimasi.
Adabiyotlar: 3, 4, 6, 7, 8, 9.
4. Dostonning tasavvufiy mohiyati (N.Komilovning “Suqrot – komil inson timsoli” nomli maqolasi haqida).
Adabiyotlar: 2, 8, 9.
Adabiyot va manbalar
  1. Эркинов С. Навоий «Фарҳод ва Ширин»и ва унинг қиёсий таҳлили. - Тошкент: Фан, 1971.


  2. Комилов Н. Сукрот – комил инсон тимсоли // Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. – Т.: Ёзувчи, 1996.


  3. Қаюмов А. «Фарҳод ва Ширин» сирлари. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат, 1979.


  4. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиёти тарихи (Ўқув қўлланма). II қисм. – Сам.: СамДУ нашри, 2002.


  5. Бертелъс. Е.Э. Навоий (Рус тилидан И.Мирзаев таржимаси). – Т: Тафаккур қаноти, 2015.


  6. Тоҳиров С. Форс-тожик ва туркий достончиликда Хусрав ва Фарҳод мунозараси. Халқаро илмий анжуман. – Т: ТошДШИ нашри, 2014.


  7. Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (O‘quv qo‘llanma). –T.: Yangi asr, 2006.


  8. Алишер Навоий. MAT. 20 томлик. 8-том. – T.: Фан, 1993.


  9. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. - Toshkent: G.Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006.






2- amaliy mashg‘ulot: Alisher Navoiy “Xamsa”sining yaratilishi: "Layli va Majnun"dostoni kompozitsiyasi, majoz va uning o‘ziga xos xususiyatlari.


Reja - topshiriqlar:
  1. Layli va Qays haqidagi afsonaning genezisi va Alisher Navoiyga qadar taraqqiyoti haqida material to‘plash (Ibn Qutayba, Al Johiz, Volibiy asarlaridagi ma’lumotlar, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy, Suhayliy dostonlari).


    Adabiyotlar: 1, 4, 5.
  1. Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni kompositsiyasi (vazn, boblar, sujet, “Isq ta’rifida”gi bob).


    Adabiyotlar: 1, 3, 4, 7, 8.


  1. Bir obraz tahlili (Layli, Qays, Navfal, Ibn Salom, Zayd, Qaysning otasi, Laylining otasi, cho‘pon obrazlaridan birini tavsiflash; timsolning tashqi va ichki dunyosi, xatti-harakatlari, muallifning munosabati).


    Adabiyotlar: 1, 3, 7, 8.
  1. “Layli va Majnun” dostonining tasavvufiy mohiyati (N.Komilovning maqolasi haqida tushunchalar).


    Adabiyotlar: 2.
    Adabiyot va manbalar
  1. Ахмедов Т. Алишер Навоийнинг «Лайли ва Мажнун» достони. - Т.: Фан, 1970.


  2. Комилов Н. Ишқ оташининг самандари // Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. – Т.: Ёзувчи, 1996.


  3. Қаюмов А. Ишқ водийсининг чечаклари. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат, 1982.


  4. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиёти тарихи (Ўқув қўлланма). II қисм. – Сам.: СамДУ нашри, 2002.


  5. Бертелъс. Е.Э. Навоий (Рус тилидан И.Мирзаев таржимаси). – Т: Тафаккур қаноти, 2015.


  6. Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (O‘quv qo‘llanma). –T.: Yangi asr, 2006.


  7. Алишер Навоий. MAT. 20 томлик. 9-том. – T.: Фан, 1994.


  8. Alisher Navoiy. Layli va Majnun. - Toshkent: G.Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006.




2- amaliy mashg‘ulot: Alisher Navoiy “Xamsa”sining yaratilishi:


"Sab`ayi sayyor" dostonidagi hikoyatlar tahlili, qoliplash usuli va

uning o‘ziga xos xususiyatlari.


Reja - topshiriqlar:
  1. "Sab`ayi sayyor" dostoni kompozitsiyasi va sujeti (vazn, boblar, Bahrom va Dilorom qissasi).


    Adabiyotlar: 1, 2, 6, 7.
  1. Dostonda yetti soni bilan bog‘liq tushunchalar va ularning talqinlari (qasr, iqlim, rang, sayyora, hafta kunlari, malika, sayyoh).


    Adabiyotlar: 5, 6, 7.


  1. Bir hikoyat tahlili (qasr, iqlim, rang, hafta kuni, sayyoh timsoli, uning hikoyat timsollari bilan bog‘liqligi, Bahromning unga munosabati; hikoyatning qisqacha mazmuni, asosiy timsollariga tavsif, g‘oya va tarbiyaviy ahamiyati):


  • Farrux va Axiy hikoyati;


  • Zayd zahhob hikoyati;


  • Shahzoda Sa’d hikoyati;


  • Juna va Mas’ud hikoyati;


  • Mehr va Suhayl hikoyati;


  • Muqbil va mudbir hikoyati;


  • Dilorom haqidagi hikoyat


    Adabiyotlar: 3, 5, 6, 7.
  1. Doston xotimasi, shoirning Bahrom bilan g‘oyibona uchrashuvi (Bahrom nutqini tavsiflash).


    Adabiyotlar: 1, 6, 7.

    Adabiyot va manbalar


  1. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиёти тарихи (Ўқув қўлланма). II қисм. – Сам.: СамДУ нашри, 2002.


  2. Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (O‘quv qo‘llanma). –T.: Yangi asr, 2006.


  3. Муҳиддинов М.Қ. Нурли қалблар гулшани. – Т.: Фан, 2007.


  4. Салоҳий Д. Навоий назмиёти (Ўқув қўлланма). – Тошкент, 2012.


  5. Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси. -Т.: Ғ.Ғулом номидаги НМБ, 1991.


  6. Алишер Навоий. МАТ. 20 томлик. Ўнинчи том. Сабъайи сайёр (Нашр тайёрл. М.Мирзааҳмедова). – Т.: Фан, 1992. 7-411- бетлар.


  7. Alisher Navoiy. Sab’ayi sayyor. - Toshkent: G.Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006.





2- amaliy mashg‘ulot: Alisher Navoiy “Xamsa”sining yaratilishi: “Saddi Iskandariy” - “Xamsa”ning yakunlovchi dostoni, Navoiy ijodida adolatli hukmdor masalasi.


Reja - topshiriqlar:
  1. Iskandar Tarixiy shaxs va badiiy timsol sifatida (Iskandar haqidagi syujet tarixiga oid qisqacha ma`lumot to`plash).


    Adabiyotlar: 1, 2, 5.
    2. "Saddi iskandariy" dostoni muqaddimasi va kompozitsiyasining o`ziga xosligi (dostonning beshinchi bobi haqida mulohazalar, to‘rt bobdan iborat turkumlar).

    Adabiyotlar: 1, 2, 5, 9.


  1. Dostondagi bo‘limlar:


  • Himmat haqidagi bo‘lim va uning tarkibi (Nazariy muqaddima, hikoyat, savol-javob, Iskandar sarguzashti).


  • Adolat haqidagi bo‘lim va uning tarkibi (Nazariy muqaddima, hikoyat, savol-javob, Iskandar sarguzashti).


    Adabiyotlar: 1, 3, 4, 6, 7.
  1. Dostonda ayollar timsollari (Ravshanak, Mehrnoz, Lu’bati chiniy, Bonu timsollariga tavsif).


    Adabiyotlar: 1, 7, 8.
    5. Doston xotimasi (89-bob mazmuni). Adabiyotlar: 1, 6, 7.
    Adabiyot va manbalar
  1. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиёти тарихи (Ўқув қўлланма). II қисм. – Сам.: СамДУ нашри, 2002.


  2. Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (O‘quv qo‘llanma). –T.: Yangi asr, 2006.


  3. Комилов Н. Ҳикмат ва ибрат достони // «Тафаккур» ойномаси, 2003 йил, 2-3-сонлар.


  4. Комилов Н. Хизр чашмаси. –Т.: Маънавият, 2005.


  5. Бертелъс. Е.Э.Навоий (Рус тилидан И.Мирзаев таржимаси). – Т: Тафаккур қаноти, 2015.


  6. Алишер Навоий. MAT. 20 томлик. 11-том. – T.: Фан, 1994.


  7. Alisher Navoiy. Saddi iskandariy. - Toshkent: G.Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006.


  8. Қаюмов А. «Садди Искандарий». - Т., 1980.


  9. Тохиров С. «Садди Искандарий» достонидаги бир байт ҳақида мулоҳазалар // Ёш шарқшуносларнинг академик У.Каримов номидаги X илмий-амалий конференцияси тезислари. –Тошкент, 2013. 174-178-б



“Xamsanavislik an'anasi” modulidan talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi, bajarilish muddati, monitoring va baholash mezonlari

T.r.

Mustaqil ta’lim mavzulari

Topshiriqlar


Bajarish muddati


Soat

1

Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” asari va uning boshqa shoirlar ijodiga


ta’siri.

Asarni o’rganib, qisqacha konspekt qilish. Uning ta'siri qaysi shoirlar ijodida seziladi.


5-hafta

6

2

Didaktik asarlardan biri tahlili (“Kalila va Dimna”, “Chor Darvesh”, “Guliston” (Sa'diy), “To'tinoma” va boshqalar).

Asarlardan birini o’rganib, qisqacha konspekt qilish.


6-7-hafta


4



3

“Chahor maqola” (Nizomiy Aruzi Samarqandiy) asari tahlili

Asardagi adabiy-tanqidiy qarashlar masalasini o’rganish, tushunchalarni konspekt qilish


8-hafta

4

4

Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy “Xamsa”larining yaratilish tarixi.

Xamsachilik an’anasi, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. Xamsanavis ijodkorlar asarlarining o’ziga xos jihatlari, bir-biridan farqli xususiyatlari qiyosan tadqiq etiladi, xulosalar qisqacha konspekt qilinadi.


9-hafta

4

5

S.Tohirovning "O'zbek she'riyatida aruz" o'quv-uslubiy qo'llanmasi (2010) tahlili

Asar o’rganiladi, xulosalar umumlashtirilib konspekt qilinadi.




10-11-hafta


4

6

Gul va bulbul obrazlari aks etgan baytlar tahlili.


May, soqiy, tarso, jom, xarobot timsollari keltirilgan baytlarni to'plash.
Ranglar va raqamlarning ramziy ma'nolari.

Mumtoz adabiyotda mavjud an’anaviy obrazlar tahlil etiladi, ramziy obrazlarning o’ziga xos jihatlari aniqlanadi, har bir obraz yuzasidan tanlanma misollar tahlil etiladi.


14-15-hafta


6

7

Fanga doir tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlar lug'ati


Lug'at tuzilib, ma'nolari izohlanadi.




4

Jami:

32


“Xamsanavislik an'anasi" modulidan

mashq-topshiriqlar


1-topshiriq

  1. Ushbu bayt haqida ma’lumot va fikrlaringizni ifodalang:


    Tor ini sichqonga solib erdi g‘am,

    Quyrug‘iga bog‘ladi g‘irbol ham.




  1. Baytning vazni va manbaini aniqlashga intiling.


  2. Mazmunini izohlang, qanday badiiy hodisalar kuzatiladi?


  3. Bayt qanday munosabat bilan keltirilgan?


  1. Mamlakatimizda Alisher Navoiy “Xamsa”sini o‘rganish bo‘yicha qanday tadqiqotlarni bilasiz?


  2. “Sab’ayi sayyor” dostonida qora (yoki boshqa) rang talqinlari haqida mulohazalaringiz.


    2-topshiriq:


  1. Ushbu bayt haqida ma’lumot va fikrlaringizni ifodalang:


    Ham shah o‘lub, ham valiyu ham nabi,
    Hikmat ila ham tuz o‘lub mashrabi.


  1. Baytning vazni va manbaini aniqlashga intiling.


  2. Mazmunini izohlang, qanday badiiy hodisalar kuzatiladi?


  3. Baytda vasf etilgan shaxsni (mantiqan) aniqlashga harakat qiling.


  1. Y.E.Bertelsning Alisher Navoiy ijodiga oid qanday tadqiqotlarini bilasiz?


  2. “Sab’ayi sayyor” dostonida qora (yoki boshqa) rang talqinlari haqida mulohazalaringiz


    3-topshiriq:


  1. Ushbu bayt haqida ma’lumot va fikrlaringizni ifodalang:


    Kimki jahon mulki havasdur anga,

    Ushbu ilik tajriba basdur anga.




  1. Baytning vazni va manbaini aniqlashga intiling.


  2. Mazmunini izohlang, qanday g‘oya aks etganligini yozing?


  3. Baytda tilga olingan shaxsni aniqlashga harakat qiling.


  1. Bahrom haqidagi dostonlarda hafta kynlari, rang va sayyoralarni to‘g‘ri tartibda sanab bering.


  2. “Saddi Iskandariy” dostonidan bitta hikoyat haqida mulohazalaringiz


    4-topshiriq:


  1. Ushbu bayt haqida ma’lumot va fikrlaringizni ifodalang:


    Safar qil va lekin vatan ichra bo‘l,
    Tila xilvatu anjuman ichra bo‘l.


  1. Baytning vazni va manbaini aniqlashga intiling.


  2. Mazmunini izohlang, qanday badiiy hodisalar kuzatiladi?


  3. Baytda tilga olinga g‘oya manbai haqida nima deya olasiz?.


  1. Alisher Navoiy “Xamsa”sining qanday nashrlarini bilasiz (yili, nashrga tayyorlovchi, yutug‘i, kamchiliklari).


  2. “Saddi Iskandariy” dostonidan bitta hikoyat haqida mulohazalaring


    5- topshiriq:


Ushbu bayt haqida ma’lumot va fikrlaringizni ifodalang:


Ayolu vatan ichra to joni bor,

Kishi harb etar toki imkoni bor.



  1. Baytning vazni va manbaini aniqlashga intiling.


  2. Baytning mazmuni va g‘oyasini izohlang.




  1. “Saddi Iskandariy” dostonidagi obrazlarni sanab bering


  1. “Sab’ayi sayyor” dostonida qora (yoki boshqa) rang talqinlari haqida mulohazalaringiz.


    TEST TOPSHIRIQLARI
    “Alisher Navoiy “Xamsa”sining yaratilishi” modulini o‘qitishda test topshiriqlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Modul bo‘yicha 100 ta test topshirig‘i tuzilgan bo‘lib, ularning word va dasturlangan variantlari bitiruv ishiga ilova qilinadi. Jumladan:

    Ochiq test

    * Ushbu baytda tushirib qoldirilgan taxalluslarni aniqlang.

    Agar pil o‘lsa …………. ham …………,

    Erur yuz pil yanglig‘ pil ……………


A. Xusrav, Nizomiy, Jomiy. B. Xusrav, Jomiy, Navoiy.
C. Nizomiy, Jomiy, Navoiy. D. Sa`diy, Nizomiy, Jomiy.
* Ushbu baytda tushirib qoldirilgan taxalluslarni aniqlang.
Yo‘ldasa bu yo‘lda …………. yo‘lum,
Qo‘ldasa ……… bila .......... qo‘lum.
Yopiq test
* Imim Faxr Roziy va Muhammad Xorazmshoh haqidagi hikoyatda (“Hayrat ul-abror”) qiyomat yoki oxirat nimaga qiyoslanadi?
A. Bozorga. B. Hammomga.
C. Jang maydoniga. D. Ekin maydoniga.
NOAN’ANAVIY TEST
Alisher Navoiy dostonlaridan olingan ushbu baytlar, paradigmalar va afoillardan o‘zaro mos keladiganini aniqlang hamda vazn nomi va qaysi asarga tegishli ekanligini toping:



Bayt

Paradigma


1

Manga xamsa takmili bir yon edi,
Bu maqsud tahsili bir yon edi.


v – – – / v – – – / v – –


2

Jafo maydonig‘a har dam surub ot,
Kishi andin nechuk qilg‘ay mubohot.


v – – / v – – / v – – / v –


3

Bir na`shg‘a soldilar ikovni,
Jonsiz kelinu o‘lik kuyovni.


– v – – / – v – – / – v –


4

Ulki kishi o‘lmagidin shod erur,
Go‘rkanu g‘osilu jallod erur.


– v v – / – v v – / – v –


5

Birda birdin hosil o‘ldi bir adad,
Yo‘q xiradg‘a munda dam urmoqqa had.


– – / v – v – / v – –


6

Bu g‘alatkim alar dag‘iy dedilar,
Magaram qissaxon qizi edilar.


– v – – / v – v – / v v –





Afoil

Doston

1

Fo‘ilotun mafo‘ilun fa’ilun,


“Hayrat ul-abror”


2

Fa’uvlun fa’uvlun fa’uvlun fa’ul,

“Farhod va Shirin”


3

Maf’uvlu mafo‘ilun fa’uvlun,

“Layli va Majnun”


4

Mafo‘iylun mafo‘iylun fa’uvlun,

“Sab’ayi sayyor”


5

Mufta’ilun mufta’ilun fo‘ilun,

“Saddi Iskandariy”


6

Fo‘ilotun fo‘ilotun fo‘ilun.

“Lison ut-tayr”.


Jadvalni namunadagi kabi (1-satr) to‘ldiring





Bayt

Paradig-ma


Afoil

Doston

Vazn nomi


1

1

2

2

5

Mutaqoribi musammani mahzuf

2

































































3











4











5











6












2.2. Modulni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va grafik organayzerlardan foydalanish.
Bugungi globallashuv davrida talaba uchun ma’lumot berish va ma’lumot olishning o‘zi kifoya emas, albatta. Zero to’xtovsiz axborot oqimi muhitida talabaga nafaqat sifatli ta’lim berish, balki ularni ta’lim olishga qiziqtirish, mustaqil ishlashga yo’naltirish masalasi ham kun tartibiga chiqmoqda. Shunday ekan, “Xamsanavislik an'anasi” modulini o‘qitishda ham ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olish, ilg‘or xorijiy tajribalardan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero hazrat Navoiy me’rosining haqiqiy vorislari sifatida mamlakatimiz yoshlari, filolog va adabiyotshunos mutaxassislari bu borada – navoiyshunoslik borasida raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishi modulni o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.
“Xamsanavislik an'anasi” modulini o‘qitishning to‘laqonli didaktik va metodik ta’minotini yaratish uchun birgina “O‘zbek adabiyoti tarixi” fani doirasida chegaralanish kutilgan natijaga olib kelmaydi. Masalaga innovatsion yondashuv ushbu muammoni adabiyot nazariyasi, jahon, xususan, fors-tojik adabiyoti tarixi, Sharq xalqlari tarixi, dinshunoslik, tasavvuf nazariyasi va amaliyoti kabi turdosh va turdosh bo‘lmagan fanlar bilan aloqadorlikda shakllantirilgan modul asosida o‘qitish maqsadga muvofiq. Uning didaktik ta’minotida, xususan, nazorat materiallarida ham buni inobatga olish (jumladan, giterogen test va topshiriqlardan foydalanish) muhim ahamiyat kasb etadi.
"Xamsanavislik an'anasi” modulini o‘qitishda zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari chegaralanmagan. Biroq keyingi paytlarda pedagogika nazariyasi va amaliyotida “texnologiya texnologiya uchun” qabilida yondashish holatlari kuzatilmoqda, nazarimda. Vaholanki, pedagogik texnologiyalar, ular eski-an’anaviy bo’ladimi, yangi bo’ladimi ta’limdagi ehtiyoj hosilasi bo’lishi, adabiyot ta’limida esa barcha texnologiyalar oxir-oqibatda eng asosiy maqsad-matnni o’qiy olish, uning mazmunini tushunish, tahlil va talqin eta olish, badiiyatini his qilish ko’nikmasini sakllantirishga xizmat qilmog’i lozim.
Xamsanavislik tarixi, Alisher Navoiy “Xamsa”si kabi monumental asarlarni o’qitishda muayyan bir muammoni bir necha ta’lim texnologiyalarini birgalikda, ketma-ket qo’llash ham ta’lim samaradirligiga xizmat qiladi. Jumladan “Xamsa”ga nisbatan qo’llanadigan “dostonlar majmui”, “an’ana”, “janr”, “turkum”, “superjanr”, “universal janr” kabi atamalar mohiyati, asosli yoki asossiz ekanligi, kuchli va kuchsiz jihatlari, oddiy qilib aytganda, qaysi biri to’g’ri degan savolning javobini topish uchun dastlab BBB, so’ngra klaster, keys-stadi va SWOD texnologiyalarini uyg’unlikda qo’llash mumkin. Quyida ayrim bugungi kun uchun an’anaviyga aylanib ulgurgan metod va texnologiyalar hamda ayrim noan’anaviy usullarni ko’rib o’tamiz.
KEYS-STADI
I. Tahlil uchum material
Bilamizki, Nizomiy Ganjaviyning dostonlari turli davrlarda alohida asar sifatida maydonga kelgan. Biroq u ulkan an’anaga asos solayotganligini his etgan, unga ergashuvchilar bo‘lishini bashorat qilgan. U shunday yozadi “Menki bu manzilga hammadan oldin qadam qo‘ydim, so‘z olmosidan o‘tkir tig‘ yasadim. Bu tig‘ ortdan keluvchilarning boshini tanasidan judo qiladi. Nizomiyning keskir qilichi qancha eskirsa ham, o‘tkirligicha qolaveradi.
Akademik B.Valixo‘jaev bu haqda shunday yozadilar: “Nizomiy yaratgan besh poemaning yaxlit, monumental asarligi va uning yangi adabiy hodisa ekani keyinchalik aniqlanib, shoir yaratgan asarlar sikliga “Panj ganj” – “Besh xazina” nomi berilgan edi”.
Xusrav Dehlaviy o‘zining “Xamsa”si haqida «Hasht bihisht»da shunday fikr bildiradi:”Uch yillik umrim naqdinasini sarflab, bu “Panj ganj” (besh xazina)ni to‘la-to‘kis qildim. “Panj ganj”ni boshdan oxiriga qadar donolarga arrz etdim”.
Demak, Amir Xusrav xamsanavislikka nisbatan adabiy janr sifatida emas, Nizomiy dostonlariga tatabbu’ aytish an’anasi sifatida yondashgan.
Biroq ayrim shoirlar, jumladan, Salmon Sovajiy Nizomiy tanlagan yo‘lning eskirganligini ochiq-oydin e’tirof etadi:
Nizomiyro siyah shud durri shahvor,
Rivoje nest on siymi ko‘hanro.
Mazmuni: Nizomiy yaratgan shohona dur qorayob qoldi (sifatsizlandi, yaroqsiz holga keldi). Endi u qadimiy qimmatbaho toshning rivoji yo‘qdir.
XIV asrda yashagan forsiyzabon shoir Xoju Kirmoniy o‘z “Xamsa”sida vaznlarni saqlagan holda mavzularni butkul o‘zgartirib yubordi. XVI asr shoiri Abdibek Sheroziy esa birato‘la uchta “Xamsa” yaratdi. Biroq ularning birontasi ham Nizomiy an’analariga aynan mos emas. Shu tufayli ular Sharq mutafakkirlari orasida xamsanavis sifatida deyarli e’tirof etilmaydi.
Alisher Navoiy o‘z “Xamsa”sining yaratilishi haqida gapirar ekan, aynan xamsataynga javob yozish istagini bayon etadi:
Bu andeshadin erdi ko‘nglumda shayn,
Ki bo‘ldi ko‘ngul moili xamsatayn.
Shu bilan birga, Navoiy xamsanavislik an’anasini davom ettiribgina qolmasdan uni “takmil” qilishni, mukammallashtirishni maqsad qiladi:
Manga «Xamsa» takmili bir yon edi,
Bu maqsud tahsili bir yon edi.
Navoiy «xamsa takmili» deganda har bir dostonni mazmun, g‘oya va kompozitsiya jihatidan isloh qilish bilan birga, ularni birlashtirish, bir silsilaning bo‘g‘inlari, bir butunlikning tarkibiy qismlari darajasiga keltirish, yagona maqsad uchun xizmat qildirishni ham nazarda tutgan.

II. Muammo.


Adabiyotshunos A.Starikov “Xamsa”ning poemalar siklidan tashkil topganini qayd qilib, “Xamsa” epik ijodiyotdagi ko‘pqirralikning simvoli” degan xulosaga keladi. Akad. B.Valixo‘jayevning 1981-yilda nashr ettirilgan “Xamsachilik an’anasining ayrim xususiyatlari” nomli maqolalarida xamsaga nisbatan “adabiy janr”, “adabiy hodisa”, “adabiy an’ana” atamalari bir-birini almashgan holda ishlatiladi.
Adabiyotshunoslikda xamsanavislik yoki “Xamsa”larni dastlab alohida dostonlar majmui, so‘ngra yaxlit monumental asar (B.Valixo‘jaev), adabiy janr, “turkum doston” (S.Tohirov), “supperjanr” (S.Meli), “universal janr” (U.Jo‘raqulov) kabi nazariy atamalar bilan tilga olish hodisalari kuzatiladi. Hatto turli xamsalarga turlicha munosabat bildirish, xususan Nizomiy va Navoiyni xamsa janri asoschisi deb hisoblash kayfiyati ham mavjud.
III. Savol: Sizningcha xamsa (xususan, Navoiy “Xamsa”si) janrmi yoki adabiy an’ana.
PAG’ONALI SHARH USULI



Topshiriq mazmuni


Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida shunday bayt bor:
Xizrdin iblis erur a’mo kibi,
Rost, zumurrad bila af’o kibi. [7-tom. 169-bet].
Baytni sharhlashga harakat qiling.


1-qadam. Bayt haqida mumiy tushuncha ifoda etiladi va daftarga yoziladi.


2-qadam. Notanish so’zlarning ma’nosi “Alisher Navoiy asarlarining izohli lug’ati” yordamida aniqlanadi.


Xizr – rivoyatlarga ko’ra “obi hayvon”ni ichgan va qiyomatga qadar tirik bo’ladigan payg’ambar. U tabiat yashillik ramzi bo’lib, doimo yashil kiyimda bo’ladi.


A’mo – ko’r, ko’zi ojiz.
Af’o, af’iy – ilonning bir turi, nihoyatda tezkor va zaharli (rus. effa).

So’zlar ma’nolari tushunib olingach bayt qayta sharhlanadi. Masalan:


Iblis Xizrdan ko’r kabi bo’ladi, xuddi zumrad va af’o iloni kabi.


3-qadam. Dostonning nasriy bayonida keltirilgan baytning tabdili havola etiladi:




Iblis tug‘ma ko‘r kabi Xizrni ko‘rmay o‘tib ketadi. Kiyimining zumrad rangi unga zaharli ilon bo‘lib tuyuladi


[Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. –T.: 2006. 346-bet].


Savol: Sharh sizni qoniqtiradimi? Ikkinchi jumlani qanday tushundingiz?






Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror” dostonida shunday bayt bor. Unda saroy oldidagi maysazor tasvirlanadi:


Surmayi binanda chu nargis namosh,
Savsan afiy, chu zumurrad giyosh.
Mazmuni: Ochilib turgan nargis ko‘z uchun surma, Savsan af’iy (ilonning bir turi), maysalar esa zumradga o‘xshaydi.


4-qadam. O’ylab ko’ring hozirgacha zumrad va af’iy haqida olgan ma’lumotlaringizga nima qo’shildi?




Af’o – ko’r, uning ko’rligiga sabab zumrad (oldingi ma’lumot). U savsanga o’xshaydi, harakatsiz va ko’zi yo’q.


Zumrad – yashil, ilonning ko’r bo’lishiga sabab (oldingi ma’lumot). U maysaga, yangi chiqqan o’tga o’xshatilgan (yangi ma’lumot). Nima uchun?

5 – qadam. Beruniy “Minerologiya” asarida bir arab shoirining baytini sharhlaydi. Unda “Nil daryosi zumraddan qo’rqqan af’iy ilondek oroldan aylanib o’tdi” degan mazmun ifodalangan edi.


6-qadam. Beruniy baytni sharhlash asnosida bir naqlni keltiradi. Bu naql Y.E.Bertelsning “Nizomiy” monografiyasida ham bor. Sizningcha u qanday mazmunda?


Rivoyatga ko‘ra afiy iloni zumrad toshidan qo’rqar ekan va doim uni aylanib o’tishga harakat qilar ekan. Mabodo unga ko’zi tushib qolsa, shunchalik tikilib qolar ekanki, natijada ko’zi oqib tushadi. O’z navbatida, zumrad ham erib ketar ekan.



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  • 1. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonida ishq-muhabbat va uning ijtimоiy-falsafiy mоhiyati haqida so‘zlang.

  • 2. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonida Navоiy idеallari haqida so‘zlang.

  • 3. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonida Navоiyning umuminsоniy qarashlari haqida so‘zlang.

  • 4. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonining mavzu ko‘lami haqida so‘zlang.

  • 5. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonining tarbiyaviy va badiiy qimmati haqida so‘zlang.

  • 6. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonining timsоllar оlami haqida so‘zlang.

  • 7. Navоiyning «Layli va Majnun» dostoni kоmpоzitsiyasi, vazni va tili haqida so‘zlang.

  • 8. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonida afsоnaviy sujet va hayotiy vоqеlik haqida so‘zlang.

  • 9. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonida psiхоlоgik tasvirning yеtakchiligi haqida so‘zlang.

  • 10. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonida qahramоn va ishq idеali haqida so‘zlang.

  • 11. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonining badiiy хususiyatlari haqida so‘zlang.

  • 12. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonining go‘yaviy yo‘nalishi va timsollar olami haqida so‘zlang.

  • 13. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonining obrazlar хaraktеristikasi haqida so‘zlang.


Foydalanilgan Adabiyotlar.


  • Adabiyotlar.

  • 1. Alishеr Navоiy. Asarlar o‘n bеsh tоmlik, o‘n to‘rtinchi tоm. G‘оfur G‘ulоm nоmidagi badiiy adabiyot nashriyoti. Tоshkеnt.1967

  • 2. Bеgali Qоsimоv, Nusratilla Jumaхo‘ja “O‘zbеk adabiyoti” G‘оfur G‘ulоm nоmidagi nashiriyot-matbaa ijоdiy uyi.Tоshkеnt. 2003y.

  • 3. N.M Mallaеv, G‘.K Karimоv, S.I Ismоilоv “O‘zbеk adabiyoti tariхi”. Tоshkеnt “O‘qituvchi” 1987y.

  • 4. “O‘zbеk adabiyoti” majmua (XV asrning ikkinchi yarmi –XIX asr ) Tоshkеnt “O‘qituvchi” 1993y.

  • 5. Navоiy asarlari uchun qisqacha lug‘at Tоshkеnt Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasining “Fan” nashiriyoti

  • 6. Zоhidоv V. YU Ulug‘ shоir ijоdining qalbi (Alishеr Navоiy haqida)

  • 7. N.M Mallaеv, Gеnеral shоir va mutaffakir.Tоshkеnt “Fan” nashriyoti 1965y.

  • 8. Abdug‘оfurоv Navоiy va adabiy ta’sir. Tоshkеnt “Fan” nashiriyoti 1968y.

  • 9. Navоiy bibliоgrafiya 1917-1966yillar G‘оfur G‘ulоm nоmidagi badiiy adabiyot 1968y.

  • 10. “O‘zbеkistоn Milliy Ensiklоpеdiyasi” davlat ilmiy nashriyoti. O‘zMЕ, jild.

  • 11. Hasanоv S, Navоiyning еtti tuhfasi. Tоshkеnt G‘оfur G‘ulоm nоmidagi Nashiriyot matbaa birlashmasi 1991 yil

Download 53,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish