Hirot kimning davrida gullab-yashnadi? Husayn Boyqaro Kimning zamonida Samarqandda ilm-fan nihoyatda yuksaldi?



Download 27,39 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi27,39 Kb.
#509128
Bog'liq
navoiy 10-sinf pech


  1. Hirot kimning davrida gullab-yashnadi? Husayn Boyqaro



  1. Kimning zamonida Samarqandda ilm-fan nihoyatda yuksaldi?

Mirzo Ulug'bek




  1. Ikki tilda ijod qilgan adiblardan kimlarni bilasiz? Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Sulton

Ahmad mirzo, Lutfiy, Bobur mirzo




  1. “Alisherbek naziri yo’q kishi edi. Hech kim turkiy tilda Navoiychalik ko’p va xo’p asarlar yozgan emas” deya kim ta’riflaydi? Bobur



  1. Navoiy nechta masnaviy kitob yozgan?

6 ta



  1. Qaysi asar o’zbek adabiyoti va madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega ?

“Majolis un-nafois”




  1. “Majolis un-nafois” asarida nechta shoir haqida ma’lumot berilgan?

459 ta



  1. “Bu kitob Shohruh Mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan olim va shoirlardan ko’plarining sifatlaridan va ahvolaridan bayon qiladi”. Ushbu ta’rif qaysi asar haqida ?

“Majolis un-nafois”




  1. Yuqoridagi ta'riflar kim tomonidan aytilgan? Xondamir



  1. “Majolis un-nafois” asari necha majlisdan iborat?

8


  1. Dastlabki majlislar qanday tartibda tuzilgan?

Xronologik, ya’ni vaqtning qadimdan shoirning zamonasigacha bo’lgan yo’nalishi




  1. Yettinchi majlis kimlarga bag’ishlangan? Temur va temuriylarga



  1. Sakkizinchi majlis kimga bag’ishlangan? Husayn Boyqaroga




  1. “Xuroson mulkining rangin fozili erdi, sanoe’ va aruz fanida barcha el ani musallam tutar edi….”

Ushbu ta’riflar kim haqida aytilgan? Yahyo Sebak




  1. Yuqoridagi ta'rif qaysi asarda keltirilgan?

«Majolis un-nafois»




  1. Alisher Navoiy aruz ilmini kimdan o’rgangan? Darvesh Mansurdan



  1. Taft shahrida kim bilan tanishadi? Sharafiddin Ali Yazdiy




  1. Alisher Navoiy Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy haqida nechanchi majlisda yozadi? Ikkinchi majlisda



  1. “Makorim ul-axloq” asarini kim yozgan? Xondamir




  1. Qaysi asarida aruz vaznining mohiyati, tuzilishi, bu vaznning turlari, juzv va ruknlari ,bahrlari haqida ma’lumot beradi?

“Mezon ul-avzon”




  1. «Mezon ul-avzon» asarida qanday shakl va janrlar haqida ma’lumot berilgan? Tuyuq, qo’shiq, chinga, muhabbatnoma, aruzvoriy, turkiy



  1. “O’tmishdagi shoirlar sezgilarining nuri tushmagan bir qancha maqbul bahrni aruz doirasiga qo’shganlarki, u qimmatli nusxa qilinsa, bu nukta ma’lum bo’ladi”. Ushbu fikrlar kimga tegishli?

Xondamir




  1. Alisher Navoiyning muammo haqida qanday asar yozgan?

“Mufradot”




  1. “Muhokamat ul-lug’atayn” asari nechanchi yilda yozilgan?

1498-yilda




  1. Navoiy qaysi tilni “nazm gulistonining andalibi nag’masaroyi” deb ta’riflaydi? Turkiy tilni



  1. Alisher Navoiy qaysi tillar qatorida o’zbek tilining ham eng qadimiy tillardan biri ekanligini alohida ta’kidlaydi?

Arab, fors, hind




  1. Fikrlarini qiyoslash usulidan foydalangan holda bayon etganida qaysi tilni jalb etadi? Fosr-tojik



  1. Adib turkiy tildagi nechta fe’lni keltirib,ularning ma’nosini anglatadigan so’zlarning fors tilida mavjud emasligini ko’rsatadi?

100 ta



  1. Mos kelgan javobni toping.

1). Ingramoq 2). Siqtamoq 3). O’kurmak 4).

Singramak

a). “yig’lamoqda mubolag’a” b). “biyik un bila” c). “dard bila yashurun ohista

yig’lamoq”

1,4-c 2-a 3-b




  1. Mengizlari gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og’izlari tor.

Ushbu baytda qanday badiiy san’at qo’llangan va qaysi so’zning ma’nosi fors tilida mavjud emas ?

Tazod, tashbeh, tanosub; qaboqlari so’zi


  1. Bu asarda forsiylar qaysi so’zlarni turkiycha so’zlar bilan yuritilishi ko’rsatilgan? Ot turlari- tubichoq, arg’umoq, yaka, yobu, totu ;

Bosh kiyimlar- dastor, qalpoq,to’ppi, shirdog’, yog’lig’

Kasb-hunar- qo’rchi, suvchi, qushchi, qo’ruqchi, kiyikchi, kemachi, qo’ychi


  1. “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida kimlarning ijodlariga oid qaydlar ham mavjud?

Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy




  1. Agar ikkala tilni bilish qobiliyati bo’lsa, qaysi tilda ko’proq so’zlashsin deb yozadi? O’z tilida



  1. Qaysi asar arab tilining izohli lug’ati ?

“Sab’at abhor”




  1. “Sab’at abhor” asarining tarjimasi qanday?

“Yetti dengiz”




  1. Tarjimasi “Payg’ambarlar va hakimlar tarixi” bo’lgan asar qachon yozilgan ?

1485-1488-yillarda




  1. «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida payg'ambarlar tarixi kimdan boshlab yozitilgan? Odam Atodan boshlab



  1. “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida ikkinchi qism kimlar haqida yozilgan ? Obidlar haqida




  1. Uchinchi qism kimlar haqida yozilgan? Hakimlar haqida



  1. Pifagor, Gippokrat, Ptolemey, Buqrot, Suqrot haqida nechanchi qismda ma’lumot berilgan ?

3-qismda




  1. Ehtimom so’zi qanday ma’noni anglatadi? G’amxo’rlik



  1. Tarjimasi “Ajam shohlari tarixi” bo’lgan asar qachon yozilgan ?

1488-yilda




  1. Qaysi asarda tarixiy shaxslarning , hakimlarning hikmatlaridan namunalar keltirilgan ?

“Tarixi mulki ajam”




  1. “Umr qisqadur, ish uzun. Oqil uldurkim,bu qisqa umrni bir nimaga sarf qilg’aykim, zaruratroqdur” Ushbu hikmatlar kimga tegishli ? Buqrot



  1. Aristotilis podshohni nimaga o’xshatgan ? Ulug’ rudga , ya’ni daryoga




  1. E’tidol so’zining ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan ?

Yarashiqlilik




  1. Navoiy diniy mavzularga oid qanday asarlar yozgan ?

“Siroj ul-muslimin», “Arba’in”, ”Munojot»




  1. “Pok zotlar huzuridan esgan do’stlikning xush islari” qanday tarjima qilinadi?

“Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds”




  1. “Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds” asarini kim yozgan?

Jomiy



  1. ”Navoiyning qaysi asari tasavvuf tarixiga bag’ishlangan ?

“Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ulfutuvvat”




  1. Navoiyning qaysi asari axloqiy-didaktik g’oyalar targ’ibiga bag’ishlangan?

“Nazm ul-javohir”




  1. Navoiyning qaysi asarida hadislar sodda va tushunarli , ta’sirchan tilda, she’riy shaklda talqin qilinadi?

“Nazm ul-javohir” 53. Navoiyning tarixiy-memuar asarlari qaysi? “Vaqfiya”, “Xamsat ulmutahayyirin”,”Holoti Sayyid Hasan Ardasher”,”Holoti Pahlavon Muhammad”




  1. Navoiy maktublarini to’plab qanday asar yozadi?

“Munshaot”




  1. Navoiyning “Munshaot” asarida kimlarga yozilgan maktublari yuksak saviyasi, go’zal badiiyati va katta tarbiyaviy jihatlari bilan e’tiborli?

Badiuzzamon mirzo, Mir Ibrohim




  1. Munshaot “ asari qachon yozilgan?

1499-yilda




  1. “Igna bilan tog’ni qozmoq takabburni ko’nguldan chiqarmoqdan osonroqdur” ushbu hikmatli so’zlar kimga tegishli ?

Abuhoshim So’fiy




  1. “Har bir insonning zangi bo’ladi, qalb nurining zangi esa,to’yib ovqatlanishdir”. Ushbu hikmatli so’zlar kimga tegishli ?

Abu Sulaymon Doroniy




  1. Kim “ Sening tab’ing so’z ustodidir, qalaming ochqichi bilan so’z eshigini ochding….”deya ta’riflaydi ?

Jomiy



  1. Kim Navoiyni “Hech kim turkiy she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini socha olmagan” deya ta’riflaydi ? Hakimshoh Qazviniy



  1. Navoiyning kelib chiqishi baxshilarga borib taqalishini kim yozib qoldirgan ? Rashidiy




  1. “Ko’zing ne balo qaro bo’libur…” g’azali necha bayt?

7 bayt



  1. “Ko’zing ne balo qaro bo’libur…” g’azali qaysi vaznda yozilgan ?

Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf




  1. “Ko'zing ne balo qaro bo'lib tur… ” g’azalining taqte’si qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

- - V / V – V - / V - -




  1. “Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur” g’azalining nechanchi bayti ko’z tasviriga bag’ishlangan?

Matla'



  1. Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur Kim, jong’a qaro balo bo’lubdur. Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping. Tardi aks, iyhom



  1. “Men men istagan … “g’azali qaysi vaznda yozilgan ?

Hazaji musammani solim




  1. Navoiyning qaysi g’azalida obyektiv voqelikka bo’lgan estetik munosabat ifodasi bosh o’rinda turadi?

«Ey sabo…”




  1. Navoiyning qaysi g’azali falsafiy-didaktik qarashlarini ancha yorqin ifodalashi bilan ajralib turadi ?

“Meni men istagan…”




  1. “Meni men istagan… ” g’azalining taqte’si qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan ?

V - - - / V - - - / V - - - / V - - -




  1. “Meni men istagan …” g’azali qaysi devonga kiritilgan?

“Badoye’ ul-vasat”




  1. Navoiyning qaysi g’azalida “Dard ustiga dard bo’ldi”, “Dard ustiga chipqon” kabi ma’nolar ifodalanadi?

“Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur”




  1. “Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur” g’azazining nechanchi baytida metonimiya usulida ma’nosi ko’chgan ?

3-baytda




  1. Boqiy topar ulki, bo’ldi foniy, Rahravg’a baqo fano bo’lubdu. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo’langan va qaysi so’zlar sof tasavvufiy ma’noga ega?

Tazod, tardi aks; boqiy, foniy so’zlari




  1. Maqta'da qanday she’riy san'at qo'llanilgan? Tardi aks, ishtiqoq



  1. “Meni men istagan …” g’azali necha bayt?

7 bayt



  1. “Meni men istagan …” g’azalida matla’da qanday san’at qo’llanilgan? Tazod



  1. Sipand so’zining ma’nosi nima? Isiriq




  1. Samand so’zining ma’nosi nima? Saman ot



  1. Chashm so'zining ma'nosi nima?

Ko’z



  1. No'shxand so'zining ma'nosi nima? Shirin va chiroyli kulgu 82. Mubaddal so'zining ma'nosi nima? O'zgartirilgan

83. Fatton so'zi qanday ma'noni anglatadi?

Fitna qiluvchi, maftunkor

84. Netay hur-pari bazminki , qatlim yo hayotimg’a Ayon ul zahr chashm aylab, nihon bu no’shxand etmas. Ushbu baytda qanday badiiy san’at qo’llangan?

Jam’u taqsim

85. Kerakmas oy ila kun shaklikim, husn-u malohatdin Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu bandband etmas.

Ushbu baytda qanday san’at qo’llangan?

Jam’u taqsim, ta'did, istiora

86. Navoiyning “Ey sabo…” g’azali qanday vaznda yozilgan ?

Ramali musammani maqsur

87. “Ey sabo…” g’azalining taqte’si qaysi javobda to’g’ri ko’rsatiligan ?

– V - - / - V - - / - V - - / - V –

88. “Ey sabo… “ g’azali necha bayt ?

9 bayt


89. “Ey sabo…” g’azalining nechanchi baytida irfoniy ma’no mujassam?

3-baytda

90. “Ey sabo…” g’azalida “yig’larimning shiddatini gulbargi xandonimga ayt” deyish orqali qanday san’at qo’llanilgan? Tazod

91. Navoiy yorning ahd-u paymonidan qaytganligini qanday tasvirlaydi?

“bad ahd-u paymon”

92. Nechanchi baytda“Ey sabo, yorning zulfi zunnorida dinim hosili kufrga almashganini nomusulmonimga ayt”deb yozgan?

3-baytda

93. Buki qilmishmen jahon-u jonni aning sadqasi,

Yuz tuman jon-u jahondin yaxshi jononimg’a ayt. Ushbu baytda qo’llanilgan she’riy san’atni toping. Tardi aks

94. Dahr bog’I gullari husnin vafosiz erkanin, Yuzi gul, jismi suman, ko’yi gulistonimg’a ayt . Ushbu baytda qo’llanilgan she’riy san’atni toping.

Tashbeh, tanosub

95. Yuqoridagi baytda qo’llanilgan gul turi yana qaysi g’azalda uchraydi?

Furqatning “Fasli navbahor o’ldi, ketibon zimistonlar” g’azalida

96. Oshiq ko’ngil yoning ta’rifini yana bir pog’onaga ko’taradi. Endi u “shohi suxandon “ sifatida ta’riflanadi. Ushbu ta’rif nechanchi baytga tegishli?

Maqta'ga

97. Ko’z so’zining “usruk” deya atalishi nechanchi baytda ifodalangan ?

7-baytda

98. Lirik qahramonning ta’rificha yorning birinchi belgisi nima ?

«Sarvi xiromon» ligi

99. Qit’a g’azaldan qaysi jihati bilan farq qiladi?

Dastlabki bayt qofiyasining erkinligi bilan

100. Qit’aning eng kichik shakli necha bayt? 2 bayt

101. “Yigit so’zidan qaytmas, arslon izidan” maqolining mazmuni qaysi qit’ada yoritilgan ? Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak

102. Navoiyning qaysi qit’asida ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda ta’magirligi haqida yozilgan?

Haq taolo xoni in’omi-yu karami omi borida o’zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi

103. Navoiyning qaysi qit’asida shoirning o’ziga xos kayfiyati , ozurda qalbning iztirob chekayotgan lahzalari aks etgan ?

Ul bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko’z tutmoq xatodur

104. Navoiyning qaysi qit’asida bilinar-bilinmas kinoya mavjud ?

Haq taolo xoni in’omi-yu karami omi borida o’zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi

105. Navoiyning qaysi qit’asida dengizning qirg’og’ida bo’la turib, og’iz ochish uchun lozim bo’ladigan suvni topishga intilayotgan, shu miqdordagi suvni topish ilinjida ayni mana shu yerdan quduq qaziyotgan odam timsoli tasvirlangan?

Haq taolo xoni in’omi-yu karami omi borida o’zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi

106. “Da’b” so’zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan?

Odat, qiliq, xislat

107. Navoiyning qaysi qit’asida alliteratsiya qo’llanilgan ?

Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak

108. “Minnat himmatni yo’q qiladi” ushbu fikrlar kimga tegishli?

Beruniyga

109. Navoiyning qaysi qit’asida kechirimlilik, o’zini past va kamtar tutish kabi xislatlar ifodalangan?

Tavozu’ yaxshi, ammo yaxshiroqdur…… 110. Navoiy o’z she’rlarini qanday baholaydi? “durri maknun”

111. Navoiy qaysi janrda yozgan she’rida ko’proq 9,

11 va 13 baytli g’azallar yozganligini ta’kidlaydi? Qit’a

112. “Funun al-balog’a “ asarini kim yozgan? Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy

113. “Funun al-balog’a “ asarida nechta she’riy janrlarga tavsif beradi ?

10 ta


114. “Funun al-balog’a “asarida qaysi she’riy janrlar haqida yozadi?

1). G’azal 2). Qasida 3). Qit’a 4). Ruboiy 5). Masnaviy 6).Tarje’ 7). Musammat 8).

Mustazod 9). Mutavval 10). Fard

115. El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni,

Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni, Olam elining yamon yamoni bil oni.

Yuqoridagi she’r qanday shaklda yozilgan?

To’rtlik

116. Tengri xonin ochuq aqida qilib,

Xalqdin ro’ziy istagan gumroh Uyladurkim tengiz qirog’inda Ro’za ochmoqqa kimsa qo’zg’oy choh.

Yuqoridagi she’rning janrini aniqlang.

Qit’a

117. Farzand ato qullig’in chu odat qilg’ay,



Ul odat ila kasbi saodat qilg’ay,

Har kimki atog’a ko’p rioyat qilg’ay, O’g’lidin anga bu ish siroyat qilg’ay.

Yuqoridagi she’rning janrini aniqlang.

Ruboiy


118. “Mabodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat “Xazoyin ul-ma’oniy “ni,hatto tarkibidagi bitta devonini yaratganda ham adabiyotimiz tarixida eng ulug’ shoirlarimizdan biri bo’lib qola berar edi” ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan ?

A.Hayitmetov

119. Siroyat so’zining ma’nosi nima?

Ta'sir, yuqish

120. Tuyg’ular va fikrlarning yetukligi ,tabiiyligi, favqulodda go’zal va ta’sirchanligi, so’z manolarining kamalakdek tovlanishi bilan ajralib turadi. Ushbu ta’rif Navoiy yozgan qaysi janrga tegishli ?

Ruboiy


Savollar muallifi :

Ozoda TURDIBOYEVA



Kurs rahbari :

Mavlon BURXANOV
Download 27,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish