1
2-MA’RUZA: GAPLARNING TUZILISH JIHATDAN TURLARI.
SODDA GAP TURLARI
Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:
1. Sodda gap
bir predikativ birlikdan iborat bo‘lib, uning tarkibi ayrim
gaplarga bo‘linmaydi. Masalan:
G‘ir-g‘ir shabada turli-tuman giyohlarning
hidlarini olib keladi. (O.). Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo‘ling. («Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur»).
2. Qo‘shma gap
mazmun va grammatik jihatdan
birikkan ikki va undan
ortiq predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga
bo‘linadi. Masalan:
Hali daraxtlar barg chiqarmagan-u, pushti guldastaga
o‘xshab
gullagan bir tup bodom qo‘shni hovlining devori osha yashnab turibdi.
(P.Q.). Haqiqiy do‘stlik suvdek zilol, qalbaki do‘stlik – tuz qo‘shilgan asal.
(Maqol).
Sodda gap turlari
Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1) ikki
bosh bo‘lakli gaplar; 2) bir bosh bo‘lakli gaplar.
Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan: ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar
ikki bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. Masalan:
Mehnatdan do‘st ortar. (Maqol).
Grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar bir bosh bo‘lakli
gap deb yuritiladi. Masalan:
Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol).
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning qatnashishi-qatnashmasligiga
ko‘ra ikki xid bo‘ladi:
yig‘iq
gaplar va
yoyiq
gaplar.
Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq
gap, ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi.
Masalan:
Yomg‘ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib
turardi. (S.Karomatov)
. Birinchi gap yig‘iq gap bo‘lib, faqat bosh bo‘laklardan
tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo‘laklar (
bulutlar
– ega,
to‘sib turardi
– kesim)dan
tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklar ham (
hamon, qaysarlik bilan
- hollar,
quyosh
-
aniqlovchi,
yuzini
– to‘ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir.
Bir bosh bo‘lakli gaplar ham, ikki bosh bo‘lakli gaplar ham zarur
bo‘laklarning to‘la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: to‘liq
gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo‘laklarning
barchasi
qatnashadi, to‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi
tushiriladi.
Masalan:
- Ilgari qayerda ishlagan edilar?
(To‘liq gap). –
Dastavval
Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.)
(To‘liqsiz gap).
Sodda gaplar bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra ikki xil
bo‘ladi:
bo‘laklarga ajraladigan gaplar
va
bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar
.
So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash
(ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi.
Masalan:
Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Y.).
Bir so‘zdan tashkil topib,
tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar
yoki
so‘z-gaplar
deyiladi. Masalan
: -
Assalomu alaykum
, dada. (P.Q.).
2
Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi
Ikki bosh bo‘lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega
tarkibi va kesim tarkibi
mavjud bo‘lgan gapdir.
Ega yoki ega va unga taalluqli so‘zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim
yoki kesim va unga taalluqli so‘zlar kesim tarkibini tashkil qiladi.
21.1.4. To‘liq va to‘liqsiz gaplar haqida ma'lumot
Fikrni ifodalash uchun zarur bo‘lgan gap bo‘laklarining barchasi
qatnashgan gaplar
to‘liq gaplar
dеyiladi:
Ulardan xat kеldimi?
Nutq vaziyatidan ma'lum bo‘lgan ayrim bo‘laklari
tushirilgan
gaplar
to‘liqsiz gaplar
dеyiladi:
- Siz maktabga borasizmi? - Boraman
(ega -
mеn
, hol –
maktabga
tushirilgan).
To‘liqsiz gaplarning turlari:
1) dialogik nutq tarkibidagi
:
Kim
kеlmadi? Ahmad.
2) ibora tarzidagi:
Tug‘ilgan kuningiz bilan!
Navro‘zingiz
muborak!
3) qo‘shma gap tarkibidagi:
Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod
(qoladi).
To‘liqsiz gaplar suhbatda, so‘zlashuv nutqida va badiiy asarlarda
ko‘proq qo‘llanadi.