Mavzu: Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Xalq hokimiyatchiligi uchun kurash. Turkiston Muxtoriyati. Reja: 1. 1917-yilgi oktabr to‘ntarishi va uning Turkiston xalqlari hayotiga ta’siri. 2. Turkistonda sovet hokimiyatining zo‘rlik bilan o‘rnatilishi. 3. Turkiston Muxtoriyatining e’lon qilinishi. 4. Turkiston Muxtoriyatining halokati, uning saboqlari.
“Proletariyat diktaturasi” nomi bilan atalgan zo‘ravon tuzum mana shu zaylda vujudga keldi.
Ommani o‘z tomoniga ag‘darishni ko‘zlovchi shiorlarni maydonga tashlab, siyosiy hokimiyatni egallash sari yo‘l tutdilar
Bolsheviklar shiori “ Butun hokimyat sovetlarga”
1917-yil iyul oktyabr oylarini o’z ichiga olgan bir vaqtda
V.I.Lenin va bolshevistik firqa Kayzer Germaniyasidan
katta moddiy yordam olib omma o’rtasida inqilobiy
harakatni kuchaytirib yubordi.
Muvaqqat hukumati Leninni « Vatan xoini » deb e’lon qilgan edi.
1917-yil « Аргументы и факты » haftanomasining 29-30-sonida V.Meloserdovning
“ Oktabr inqilobi qanchaga tushgan edi? ” maqolasi bosildi. Unda Germaniyaning
Lenin va Oktabr to’ntarilishini moliyaviy jihtdan taminlanganligini aniqlanganligi
qayd etildi.
Telegramma “ 1917-yil 27- aprel Bosh shtab….. Tashqi ishlar vazirligi Bosh qo’mondonlik shtabi Berlindagi bosh shtabning siyosiy bo’limiga quyidagi malumotni beradi… 1917-yil aprelda Stokgolmdan Shtaynvaxs telegrf qiladi V.I Leninning Rossiyaga kirishi tamilanadi. U batamom bizning xohishimiz bo’yicha ishlaydi nemis hukumati Lenin xizmayidan mamnun”.
« Berlin, 1G’4, 1917, Tezda! Maxfiy!!
Turkiston o‘lkasi Rossiya tarkibida bo‘lganidan, Markazda sodir bo‘lgan voqealar va o‘zgarishlar shabadasi bu yerga ham esib, o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Buning ustiga hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklar va ularning dohiylari Turkistonni zinhor qo‘ldan chiqarmaslik, o‘lkada o‘z hukmronligini qat’iy o‘rnatish, yangicha sovet boshqaruvi tizimini shakllantirishni avvaldan o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygandilar.
Garchand sovetlar davrida yaratilgan ko‘plab tarixiy adabiyotlarda bu davr tarixi butunlay soxtalashtirilib, go‘yo Turkiston aholisi oktabr g‘oyalariga qo‘shilib, birinchilardan bo‘lib o‘lkada sovetlar hokimiyatini o‘rnatdi, deb og‘iz ko‘pirtirib kelingan bo‘lsada, biroq aslida bu xil fikrlar va qarashlar tarixiy haqiqatga mutlaqo zid edi. Hatto Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasi qarorgohi joylashgan Tuproqqal’a qo‘rg‘onining qizil askarlar tomonidan 1917-yil 1-noyabrda ishg‘ol qilinganligi fakti ham Turkistonda oktabr tub o‘zgarishi yasalganidan darak bermasdi.
Tukiston o’lkasida sovet hokimyatinini o’rnatilishi oson kechmadi. Bu harakatlar sovet tuzumi zo‘ravonlari uchun o‘sha kezlarda odatiy tus bo‘lib qolgandi
Aholini ma’naviy-ruhiy kamsitish
Diniy e’tiqodini, islomiy qadriyatlarini tahqirlash
Muqaddas qadamjolarni haqoratlash
Diniy kitoblarni gulhanda yondirish
Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida sovet hokimiyatini or`natish chog‘ida
1 Marg‘ilonda 7 ming,
2 Andijonda 6 ming,
- Namanganda 2 ming,
- Bozorqo‘rg‘on va Qo‘qonqishloq (hozirgi Paxtaobod tumani) atroflarida 4,5 mingdan ziyod begunoh kishilar qirg‘in qilingan.
Bunday qirg‘inlik Turkistonning boshqa shahar va qishloqlarida ham sovet hokimiyatini o‘rnatish chog‘ida sodir etildi.
Sovet hokimiyati dohiylari bor ovoz bilan olamga jar solib
barcha mazlum xalqlar, elatlarga huquqiy tenglik
o‘z taqdirini o‘zi belgilash
milliy davlatchiligini tuzish
mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishga qadar ularning haqli, huquqli ekanligini e’lon qilgan edilar
Do'stlaringiz bilan baham: |