Chorva, parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Tibbiyotda foydalaniladigan preparatlar



Download 388,29 Kb.
bet5/119
Sana12.03.2022
Hajmi388,29 Kb.
#492017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (4)

Tibbiyotda foydalaniladigan preparatlar, dorilar va maxsus mahsulotlar:
• Tayyor holda, davolash uchun preparatlar.
• Ichki sekretsiya bezlaridan tayyorlangan yarim fabrikatlar.
• Ferment mahsulotlari va boshqalar.
Keng miqyosda foydalaniladigan mahsulotlar: ulaming nomlari va assortimenti ko‘p bo‘lgani holda, asosan hayvon suyaklari va shoxlari hamda tuyoqlaridan tayyorlanadi.
Go'sht sanoati oldida turgan eng muhim masala xalqimizni yarim tayyor va iste’mol uchun tayyor mahsulotlar, bolalar va qariyalar uchun parhez oziq- ovqat turlarini ishlab chiqarishni jadallashtirish hisoblanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot o‘zining yuqori sifat- liligi, oqsil, vitamin va mineral moddalarga boy bo‘lishi bilan dunyo standartlari talabiga javob bera olishi kerak. Tayyor mahsulotlar chiroyli va ixcham idishlarga solingan holda qadoqlangan va xaridorgir bo‘lmog‘i lozim. Bu borada bizning korxonalar va fermer xo‘jaliklari chet mamlakat investorlari bilan qo‘shma korxonalar barpo etmoqlari kerak. Ulardagi barcha zamonaviy texnika va texnologiyani o‘zbekistonga olib kelish va unga mos laboratoriya xonalarini qurish va foydalanishga topshirish ishlarini jadallashtirish hayot taqozosidir.


11



Sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetishtirishda ayrim tadbirlar
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng boshqa respubli- kalarda bo‘lganidek, 0 ‘zbekistonning barcha viloyat- larida go‘sht sanoati o‘z texnikaviy potentsialini tiklab oldi va taraqqiy eta boshladi. Yangi go‘sht kombinatlari va kushxonalar barpo etildi. Mahsulot ishlab chiqarish liniyalari va katta quvvatga ega bo‘lgan qurilma va uskunalar bilan jihozlandi. Umuman, hozirgi vaqtda barcha jarayonlar to‘la quvvat bilan, avtomatlar va texnika yordamida ishlashga tayyorlangan. Bulardan tashqari, korxonalarda texnik mahsulotlar, hayvonlar uchun oqsil oziqlar, tibbiyot uchun turli preparatlar va galanteriya anjom va buyumlari tayyorlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda go‘sht sanoati tizimida barcha texnologik jarayonlami takomillashtirish, savdo tash- kilotilariga sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib berish tadbirlari tobora jadallashtirilmoqda. Shuning- dek, so‘yilgan hayvonlar qoni, suyagi, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan hayvon chiqitlaridan foydalanish, o‘simlik moyi, oqsil tayyorlash ishlari ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Fizika, kimyo va mikrobiologiya fan yutuqlaridan amaliyotda keng foydalanilmoqda. Bu esa mahsulot chiqitlaridan unumli, ishning ko‘zini bilgan holda foydalanish imkonini beradi. Hozirgi zamonaviy go‘sht kombinati - yuksak ishlab chiqarish quwatiga, hamda murakkab agregat, avtomatlar va konveyer liniyalariga ega bo‘lgan sanoat kompleksi hisoblanadi. Sun’iy usulda sovutib berish imkoniga ega bo‘lgan sovuq xonalari yetarlidir. Bulardan tashqari, ular keng miqyosda yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotini tayyorlab berish, texnik mahsulot yetishtirish va hayvonlar uchun to‘la qiymatli oziq ishlab chiqarish imkoniga ega.
12



Go‘sht kombinatlarining ishlab chiqarish sexlari asosan quyidagilardan iborat:
1. Hayvonlami so‘yishdan oldin saqlash sexi.
2. So‘yish va tanasini ishlash sexi. Unga hayvon go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash bo‘limi ham kiradi.
3. Kolbasa va go‘sht konservasi tayyorlash sexi va muzlatgich.
4. Texnik chiqindilar va mahsulotlami qayta ish- lash va hayvonlarga oziq tayyorlash sexi shular jum- lasidandir. Bulardan tashqari, yana bir necha yor- damchi sexlar faoliyat ko‘rsatadi. Masalan, muzlatgich qurilmalaridan iborat sex, mexanik-ta’mirlash sexi, elektrlashtirish sexi, isitish va issiqlik yetkazib bemv- chi sex kabilar bo‘lib, ular korxonaning bir me'yorda ishlashida muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, respublikamizdagi go‘sht kombinatlarining yuqori darajada, yuksak unum bilan ishlashi uchun yana bir qancha muammolami hal qilish talab etiladi. Masalan, hayvonlami so‘yish va so‘yilgan tana qismlariga qayta ishlov berish ishlarini konveyer asosida baja- rish, konveyemi harakatga keltirishni gidro-puls asosida amalga oshirish, hayvonlami elektr toki bilan karaxtlash ishlarini rotatsion bokslarda mexanizatsiya va avtomatlar yordamida bajarish, so‘yilayotgan hayvon qonini iste’mol qilish maqsadida yopiq sistema yordamida to‘laligicha tanadan ajratib olish, tanani nimtalash ishlarini maxsus, qulay va oddiy asboblar yordamida bajarish; terini tanadan shilib olish uchun mexanik usulda teri ostiga siqiq havo yuborish, teri- ni maxsus mexanik moslamalar yordamida va unda go‘sht hamda moy parcha, bo‘laklari bo‘lmagan holda shilib olish; hayvon kalla-pochalarini tanadan ajratib olishni mexanizatsiya yordamida amalga oshirish, nimtalanmagan tanani quruq usulda tozalash, o‘ziyozar avtomatik elektron tarozlarida tortish kabilar o‘z yechi- mini topishi talab etiladi.
13



Inson hayoti uchun nihoyatda zarur bo‘lgan go‘sht mahsulotlarini yetishtirish ko‘p jihatdan texnologik jarayonlaming to‘g‘ri bajarilishi va sanitariya-gigi- yena talablariga to‘la rioya qilinishiga bog‘liq. Bu borada tasdiqlangan tavsiyalar, talablar to‘plami va qo‘llanmalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Go‘sht sanoati korxonalarida mahsulotning sifatli va iste'molga yaroqli bo‘lishida davlat nazorat organ- larining tutgan o‘mi nihoyatda muhim va mas’uli- yatlidir. Bunda mahsulotning sifat darajasida belgilari aniqlanadi, uning turlarini iste'mol qilishga yaroqliligi va shunga ko‘ra ulaming natxi ham belgilanadi.
Sifatli mahsulot yetishtirishda eng muhim omil- lardan biri, har bir ishchining sog‘lom bo‘lishi, shaxsiy gigiyenasiga mas’uliyat bilan qarashi, santiraiya ta- lablarini bilishi va unga to‘la rioya qilishi, o‘z o‘mi va asbob-uskuna, idish-tovoq va h.k.laming hamma vaqt toza boiishiga alohida ahamiyat berishi hisoblanadi.
Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilgan tadbirlar aso- sida boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan birga sut va go‘sht ishlab chiqarish ham yil sayin o‘sib bormoqda.
0 ‘zbekistonda qudratli sut sanoati mavjud, ko'plab sut zavodlari barpo etilgan. Yog‘ ishlab chiqamvchi zavodlar yangidan yoki qaytadan qurilgan. Sut konser- valari ishlab chiqaradigan zavodlar ham mavjud. Le- kin xom ashyoning kamchilligi sababli bu zavod va kombinatlar to‘la quw at bilan ishlamayapti. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot aholi talabini hozircha to‘la qondira olmayapti.
Barcha mehnat jarayonlari avtomatik boshqarila- digan sut korxonalari, garchand yuqori ishlab chiqarish quwatiga ega bo‘lsa-da, ulaming ish unumdorligi talab darajasida emas.
Hozirgi vaqtda ko‘plab viloyat tumanlarida sut- ni qayta ishlash texnologiyasini va xom ashyo sifatini
14



yaxshilash yo‘li bilan, hamda sog'ib olingan sutni sut zavodlariga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste'molchilarga, ya'ni shahar va tuman aholisiga, kasalxona, maktab, bog‘cha va hokazolarga jo ‘natish oldidan sovutiladigan va unga dastlabki ishlov beriladigan sutxonalari bo‘lgan chorvachilik fermer xo‘jaliklarini yanada kengaytirish va takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Umid qilish mumkinki, yaqin yillarda barcha muammolar barham topadi. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bir necha marta ortadi, uning sifati yaxshilanadi, tannarxi esa arzonlashadi.
Chorva mahsulotlarini qayta ishlash natijasida tayyor mahsulotlar assortimenti ortadi, sifati yaxshilanadi. Xalqimizning hayoti yanada farovonlashadi. Bu muammolaming ijobati uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yetarlidir.

15




Download 388,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish