Chorva mahsulotlarini yetishtirishdagi ayrim muammolar
Hozirgi vaqtda respublikamiz aholisini chorvachilik mahsulotlari bilan imkoni boricha ko‘proq ta'minlash, kishilar ehtiyojini har tomonlama to‘laroq qondirish, shu yo‘l bilan ular salomatligini yanada yaxshilash kabi muhim va dolzarb muammolami hal qilish masalalari o‘z yechimini kutmoqda. Bu muammolami hal qilish uchun avvalo chorva turlarini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish, tez yetiluvchanlik muddatini qisqartirish, mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash korxona, tashkilot va muassasalarini zamon talablari asosida barpo etish talab qilinadi.
Mamlakatimizning barcha tuman va viloyatlarida chorvador fermerlar harakati tobora keng quloch yoymoqda. Chinonchi, yetishtirilayotgan yalpi chorva mahsulotlarining 75-80 foizi fermerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin bu borada fermerlar oldida ko‘plab muammolar ham turibdiki, ulami faqat fermerlaming o‘zlarigina hal etishga ojizlik qiladilar. Masalan, xo‘jalik ko‘lamini kengaytirish, barqaror yem-xashak bazasini barpo etish, ko‘proq don va yem-xashak ishlab chiqarish, podani sermahsul va naslli hayvon va parrandalar bilan to‘ldirish, naslchilik ishlarini amalga oshirish, minimexanizatsiya muammolarini hal qilish, xo‘jalikning o‘zida tayyor va qadoqlangan mahsulotlar ishlab chiqarib, ulami to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo korxonalariga yetkazib berish va yana bir qancha masalalar o‘z yechimini kutmoqda.
0 ‘z xo‘jaligida yetishtirilayotgan sutdan sarimoy, qaymoq, pishloq, tvorog, qatiq (kefir), suzma, brin- za, quyiltirilgan sut kabi mahsulotlar ishlab chiqara- yotgan fermerlar hozircha barmoq bilan sanarli. 0 ‘z xo‘jaligida go‘shtdan turli tayyor mahsulotlar: kolba- sa, sosiska, sardelka, dudlangan go‘sht, go'sht noni,
5
qazi, go‘sht konservasi kabi mahsulotlami tayyorlab berayotgan fermerlar soni yanada kam bo‘lishi bilan bir qatorda ulami xom ashyo masalasi hanuz qiynab turibdi. Bu borada ko‘plab fermer xo‘jaliklari bozor iqtisodiyotiga dalillik bilan kirib borishda yanada ko'proq to‘sqinliklarga duchor bo‘lmoqda. Ayniq- sa, so‘nggi yillarda nazorat ishlarining nihoyatda kuchayib ketishi, kunda, kun aro xo‘jalik, sex, mini- kombinat va tayyor go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqamvchi xususiylashtirilgan korxonalarga pashsha- dek yopirilayotgan, asosan qo‘rqituvlar y o ii bilan tamagirlikni o‘z kasbiga aylantirib olgan kimsalar ishchi-mutaxassislami ishlaridan qoldirib, 3-4 kunlab (ba'zan undan ham ko‘proq) o‘rinsiz tekshimv va qog‘ozbozlik olib borishda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Davlat rahbarlari tomonidan berilgan kes- kin ko‘rsatmalar va turli ogohlantirishlar ayrim nazo- ratchilar, soliq oluvchilar va sanitariya xodimlari uchun ikkinchi darajali bo‘lib qolmoqda.
Afsuski, ana shunday xodimlami tartib, intizom va insofga soluvchilar yetishmayotir, aniqrog‘i, ular no- miga bo‘lsa-da, o‘zlari ko‘rinmaydi. Haligacha shu kabi noma’qul xatti-harakatlar davom etib kelmoqda. Ayrim olis viloyatlar va chekka tumanlarda bunday ahvol nihoyatda avj olganligiga afsuslanishgina, albat- ta, kamlik qiladi.
Hozirga qadar davlat tasamifida bo‘lgan go‘sht va sut sanoati tarkibidagi korxonalar to‘la quvvat bilan mahsulot chiqara olmayapti. Ko‘plab ishchilar bo‘sh turib qolmoqda. Bunga asosiy sabab xom ashyoning kamayib ketganligi, ko‘plab chorva fermalarining nochorligi, yem-xashak bazasining yupynligi, hayvonlar mahsuldorligi pasayib ketganligidadir. Mollar oriq, mahsuloti oz va sifatsiz bo‘lganligi uchun ular daromad olish o‘miga katta zarar ko‘rmoqda. Mahsulot (go‘sht, sut, tuxum va h.k.) Tannarxi kun sayin ortib bormoqda.
6
Ayrim jamoat va shirkat xo'jaliklari sut-tovar ferma- larida hozirgi kunda o‘z sigirlaridan, afsuski, 1,5-2 kg- dan sut sog‘ib olishda davom etmoqdalar. Bu esa bir bosh sog‘lom echkining sutidan ham kam ekanligi o‘z- 0‘zidan ayon.
Endi jamoat chorvachiligida keskin burilish ya- sash, barcha tadbirlami jadallashtirish davri keldi. Har bir chorvador, har bir mutaxassis jon-dili bilan, chin ahd-paymon bilan bel bog'lab ishlashi lozim. Boqibeg‘amlik, dangasalik, ishyoqmaslik, va’dabozlik barham topishi zamr. Muhtaram prezidentimiz islom karimov aytganlaridek, har bir inson, har bir fiiqaro, xalqim, yurtim-elim deb, kelajagi buyuk davlatim va aziz vatanim deb, kelgusi avlodlaming shon-sharafi deb kuyib-pishib mehnat qilishi lozim. Aks holda, ish- lar «eski hammom, eski tos»ligicha davom etaveradi. Bu masalalami to‘g‘ri tushungan fan va ilmga chanqoq talaba yoshlar astoydil mas'uliyat bilan o‘z bilimlarini orttirib borishlari, bilimdon, o‘z kasbini ulug‘lay oladigan, jonkuyar mutaxassis bo‘lishga jon-dili bilan kirisha oladiganlargina kelajakdagi porloq hayot uchun o‘z hissalarini qo‘sha biladilar. Bundaylami esa xalq ulug‘laydi va ular nomiga minnatdorlik so‘zlari aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |