Qorako‘l qo‘y zoti. Yuqori sifatli qorako‘l teri (mo‘yna) yetishtirish borasida bu zot qo‘ylaming tutgan o‘mi nihoyatda salmoqlidir. Ular o‘z mo‘ynasining sifatiga ko‘ra butun dunyoga mashhur hisoblanadi.
28
Qorako‘1 qo‘ylari seryog4 dumli qo‘ylar guruhiga man- sub bo‘lib, nihoyatda og‘ir cho‘l sharoitiga chidamlidir. Ular cho‘l zonasidagi quduqlami sho‘r va taxir suvlarini ichishga moslashgan. Qorako‘l qo‘ylarining boshi biroz cho‘ziq, quloqlari osilgan, qo‘chqorlari burama shoxli, sovliqlari shoxsiz bo‘ladi. Junining o‘siqligi 8-9 sm, miqdori har (bahorgi va kuzgi) qirqimda 2,3-4,0 kg ni tashkil etadi. Qo‘chqorlari 65-80 kg, sovliqlari
45-50 kg tosh bosadi. Har 100 bosh sovliqdan 105- 120 tacha qo‘zi olinadi. Qo‘zisi so‘yish uchun ajratib olingan har bir sovliqdan 30-50 kg sut sog‘ib olinadi. Qo‘zilari 1-3 kunligida so‘yiladi. Qorako‘l teri ulaming asosiy mahsuloti hisoblanadi. Qorakoi terilar asosan dunyo bozorlarida, kimoshdi savdosiga ko‘ra oltin bahosida sotiladi. Qorako‘l qo‘ylaridan 90 foiz qora, 8-9 foiz kulrang va 1-2 foiz sur (yaltiroq) teri olinadi. Qorako‘l qo‘y zoti asosan 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, turkmaniston va Tojikiston cho‘1 yaylovlarida boqiladi va ko‘paytiriladi.
Echki zotlari. Echkilar barcha zonalarda boqiladi. Ular tashqi muhit sharoitiga tez va yaxshi moslashadi. Ulaming hayoti 8-10 yil. Echkilar turli xildagi mahsulot (sut, go‘sht, tivit, jun, teri va po‘stin) beradi. Go‘sht uchun asosan axtalangan 7-9 oylik takalari yaxshi se- mizlik darajasida so‘yiladi. Ulaming go‘shti mazali va sifatli boTadi.
Takalaming shoxi uzun, juni o‘siq, tanasi mustah- kam boTadi. Ulaming vazni 50-80 kg, urg‘ochilari 20 - 50 kg atrofida.
Echkilar mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra uchta gumhga boTinadi: 1. Sersut echkilar. 2. Serjun echkilar.
3. Tivitdor echkilar. Bulardan tashqari qo‘sh mahsuldor echkilar ham uchraydi.
Sersut echkilar - asosan zaanen, gmzin va ms
zotlaridan tashkil topgan. Ular bir laktatsiyada 600-800 kg, yog‘dorligi 4,5 foiz boTgan sut beradi. Bunday
29
zotlar asosan Rossiyaning markaziy va shimoli-g‘arbiy zonalarida boqiladi.
Serjun echkilarga asosan angor zoti kiradi. Ular markaziy osiyo mamlakatlarida, Qozog‘iston va Kavkazorti respublikalarida boqiladi. Angor zotli echkilaming juni o‘siq va sifatli bo‘ladi. Har bir echki yiliga o‘rtacha 4-6 kg jun beradi.
Tivitdor echkilar asosan orenburg, pridon, boshqird zotlaridan tashkil topgan. Ulaming orasida orenburg zoti alohida o‘rin egallaydi. Har bir bosh echkidan 400 g atrofida tivit tarab olinadi. Tiviti yuqori sifatli, yo‘g‘onli 16-17 mikron bo‘lib, nihoyat mustahkamdir. Rangi qora va boshqa xil rangda bo‘ladi. Serpushtli- gi yuqori darajada, ya’ni har bir bo‘g‘oz echki 2-3 ta, ba’zan 4 ta uloqcha tug‘adi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida asosan qo‘sh mah- suldor (go‘shtdor - sersut - serjun) echkilar boqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |