Bilimnitekshirishuchunsavollar 1. Go‘shtdor va sersut qoramollaming tashqi ko'rinishi (ekstereri)ga qiyosiy tavsif bering.
2. 0 ‘zbekistonda boqilayotgan go‘shtdor va sersut qoramollar zotiga tavsif bering.
3. Cho‘chqalaming qanday zotlarini bilasiz?
4. Qo‘ylaming mahsuloti va ekstereriga ko‘ra qanaqa zoologik va xo'jalik guruhlari mavjud?
5. Qoramollami go'shtga boqish texnologiyasi to‘g‘risida tushuncha bering.
6. Mollaming semizlik darajasini aniqlashda nimalami bilasiz?
I I BOB. CHORVA HAYVONLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
Hayvonlarnihushsizlantirish Hayvonlami hushsizlantirish, so‘yilgan mollar tana- sini qayta ishlashda birmuncha qulay tadbir boTgani holda ulami qonsizlantirishni ancha yengillashtiradi.
35
Agar hayvonlar noto‘g‘ri hushsizlantirilgan bo‘lsa, ularda yurak urishi davom etadi, bu esa tanani qon- sizlantirishda katta qiyinchiliklarga olib keladi. Le- kin ko‘plab mutaxassislaming fikricha, hayvonlami hushsizlantirganda, ulaming yuragi urishi davom etayotganida tanani to‘la qonsizlantirish lozimdir.
Hayvonlami hushsizlantirishning bir necha usullari bo‘lib, hammasida ham agar hayvon qonsizlantirilmasa, oradan bir necha minut o‘tgach u yana o‘ziga keladi.
Bolg‘a bilan urib hushsizlantirish. Bunda og‘irligi 2 kg va dastasi 1 m bo‘lgan bolg'adan foydalaniladi. Bunda molni chap qulog‘idan o‘ng ko'ziga va o‘ng qulog'idan chap ko‘ziga o‘tgan chiziqlaming kesishgan yeriga bolg‘a bilan uriladi. Urish kuchi bosh suyagi- ni shikastlamasdan, faqat miyasi molekulyar aloqasini o‘zgartira olishi yetarli hisoblanadi.
Otuvchi apparat bilan hushsizlantirishda to‘p- ponchadan foydalaniladi. Unda diametri 9 mm bo'lgan gazsiz sochma o‘q solinib, hayvonning miyasiga otiladi. Miyaga kirgan o‘q hayvonni hushsizlantiradi. Bunda yurakning urishi davom etadi va qonsizlantirish jarayoni yaxshi natija beradi.
Elektronarkozyordamidahushsizlantirish usuli ham mavjud bo‘lib, u keng qoMlaniladi. Bunda elektr toki hayvonning boshi, bo‘yni va oldingi oyoqlaridan yuboriladi. Yosh hayvonlami hushsizlantirish uchun 70-90 volt, yirik katta yoshlilari uchun 100-120 volt quvvat va 6-12 sekund vaqt talab etiladi. Elektr toki ta'sirida hushsizlantirilgan mol boks (kichik xonajning ichiga yiqiladi, so‘ngra boks ochiladi va hayvon so‘yish va nimtalash sexining poli ustiga tushadi va uning orqa oyoqlari zanjir bilan bog'lanib, qonsizlantirish relsi (te- mir osmajga ko‘tariladi.
36