M ol go‘shti mahsulotlarining oziq-ovqat sanoatida tutgan o ‘rni
Go‘sht sanoati uchun muhim mahsulot - go‘sht asosan qoramol, qo‘y, echki va cho‘chqalardan ye- tishtiriladi. Lekin ayrim tuman va viloyatlarda yil- qi, qo‘tos (buyvol), tuya va bug'ulardan ham go‘sht yetishtiriladi. Go‘sht yetishtirishga mo‘ljallangan hayvonlar «so‘yiladigan hayvon», yoki «go‘sht uc- hun boqilgan», yoki «boqilayotgan hayvon» deb ataladi. Hayvonlar turi, yoshi va jinsiga ko‘ra quyidagi gumhlarga bo'linadi.
Qoramol: ho‘kizlar - axtalangan buqa yoki
buqachalar; sigirlar - tuqqan va bir necha buzoq bergan urg‘ochi qoramol; buqalar - axta qilinmagan yirik erkak qoramol; novvoslar - axtalanmagan yosh erkak qoramol; g‘unajin (tanalar) - hali tug‘magan yosh urg‘ochi qoramol; buzoq - faqat sut bilan boqilgan, 14 kundan 3 oyligiga qadar erkak va urg‘ochi qoramol.
Qo‘y: qo‘chqor - yirik axtalanmagan erkagi; axtalangan qo‘chqor (valux) - yirik axta qilingan erkak qo‘y; sovliq - bir yoki bir necha marta qo‘zilagan qo‘y; yosh sovliq - hali tiig ‘m agan - y irilr n rg ‘nr h i
qo‘zilar - sut tishiidoinftxfKsbdftteoaxtoeam^Baatyosh' qo‘ylar.
Cho‘chqa: to‘ng‘iz - vazni 20 kg dan ortiq bo‘lgan axtalanmagan erkak cho‘chqa; urg‘ochi cho‘chqa - tuqqan yoki bo‘g‘oz cho‘chqa; cho'chqacha - vazni 20-59 kg bo'lgan yosh urg‘ochi yoki axtalangan erkak cho‘chqa; cho'chqa bolasi - (porosyonok) - vazni 6-20 kg bo‘lgan bolasi; yosh cho‘chqa bolasi - vazni 2 -6 kg bo‘lgan bolasi.
0 ‘zbekiston viloyatlarida iqlim, jug‘rofiy va ekologik shart-sharoitlariga ko‘ra barcha turdagi chorva mollarining har xil zotlari va biror muayyan mahsulot berishga moslashgan guruhlari boqiladi. Zot deb,
ma'lum tur, bir xil ko‘rinishga va nasliy belgilarga ega bo‘lgan hayvon guruhiga aytiladi.
Qoramollar va ularning tavsifi
Qoramollar o‘zining yetishtirib beradigan yuqori sifatli go‘shti, go‘sht mahsulotlari, suti, sut mahsulotlari, tibbiyot uchun qimmatli mahsuloti va poyabzal sanoati uchun nihoyatda zarur hisoblangan terisi bilan barcha turdagi chorva mollar orasida alohida o‘rin egallaydi.
Qoramollar dunyoning deyarli barcha o ‘lkalariga keng tarqalgan. Ular o‘zlarining mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra asosan uchta yirik guruh (sut, go'sht va qo‘sh mahsuldor - sersut-go‘shtdor va go‘shtdor-sersut yo‘nalish)ga bo‘linadi. Bu guruh hayvonlari o'zlarining tashqi ko‘rinishi, tana tuzilishi, vazni, ranglariga ko‘ra bir-birlaridan ajralib turadi. Masalan, go‘sht yo‘nalishiga mansub zotlaming boshi kichikroq, bo‘yni yo‘g‘on, ko‘kragi keng va yumaloq, qovurg‘alari qalin go‘sht qatlami bilan qoplangan, yelkasi keng, tekis va go‘shtdor, oyoqlari yo‘g‘on va kalta, sonlari semiz, yumaloqlashgan va go'shtdor bo‘ladi. Yelka yuzasi qorin qismiga parallel holda ko'rinishga ega. Suyaklari ingichka, muskulaturasi va moy to‘qimasi yuqori darajada taraqqiy etgan va bu to‘qima ichki
18
organlarida ozroq bo‘lsa-da asosan go‘sht to‘qimasi oralig‘ida va teri ostida ko‘proq uchraydi, bu esa go‘sht to'qimasining yanada mazali va lazzatli bo'lishida mu- him ahamiyat kasb etadi.
Go‘shtdor zotli mollaming go‘shti birmuncha nozik, mazasi nihoyatda yoqimli bo‘lgani holda chiqim darajasiga ko‘ra sut va qo‘sh mahsulot yo‘nalishidagi mollar go‘shtidan ancha ustun turadi. Go‘shtdor zotli mollar tez yetiluvchan bo‘ladi. Masalan, ular 1,5-2 yoshligida 400 kg tosh bosadi. Go‘shtdor zotli qoramollar asosan Qozog‘iston, qirg‘iziston, sibir va quyi povolje o‘lkalarida boqiladi. 0 ‘zbekistonda esa 4-5 foizni tashkil etadi. Boshqa o‘lkalarda qoramollaming sut va qo‘sh mahsulotga ega bo‘lgan zotlari ko‘paytiriladi. Shu jumladan, mamlakatimizda yetishtiriladigan qoramol go‘shtining deyarli 95-96
%i sut va qo‘sh mahsulotli zotlar hisobiga amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |