Reja:
Kirish. Mavzuning farmatsevtikadagi ahamiyati
Adabiyotlar sharhi :
2.1 Benzosulfonkislotasi amidi guruhiga kiruvchi preparatlar haqida umumiy ma’lumot
2.2 Benzosulfonkislotasi amidi chinligini aniqlash reaksiyalari
2.3 Benzosulfonkislotasi amidi miqdorini aniqlash usullari
Amaliy qism:
3.1 Streptotsid preparatini sintezlash
3.2 Streptotsid preparatini DF bo’yicha tahlili
3.3 Streptotsid preparatini miqdorini aniqlash
3.4 Olingan natijalarni matematik statistika usuli bo’yicha hisoblash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Benzosulfanilamid preparatlari mikoblarga qarshi vosita bo’lib , XX asrda eng yaxshi antibakteriyal preparat sifatida qo’llanilgan. Aminobenzosulfamid guruhining eng oddiy vakili oq streptotsid hisoblanadi. Undan tashqari murakkab strukturaga ega bo’lgan preparatlari ham mavjud , masalan prontozil yoki qizil streptotsid. Bu sulfanilamid guruhining birinchi preparati hisoblanadi va dunyoda birinchi sintetik antibakterial preparat hisoblanadi. Prontozil (qizil streptotsid) 1934-yilda birinchi marta G.Domag tomonidan olingan. 1935-yilda Fransiyaning Pasterlash institut olimlari tomonidan prontozil molekulasidagi aynan sulfanilamide guruhi antibakterial ta’sirga ega ekanligi isbotlandi. Turli yuqumli kasalliklarni tabiiy va yarim sintetik antibiotik moddalar bilan davolash sohasidagi erishilgan yutuqlarga qaramasdan, sulfanilamide preparatlari hozirgacha kimyoterapevtik dori moddasi sifatida alohida ahamiyatga ega. Ta’sir muddatiga ko’ra barcha sulfanilamid preparatlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1.Qisqa muddat ta’sir ko’rsatuvchi sulfanilamide preparatlar (streptotsid, sulfasil, urosulfan, sulgin, norsulfazol, etazol, sulfademizin va boshqalar).
2.O’rta muddat ta’sir ko’rsatuvchi sulfanilamid preparatlar (sulfazin).
Uzoq muddat ta’sir ko’rsatuvchi sulfanilamid preparatlar ( sulfapiridazin, sulfomonometoksin, sulfodimetoksin, ftazin va boshqalar).
Qisqa muddat ta’sir qiluvchi sulfanilamid preparatlarning qonda maksimal konsentratsiyasi 8 soatga yetmasdanoq 50% ga kamayadi va 16 soat muddat ichida esa qabul qilingan miqdorning 50% siydik orqali chiqib ketadi.
Davolashning boshlang’ich davrida bu guruh preparatlarning bir kunlik dozasi 4-6 g ni tashkil qilib, har 6 soatda qabul qilinadi.
O’rta va uzoq muddatli ta’sir qiluvchi preparatlarning qonda maksimal konsentratsiyasi 8-16 va 24-48 soatda 50% kamayadi, qolgan 50% esa siydik orqali 16-24 va 24-56 soat ichida chiqib ketadi. O’rta muddatli ta’sir qiluvchi preparatlar bilan davolashning boshlang’ich davridagi bir kunlik doza 1-2g bo’lib, uni har 8-12 soat davomida, uzoq muddat ta’sir ko’rsatuvchi preparatlarning bir kunlik boshlang’ich dozasi esa 1-0,5 g bo’lib, uni har 24 soatda bir marta qabul qilinadi.
O’ta uzoq muddat ta’sir qiluvchi sulfanilamid preparatlar, jumladan, sulfalen organizmdan boshqa sulfanilamidlarga nisbatan sekin chiqib ketadi va uning qondagi maksimal konsentratsiyasi 7 kun davomida saqlanib turadi. Shuning uchun har 7 kunda bir marta 1,5-2g miqdorda qabul qilinadi. Uzoq va o’ta uzoq muddat ta’sir etuvchi sulfanilamide preparatlar, odatda depo-sulfanilamidlar yoki prolonger xossali sulfanilamid deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |