9.2-rasm
II klass 2 - tartibli Assur guruhlarining kuch hisobi (kinetostatika) texnikada ishlatiladigan mexanizmlar asosan II klass 2- tartibli Assur guruhlarining ketma-ket ulanishi natijasida yaratiladi. Masalan, ko'ndalang randalash stanogining stolini suruvchi mexanizm esa ikkinchi modifikatsiyasidan, ko'ndalang randalash stanogining randalash mexanizmi uchinchi modifikatsiyasidan tashkil topgan (9.2-rasm) Quyida II klass 2- tartibli Assur guruhlaridan bir nechtasining kuch hisobi bilan tanishtiriladi.
Birinchi modifikatsiya. 9.3-a shaklda berilgan birinchi modifikatsiya Assur guruhining 2 va 3 zvenolariga massa m2, m3 lar, kuch P2, Р3 lar hamda moment M2, M3 lar ta’sir etadi. Shu kuch va momentlar ta’sirida В, С va Z shamirlaridagi reaksiya kuchlari topilsin. В va D nuqtalarda guruh yetakchi va qo‘zg‘almas zvenodan (sharnirlarda) ajratilgan (9.2- rasmga qarang). Shu kinematik juftliklarda tashlab yuborilgan zvenolaming ta’sirlarini reaksiya kuchlari bilan almashtiramiz. В nuqtaga zveno 1 ning zveno 2 ga ta’sir kuchi P12 ni, D nuqtaga esa stoykaning zveno 3 ga ta’sir kuchi P03 ni keltirib qo'yamiz. С shamirda zveno 2 ning zveno 3 ga ta’siri P23 orqali belgilab olinadi:
В va D shamirlardagi reaksiya kuchlari (P12 va P32) ni normal va urinma tashkil etuvchi kuchlarga ajratiladi:
Shundan so‘ng, guruhdagi 2 va 3 zvenolar o'zlariga ta’sir etayotgan kuchlar va momentlar ta’sirida, hozirgi onda, muvo zanatda deb qaralib, zvenolardan alohida-alohida shamir markazi С ga nisbatan moment olinadi:
9.3-rasm
Bundan foydalanib urinma reaksiya kuchlari topiladi. Bu tenglama 2 zveno uchun quyidagi ko‘rinishni oladi:
bundan
Zveno 3 uchun esa:
Tenglamadagi LBD, LCD, h2 va h3 lar tegishlicha kuchlaming moment yelkalari bo'lib, mexanizm masshtabida hisobga olinadi.
Masalan:
bu yyerda ВС — zveno 2 ning chizmadagi uzunligi (mm).
P12t va P12n laming qiymatlari musbat ishora bilan chiqsa yo'nalish to'g'ri olinadi, manfiy chiqsa reaksiya kuchi yo'nalishlari aksincha olinadi. P12n va P03n normallaming qiymatlarini va aniq yo'nalishlarini topish uchun guruhga ta’sir etayotgan kuchlaming muvozanat sharti quyidagicha ifodalanadi:
Tenglamaning geometrik chizmasi Kp masshtabida yasalib, kuchlar rejasi deb ataladi. Kuchlar rejasi tenglamada ko'rsatilgan ketma-ketlikda P12t dan boshlanadi. Keyin P12n va P03n lar P12t danoldin va P03t dan so'ng BC va CD ga parallel ravishda normal chiziqlar o'tkaziladi(9.3-b rasm, b va d nuqtalar). Normallar kesishgan nuqtasi hosil qilgan normal P12n va P03n larni beradi (9.3-b rasm). Ularning kuch rejasidagi vektor kesmalarini kuch masshtabi Kp ga ko‘paytirilib qiymatlari topiladi:
Kuch planidagi P12t va P12n geometrik qo'shib, ajratilgan birinchi zvenoning ikkinchisi ta’sir reaksiya kuchining umumiy qiymati va ta’sir yo'nalishi topilishi mumkin:
Kuch rejasidan
Shu tartibda Р03n va P03t laming ham umumiy qiymati va ta’sir yo'nalishi topiladi:
Kuch rejasidan esa
С shamirdagi reaksiya kuchi (P23 = -P32) kuch rejasidan har bir zveno uchun alohida olingan kuch vektor tenglamasiga binoan aniqlanadi (9.3- rasm, mn kesma):
Do'stlaringiz bilan baham: |