8.1-rasm
Agar zveno (jism nuqtasi) harakati o'zgaruvchan egri chiziqli bo'lsa, u holda tezlanish ikkita normal va tangensial tezlanishlardan iborat bo'lishi nazariy mexanikadan ma’lum. Masalan, tebranma harakat qilayotgan zvenoning (koromislo) ixtiyoriy masofa p dagi К nuqtada olingan massa m ni ko'raylik (8.1 b -rasm).U holda massa m ikki tezlanishga ega bo'ladi. Bularning birinchisi p radius bo'ylab egrilik markazi D nuqtaga qarab yo'nalgan normal tezlanishdir, uning skalar miqdori quyidagicha aniqlanadi, ya’ni:
an = v2/p = w2p.
Ikkinchisi esa egrilik radiusi p ga perpendikular yo'nalishdagi urinma tezlanishdir, uning skalyar miqdori quyidagicha:
aτ = εp,
ε — zvenoning burchakli tezlanishi va topilgandan so'ng to'liq tezlanishning skalar miqdori va uning vektor yo'nalishi aniqlanadi:
uning yo'nalishi β burchak orqali topiladi, ya’ni:
аn va aτ tezlanishlar o’z navbatida tezlanish yo‘nalishiga qarama-qarshi yo'nalgan, normal ( Pin) va urinma ( Piτ) inersiya kuchlarini beradi. Ularning skalar miqdorlari quyidagicha, ya’ni:
Pin = man; Piτ = m aτ.
To'liq inersiya kuchi to'liq tezlanishga qarama-qarshi yo'nalishda bo'lib, uning skalyar miqdori tubandagicha:
Murakkab tekis harakat qiluvchi zvenoning inersiya kuchi va inersiya kuchining momenti.
Murakkab tekis harakat qiluvchi biror zvenoni ko‘rib chiqaylik, masalan, krivoship-polzunli mexanizm shatunining harakati (8.2-a rasm). AB shatun A va В nuqtalarining tezlanishlari ma’lum (8.2-b rasm). Shatunning inersiya kuchi, uning yo’nalishi va qo'yilgan nuqtasini topish talab etilsin. Shatunning og'irlik markazini S deb belgilanib, zvenoning tezlanish rejasi tuziladi (8.2-d rasm).Shatunning harakati murakkab bo'lib, shatun og'irlik markazining as tezlanishi A nuqtaga nisbatan aylanma tezlanishdan hamda bilan birga ilgarilama tezlanish aA dan iborat bo'ladi, ya’ni:
Tenglamadagi tezlanishlar o'z navbatida inersiya kuchlarini keltirib chiqaradi:
bunda: Pi(S) - og'irlik markazi S ga qo'yilgan inersiya kuchi - to'liq inersiya kuchi; Рi(А) — S nuqtaning A bilan birga harakatlanishidan hosil bo'lgan ilgarilama inersiya kuchi;
Pi(SA) — S nuqtaning A atrofida aylanishidan hosil bo'lgan inersiya kuchi;
Ilgarilama inersiya kuchi Рi(А) = -mas ga teng bo'lib , tezlanish rejasidagi vektor kesmaga parallel, shatunning og'irlik markazidan o 'tgan pa || m-m chizig'ida yotadi. Aylanma inersiya kuchi esa shatunning zarb markazi К nuqtadan o'tgan asA|| n—n chizig'ida yotadi, ya’ni
Zarb markazi К nuqta shatunning SB oralig'ida bo'ladi, u quyidagi ifodadan topiladi:
Bunda
demak,
Рi(А) Pi(SA) inersiya kuchlari ta’sir chiziqlarining kesishishidan L nuqta topiladi. To'liq inersiya kuchi shu L nuqtadan o'tishi kerak. To'liq inersiya kuchi quyidagicha aniqlanadi:
yoki
bo'lib, to'liq inersiya kuchi πS ga parallel L nuqtadan o'tgan q-q chizig'ida yotadi (8.2-b rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |