Jukovskiy richagi asosida kuch hisobini bajarish tartibi 1. Mexanizm zvenolariga qo'yilgan va ta’sir qilayotgan kuchlar topiladi hamda ularning yo'nalishlari aniqlanib, zvenolaming ko'rsatilgan nuqtasiga (og'irlik markaziga, sharnirlarga va h.k.) qo'yiladi.
2. Mexanizm zvenolariga ta’sir qilayotgan inersiya kuchi momentlari juft kuch bilan almashtiriladi.
3 Mexanizmning tezlik rejasi quriladi va uning ma’lum nuqtalariga (mexanizm zvenolarining nuqtalari singari) kuchlami soat milining aylanish yo'nalishi bo'ylab 90° ga burib quriladi yoki tezlik rejasi yetakchi zvenoning aylanish yo'nalishiga teskari yo'nalishda 90° ga burib quriladi va mexanizm zvenolarining nuqtalariga qo'yilgan kuchlar o'z yo'nalishida tezlik rejasiga ko'chirib keltiriladi.
4. Tezlik rejasining qutbiga nisbatan moment olinadi. Moment miqdori yetakchi zvenoga qo'yilgan muvozanatlovchi moment ta’sirida muvozanatda bo'ladi.Qutbga nisbatan olingan momentlar muvozanatlovchi quvvatlar tenglamasini beradi. Chunki momentning yelkasi vazifasini tezlik vektori bajaradi. Bu usulda olingan momentlaming yelkasi Jukovskiyning yordamchi richagi deyiladi. Jukovskiyning yordamchi richagi yordamida yetakchi zvenoga qo'yilgan muvozanatlovchi kuch yoki u ma’lum bo'lsa, yetaklanuvchi zvenodagi foydali kuchni yoki biror zvenoga ta’sir etayotgan kuchni mexanizmni Assur guruhlariga ajratmasdan topish mumkin. Quyida yetakchi zvenoga qo'yilgan muvozanatlovchi kuchni yoki momentni topishda yordamchi richagdan foydalanishni ko'ramiz.
Krivoship-shatunli mexanizm berilgan bo'lib, krivoshipning muvozanatlovchi kuchi va momentini topish talab qilinsin. Bunda mexanizm zvenolariga ta’sir etayotgan kuchlar va zveno og'irliklari berilgan yo'nalishda qo'yib olinadi. Harakatdan hosil bo'lgan inersiya kuchi va inersiya kuchi momentlari ham topilib, zveno og'irlik markaziga keltirilib qo'yiladi. Masalan, mexanizmning polzuniga ta’sir etayotgan kuch — foydali qarshilik kuchi P, zvenolaming og'irliklari G2 va G3 harakatdan hosil bo'lgan inersiya kuchlari Pi2 va Pi3hamda inersiya kuchi momenti Mu2 bo'lsin (10.2 -rasm).
Bunday mexanizm yetakchi zvenoga qo'yilgan muvozanatlovchi moment (M) ta’sirida muvozanatda bo'ladi. Muvozanatlovchi momentni topish uchun mexanizmning tezliklar rejasini (10.2-a rasm) yetakchi zvenoning aylanish yo'nalishiga qarama-qarshi tomonga 90° ga burib quramiz (10.2 -b rasm)
90° ga burib qurilgan tezliklar rejasiga mexanizmga ta’sir qilayotgan kuchlami o'z yo'nalishida ko'chirib kelti*ramiz. v nuqtaga P, Pi3 va G3 lami, S nuqtaga Pi2 va G2 lami hamda muvozanatlovchi Mm va М inersiya kuchi momentlarini juft kuch bilan almashtirib, A va В nuqtalarga qo'yamiz:
10.2-rasm So'ngra tezlik rejasining qutbiga nisbatan mom entlar tenglamasini tuzamiz. Bu tenglama mexanizmning quvvatlar tenglamasi bo'ladi:
Bundan
Pb vektor vb tezlikni beradi.
Demak,
Muvozanatlovchi kuch topilganidan so'ng muvozanatlovchi moment quyidagicha topiladi: