Normal yeyilish, bunda siyqalanishdan so`ng tayyorlash vaqtida paydo bo`lgan dastlabgi g`adir-budirlik o`rnida muvozanatlangan g`adir – budurlik paydo bo`lib u keyinchalik jiddiy tarzda yeyilmaydi, boshqacha aytganda yeyilish jarayonida yuzaning dastlabki mikro reliyefi g`adir – budurlikning parametrlari bilan ekspluatatsion mikrorelyefga aylanadi.(12.4-rasm)
12.4-rasm Yeyilishni baholash mezonlari. Yeyilish deb - qattiq jism yuzasidagi materialning yuzasidagi buzilishiga va ajralib chiqishiga aytiladi. Eyilish jism uchlari va shaklini o`zgartirishda namoyon bo`ladi.
Yeyilishning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Mexanik yeyilish – mexanik ta`sir oqibatida.
Korrozion yeyilish – mexanik ta`sir bilan bo`ladigan o`zaro ximiyaviy yoki elektr ta`siri bilan birgalikda sodir bo`ladi.
Obrazli yeyilish – erkin yoki mustahkamlangan holatdagi qattiq zarralarning kirituvchi yoki tirnalovchi ta`siri natijasida.
Erozion yeyilish – suyuqlik yoki gaz oqiminig ta`siri natijasida.
Tolikish oqibatida yeyilish – davri o`zgaruvchan yuklar ta`sir etish natijasida sirtqi qatlam materiali zarrachalarinig uvalanib tushishi.
Tiqilib qolish oqibatida – materialni yulinib, chuqur uyilib chiqishi unig bir yusasidan boshqasiga ko`hib o`tish.
Yeyilish sirtqi qatlamining deformatsiyalanish xususiyatiga ko`ra ham farqlanadi.
Tajribalar material birdaniga emas balki bir qancha sikldan so`ng emirilishini ko`satadi.
Yeyilishni miqdoriy baholash. Uzunlik hamda massa birligidagi yeyilish natijalari yeyilish deyiladi.
Chekli va ruxsat etilgan yeyilishlar bo’ladi. Chekli yeyilish deb – yeyilayotgan buyumning chekli holatiga mos keluvchi yeyilishiga aytiladi.
R.E.yeyilishning shunday qiymatiga aytiladiki, bunda buyum hali yaroqli holatda bo’ladi.
Juftlik elementlarining chekli yeyilish bir qancha mezonlar bilan aniqlanadi.
yeyilish natijasida mexanizmni buzilishi detallarning sinishi must.-yo’qolishi.
Mashina ishlashini yo’l qo’yib bo’lmaydigan darajada yomonlashuvi.
Yeyilish qiymatlarini ishqalanuvchi yuza bo’yicha yoki uning ma’lum bir qismi bo’yicha taqsimlanishining grafik tasviri yeyilish epyurasi deyiladi.
Yeyilish tezligi-vaqt birligi ichida yeyilish kattaligi bilan aniqlanadi.
(12.8)
R- yeyilish koeffisenti; P- ishqalanish yuzadagi nisbiy bosim.
Vsir –ishqalanib urinuvchi yuza sirt tezligi, m - urinuvchi yuzalar ta’sir turiga bog’liq bo’lgan daraja ko’rsatkich.
Yeyilish jadalligi – deb ishqalanish yo’li birligiga to’g’ri keladigan yeyilishga aytiladi.
(12.9)
Yeyilish jadalligi PS =10-12 dan 10-13 gacha o’zgarishi mumkin.
Material yeyilishining qarshilik ko’rsatish xossasiga ega bo’lib bu xossa yeyilish tezligi va jadalligiga teskari bo’lib yeyilish chidamliligi deyiladi.
Yeyilish jadalligi qiymatiga ko’ra yeyilish chidamliligi 10 ta sinfga bo’linadi. Umumiy holda va o’garuvchan bo’lganda yeyilish quyidagi formuladan aniqlanadi.
(12.10)
Bir siklli yeyilish
(12.11)
Agar ish sikllari soni ПH bo’lsa u holda yeyilish.
(12.12)