13- MAVZU: MASHINA VA MEXANIZMLARDA TITRASH.
Reja:
Titrash aktivligi va mashinalarni titrashdan muhofazalash.
Tebranish manbalari va titrashdan muhofazalash ob’ektlari.
Titrashdan muhofazalashning asosiy usullari.
Ish unumi yuqori bo’lgan mashinalarning va quvvat, yuklanishi va boshqa ish xususiyatlari oshirilgan tezyurar transport vositalarining yaratilishi muqarrar ravishda titrash va titrash akustikasi maydonlari spektrlarining kuchayishiga va kengayishiga olib keladi. Sanotda va qurilishda keng qo’llaniladigan titrash va titratib zarb berish jarayonlari asosida ishlaydigan yangi, yuqori darajada samarali mashinalar ham ana shunday oqibatlarga olib keladi. Zararli titrash konstruktor tomonidan planlashtirilgan mashinalar, mexanizmlar va boshqarish sistemalarining harakat qonunlarini buzadi, ish jarayonlarining nobarqarorligini vujudga keltiradi va butun sistemaning ishlamay qolishiga yoki butunlay ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. Titrash natijasida konstruksiya elementlarida (mexanizmlarning kinematik juftliklarida. birikish jarayonlarida va hokazo) kinamik zo’riqish kuchayadi, natijada detallarning ko’tarib turish qobiliyati pasayadi, ularda darzlar paydo bo’ladi hamda toliqish oqibatida ular yemiriladi. Titrashning ta’siri materiallarning ichki va tashqi strukturalarni va mashina detallarining urinish yuzalaridagi ishqalanish qamda yeyilish sharoitlarini o’zgartirib, konstruksiyaning qizishiga sabab bo’lishi mumkin.
Titrash inson yashayotgan muhitning muhim ekologik ko’rsatkichi bo’lgan shovqinni vujudga keltiradi. Titrash insonga to‘gridan-to‘gri ta’sir ko’rsatib, uning funksional imkoniyatlari va ishlash qobiliyatini kamaytiradi. Shu sababli titrash aktivligini baholash va titrash darajasini kamaytirish usullari va vositalari alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday usul hamda vositalarning birgalikda qo’llanilishini titrashdan muhofazalash deb atash qabul qilingan.
Titrashdan muhofazalash masalasi qo’yilganda tadqiq, etilayotgan mexanik sistemada odatda B bog’lamalar orqali o’zaro bog’langan ikkita M va O sistemachalar ajratib ko’rsatiladi (13.1-rasm). Tebranishni keltirib chiqaruvchi fizik jarayonlar kechadigan M sistemacha tebranish manbai deyiladi. O sistemacha mexanik sistemaning tebranishlari kamaytirilishi lo zim bo’lgan qismi bo’lib, titrashdan muhofazalash obyekti deb ataladi. Ushbu obyektni tebranish manbai bilan bog’lovchi B bog’lamalarda vujudga keladigan hamda obyektning tebranishiga sabab bo’ladigan kuchlar kuch ta’sirlari (dinamik ta’sirlar) deyiladi.
Misollar ko’rib chiqamiz: poydevorga o’rnatilgan dvigatel (turbina, generator, ichki yonuv dvigateli, istalgan rotorli mexanizm) muvozanatlanmagan rotorga ega. Bunda rotor — tebranish manbai, dvigatel korpusi esa titrashdan muhofazalanadigan obyektdir; rotor tayanchining dinamik aks ta’siri dinamik ta’sirdan iborat. Titrashdan muhofazalashning vazifasi rotorning muvozanatlanmaganligidan paydo bo’ladigan dvigatel korpusining tebranishini kamaytirishdan iborat; inson-operatorni, masalan, avtomobilda yoki traktorda ishlaydigan operatorni titrashdan muhofazalash masalasini hal etishda shassining va unga o’rnatilgan hamma agregatlarning tebranishini kamaytirishga, haydovchi kabinasining yoki faqat o‘rindiqning tebranishini kamaytirishga intilish mumkin. Har bir holatda obyekt, manba va dinamik ta’sir turlicha aniqlanadi.
13.1-rasm 13.2-rasm
Ba’zan dinamik ta’sirlar emas, bog’lamalarning manbaga mahkamlanish nuqtalarining siljishlari berilgan bo‘ladi. Bunday ta’sirlar kinematik ta’sirlar deyiladi. Kuch va kinematik ta’sirlar atamalari o‘rniga ko’pincha mexanik ta’sir atamasi qo‘llaniladi.
Mexanik ta’sirlarni uch sinfga bo’lish qabul qilingan: chiziqli o‘ta yuklanishlar; titrash tarzidagi ta’sirlar; zarb tarzidagi ta’sirlar.
Chiziqli o‘ta yuklanish deb, tebranish manbaining tezlanuvchan harakatida vujudga keladigan kinematik ta’sirga aytiladi. Chiziqli o‘ta yuklanish transport mashinalarida, ayniqsa, uchish apparatlarida tezlik oshirilganda, tormozlash jarayonida, shuningdek keskin burish, orqaga qaytarish paytida ancha kuchli bo‘ladi. Doimiy tezlanish a0 (13.2-rasm) va tezlanish o’zgarishining eng katta tezligi da/dt chiziqlari o‘ta yuklanishning asosiy ko’rsatkichlaridir.
Titrash ta’sirlari (kuch va kinematik ta’sirlar) tebranish jarayonlaridir. Kuch ta’sirlari ob’ektga ta’sir etuvchi F(t) kuchlar yoki M(t) kuch momentlari tashkil etuvchilarining vaqt funksiyalari bilan ajralib turadi; kinematik ta’sirlar titrashdan muhofazalash obyekt bilan bog’langan tebranish manbai nuqtalarining tezlanishlari a(t), ularning tezliklari v(t) hamda siljishlari s(t) bilan ajralib turadi.
Titrash ta’sirlari ko‘chmas (statsionar), ko‘chma (nostatsionar) va tasodifiy turlarga bo’linadi. Garmonik ta’sir ko‘chmas titrash ta’sirlarining oddiy turidir. Quyidagi vaqt funkqiyasi orqali ifodala nishi mumkin bulgan jarayon garmonik jarayon deyiladi
bunda: X0 — amplituda;w0 — chastota; γ— boshlang’ich faza; t — vaqt.
Garmonik jarayon tadqiq qilinganda ko‘pincha boshlangich faza hisobga olinmaydi va (10.1) tenglama quyidagi ko’rinishda yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |