Ikkinchi modifikatsiya. Bunda zveno 2 ga, harakat natijasida hosil bo'lgan inersiya kuchi va inersiya kuchi momenti Mi, zveno 3 ga esa Pi3 inersiya kuchi ta’sir etadi. P kuchi zveno 3 ga qo'yilgan foydali kuchdir. m2 va m3 lar esa zvenolaming massalari.Yetakchi zvenodan A sharnirda va qo'zg'almas zveno (yo'naltiruvchi)dan Assur guruhi ajratiladi. Qo'zg'aluvchi va qo'zg'almas zvenolardan ajralgan sharnir va sirtlaridan olib tashlangan zvenolar ta’siri P12 va P03 lar bilan belgilanadi. Ulami
normal va P12t urinma tuzuvchilarga ajratamiz. P03 reaksiya yo'nalishi x -x o'qiga perpendikular bo'lib, quyilgan nuqtasi (x masofa)ning qiymati aniqlangandan so'ng topiladi (9.4- rasm).
9.4- rasm
Zveno 2 va 3 laming biriktiruvchi sharnir markaziga nisbatan zveno 2 dagi kuchlar momentlarining yig'indisi olinib, u nolga tenglanadi:
Tenglamadan noma’lum, P12t topiladi:
P12t ning qiymatiga manfiy deb qaralib vektor yo'nalishio'zgartiriladi. So'ngra guruhga ta’sir etuvchi kuchlaming muvozanatlik shartidan foydalanib P12n va P03 lar topiladi. Buning uchun quyidagi tenglama tuziladi:
Bunga asosan kuchlar rejasi masshtabda quriladi. Ularga tegishli vektor kesmalar quyidagicha topiladi:
Ixtiyoriy a nuqtadan ab kesma P12t ga, b dan esa bd ni Pi2 ga, d dan de ni P kuchiga, e dan ek kesma Pi3 inersiya kuchiga parallel ravishda o'tkaziladi. Ochiq ko'pburchaklikning a va k nuqtalaridan tegishlicha P12n ni AB ga parallel, P03 ni x —x o'qiga perpendikular qilib o'tkaziladi, ularning kesishgan nuqtasi n ni beradi. Shunday qilib, abcdekn yopiq konturdan iborat kuchlar rejasi hosil qilindi (9.4- b rasm).
Undan:
P12n = naMKp, H — A nuqtadagi normal kuch;
P03 = kn • Kp — x —x yo'naltiruvchining polzunga ta’sir kuchi;
P12 = nb • Kp — A nuqtadagi to'la reaksiya kuchi.
В nuqtadagi reaksiya kuchi P23 = -P32 lari topiladi. Buning uchun zveno 2 ga tegishli kuchlaming kuch muvozanat tenglamasi yoziladi:
demak, P32 = nd·Kp [H] — zveno 3 ning zveno 2 ga ta’sir kuchi.
Agar kuch muvozanat tenglamasi zveno 3 uchun quyidagicha yozilsa:
yuqoridagi kuchlar rejasidan: P23 = dn·Kp [H] kelib chiqadi.
Demak, В shamiridagi reaksiya kuchlar o'zaro teng va qarama-qarshi yo'nalishda bo'ladi:
P03 reaksiya kuchining qo'yilgan nuqtasini topish uchun zveno 3 ning muvozanat holati ko'riladi. Buning uchun В nuqtaga nisbatan moment olinib, u nolga tenglanadi:
bundan:
Topilgan x masofa P03 reaksiya kuchi qo'yilgan nuqtani ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |