Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 HISOB ISHLARI RIVOJLANISHINI BOSQICHLARGA AJRATISH



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

5. HISOB ISHLARI RIVOJLANISHINI BOSQICHLARGA AJRATISH 

HAQIDA 

Mashhur iqtisodchi K Rodbertus hisobchilikni paydo bo’lishi va rivojlanish 

tarixini ikki bosqichga bo’lgan  – miqdoriy  - kapital (pul) paydo bo’lgunga qadar 

davr, qiymatli - kapital (pul) paydo  bo’lgandan keyingi davr

22

. Italiyalik olim Dj. 



CHerboni

23

 hisob ishlarini rivojlanishida turt davrni ajratib ko’rsatadi: 



1. Qadimgi dunyo davridagi hisobchilik; 

2. Pacholigacha bo’lgan davrdagi hisobchilik; 

3. Pacholidan Villigacha – ikki yoqlama buxgalteriyani shakillanishigacha 

bo’lgan davr; 

4. Ilmiy buxgalteriyani paydo bo’lishi va rivojlanish davri. 

Ko’zga  ko’ringan  frantsuz  iqtisodchisi  va  buxgalteri  Leon  Sey

24

  ham 


buxgalteriya hisobini rivojlanishida turt bosqichni ajratib ko’rsatgan:  

1.  Og’zaki  buxgalteriya–“buxgalter”  barcha  ma’lumotlarni  yodida  saqlash 

talab etilgan; 

2.  Yozuvlarni  har  xil  ishoralar  bilan  ifodalash  (har  ikki  holatda  ham  hisob 

bo’lgan lekin yozuv bo’lmagan).  

3. Oddiy buxgalteriya;  

4. Ikki yoqlama buxgalteriya. 

 

22



. Я. В. Соколов  Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 

23

. Галаган А. М. Основы общего счетоведения. М. Изд. Наркомторга СССР и РСФСР, 1928.    Иванов С. Ф. 



Конгресс по счетоводству в Шарлеруа. Коммерческое образование.-1912- Т. 4. -№8.  

24

. Я. В. Соколов  Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 11 bet.  




18 

 

 



Ezerskiy  F.  V.  buxgalteriya  hisobini  rivojlanishida  yetti  bosqichni  ajratib 

ko’rsatgan: 

1. Qayta hisoblangan

2. Qarzlar bo’yicha qayta hisoblangan; 

3. Oddiy; 

4. Italiyancha ikkiyoqlama

5. Ingilizcha nazorat; 

6. Ingilizcha nazorat va Italiyancha ikkiyoqlamani birlashgani; 

7. Ruscha uchyoqlama. 

Rossiyalik olim A. P. Rudanovskiy hisobchilikni rivojlanishini statistika va 

buxgalteriya  bosqichlarini  ajratatib  ko’rsatadi.  Rudanovskiy  birinchi  bosqichga 

ikki yoqlama yozuvni paydo bo’lgungacha bo’lgan barcha ishlarni qo’shadi

25

.  


Anton Xaara buxgalteriya hisobini rivojlanishini besh bosqichga bo’ladi: 

1. Yakuniy inventarizatsiyasiz va yakuniy balanssiz buxgalteriya

2. Inventarizatsiya ro’yxatisiz sinov uchun tuzilgan balans; 

3.  Inventaritsatsiya qilinmagan balans; 

4. Mulkiy balans 

5. Moliyaviy balans.  

SHuningdek  hisob  ishlarini  paydo  bo’lishi  va  rivojlanish  tarixini 

bosqichdarga ajratishda boshqa qarashlar ham mavjud

26



Hisobchilik  ishlarini,  xususan  buxgalteriya  hisobini  paydo  bo’lish  tarixini 



chuqur tahlil qilib o’rgangan Rossiyalik olim,  “Ocherki po istorii buxgalterskogo 

ucheta”  nomli  asar  muallifi  Yu.D.  Sokolov  buxgalteriya  hisobining  paydo 

bo’lishini va rivojlanishini uch davr bilan bog’laydi:  

1.  600  yil  oldin,  korxonalar  xo’jalik  faoliyatidagi  jarayonlarning  .maqsadli 

ro’yxatga olinishi bilan

2.  500  yil  oldin,  bu  borada  Luka  Pacholining  “Schyot  va  yozuvlar 

to’g’risida” nomli risolasini chiqishi bilan; 

 

25



. Я. В. Соколов  Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 12 bet. 

26

. Я. В. Соколов  Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. 11 - 26 betlar. 



 


19 

 

 



3. 100 yil oldin, bu borada har xil maktablarning paydo bo’lishi bilan. 

Biroq,  buxgalteriya  hisobi  haqida  bundan  1437  yil  oldin  yoki  Luka 

Pacholidan  qariyb  580  yil  oldin,  payg’ambarimiz  Muhammad  (sollollohu  alayhi 

vassalam)ga nozil bo’lgan Quroni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatida shunday 

yozilgan:  “Ey  mo’minlar,  bir-biringiz  bilan  qarz  muomilasini  qilsangiz,  yozib 

qo’yinglar!  Oralaringizdan  bir  kotib  adolat  bilan  yozsin!  Parvardigori  bo’lmish 

Ollohdan qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin! Zimmasida qarzi 

bo’lgan kishi yozdirsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, 

albatta yozsin!” Ushbu oyatning mahnosidan ko’rinib turibdiki, yozuv kitob yoki 

daftarga  qilingan.  CHunki  alohida  varaqqa  qilingan  yozuvlarni  saqlash  qiyin  va 

yo’qotish  oson  bo’lgan.  Balkim  payg’ambarimiz  Muhammad  (s.a.v.)ning  “..Ey 

mo’minlar,  bir-biringiz  bilan  qarz  muomilasini  qilsangiz,  yozib  qo’yinglar!..” 

degan  xitobi  buxgalteriya  hisobining  “Kitob”  shaklini  yaratilishiga  va  oyatdagi  

“...Oralaringizdan  bir  kotib  adolat  bilan  yozsin!  Parvardigori  bo’lmish  Ollohdan 

qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin!” degan so’zlar keyinchalik 

buxgalterlarni va buxgalterlik kasbini yuzaga kelishiga ham asos bo’lgandir. 

Ma’lumki,  payg’ambarimiz  Muhammad  (s.a.v.)  savdo-sotiq  ishlari  bilan 

shug’ullanganlar. Luka Pacholidan 914 yil oldin “Baqara” surasining 282 oyatiga 

rioya  qilib,  buxgalteriya  hisobiga  asos  solib,  hisob-kitob  masalalarini, 

hujjatlashtirib,  yozib  qo’yish  lozim  ekanligini  tahkidlaganlar,  lekin  kitob  yozib 

chop qilmaganlar. Bundan xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining paydo 

bo’lishini va rivojlanishi 1500 yillik tarixga ega.  

SHuningdek,  o’tgan  asrning  50-60  yillarida  hisoblash  texnikasini, 

keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya 

hisobini  qog’ozsiz shaklini yaratishga  asos  bo’ldi.  Bu o’z  navbatida  buxgalteriya 

hisobini rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi. 

SHunga ko’ra buxgalteriya hisobini rivojlanishida qo’ydagi besh bosqichni 

ajratish maqsadga muvofiq deb bilamiz:  

1.  Quroni  Karimning  “Baqara”  surasi  282  oyatini  nozil  bo’lgunga  qadar 

bo’lgan hisobchilik;  




20 

 

 



2.    Ollohdan  “qarzlarni”    yozib  qo’yish  to’g’risidagi  “Baqara”  surasi  282 

oyatini nozil bo’lishidan  Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to’g’risida” nomli 

risolasini chiqishiga qadar;  

3.  500  yil  oldin,  bu  borada  Luka  Pacholining  “Schyot  va  yozuvlar 

to’g’risida”  nomli  risolasini  chiqishidan  toki  buxgalteriya  hisobi  fan  sifatida 

shakillanganga qadarbo’lgan davr; 

4.  Buxgalteriya  hisobining  kitob  shaklidan  chuqur  mehnat  taqsimotiga 

asoslsngan  kartochka  shaklini  paydo  bo’lishidan  toki  hisoblash  texnikasi  ixtiro 

qilinguncha bo’lgan davr; 

5.  Hisoblash  texnikasini,  keyinchalik  esa  shaxsiy  kompyuterlarni  ixtiro 

qilinishi  va  rivojlanishi,  buxgalteriya  hisobini  qog’ozsiz  shaklini  yaratilishidan 

hozirga qadar.  

Yuqoridagi  keltirilganlardan  ko’rinib  turibdiki,  buxgalteriya  hisobi,  fan  va 

mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq o’tmishga ega. 

SHu yerda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi qachon shakllana boshlagan? - 

degan bir haqli savol tug’iladi. 

 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish