Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 KITOBDA HISOB YURITISHNI PAYDO BO’LISHI VA



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

2. KITOBDA HISOB YURITISHNI PAYDO BO’LISHI VA 

RIVOJLANISHI 

“Buxgalter” so’zi nemischa  “



Bux-kitob va Halter–ushlovchi”

 so’zlarining 

birikmasidan  olingan  bo’lib,  kitob  yurituvchi  mahnosini  anglatadi.  SHunga  ko’ra 

buxgalteriya  so’zidan  kitob  yurgizadigan  joy,  buxgalter  so’zidan  esa,  kitob 

yurituvchi  shaxs  mahnosida  foydalanib  kelinmoqda.  Bu  ibora  (buxgalter  atamasi) 

 

13



Paryzinski zdzislaw. Prekursozi zawodu ksiegowego. Rachunkowosc/ 1970.-№1,  с. 12. 

14

 Paryzinski zdzislaw. Prekursotzizawodu ksiegowego. Rachunkowosc/ 1970.-№1, 12 б.  



15

 Melis. Storia Della Ragioneria. – Bologna. 1950. 312 б.  

16

Betriebswirtschaft. 1982. - №2.54-55 б. 



17

Tessier  Andre.  Documents  komptables  de  la  France  antique.  Revue  1964/  -№53.    Галаган  А.М.  Общее 

счетоведение. Вып. 1. – Москва, 1930 год. 

18

 Guo Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2 




11 

 

 



X1  asrda  paydo  bo’lgan.  Ammo  buxgalteriya  hisobining    kelib  chiqishi  va 

rivojlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. 

Kitob  yuritish  haqidagi  ta’limot  Payg’ambarimiz  Muhammad  (s.a.v.)ga  

bundan  yaqin  1500  yil  muqaddam  Ollohdan  vaxiy  kelgan.    “Baqara”  surasining 

282 oyatida Olloh shunday marhamat qiladi

“Ey mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz 

muomilasini  qilsangiz,  yozib  qo’yinglar!  Oralaringizdan  bir  kotib  adolat  bilan 

yozsin!  Parvardigori  bo’lmish  Ollohdan  qo’rqsin  va  u  qarzdan  biror  narsa 

kamaytirib  yozmasin!  Zimmasida  qarzi  bo’lgan  kishi  yozdirsin!  Hech  bir  kotib 

Alloh  bildirgan  yozishdan  bosh  tortmasin,  albatta  yozsin!”  Ushbu  oyatning 

mahnosidan ko’rinib turibdiki, yozuv kitob yoki daftarga qilinadi, chunki alohida 

varaqqa qilingan yozuvlarni saqlash qiyin va yo’qotish oson bo’ladi.  

Tarixiy  manbaolarda  E’tirof  etilishicha  Xitoyda  hisob  ishlarini  tashkil 

qilishning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari aniqlangan. Eramizning 7-13 asrlariga  

kelib  Xitoyda  moddiy  qiymatliklarni  hisobga  olishning  rivojlangan  tizimi  yuzaga 

kelgan. Hisob xodimlarining faoliyati  qiymatliklarning kirimi, chiqimi va qoldig’i 

aks ettiriladigan uchta bo’limga muvofiqlashtirilgan. Birinchi va ikkinchi bo’limda 

faoliyat  olib  borgan  xodimlar  moddiy  qiymatliklarning  harakatini  hisobga  olish 

bilan  shug’ullanishgan,  uchinchi  bo’limdagilar  esa,  inventarizatsiya  utkazgan, 

moddiy  qiymatliklarning  naturadagi  miqdorlarini  aniqlashgan.  Lekin  ularning 

hisob  ma’lumotlarini  bilishmagan.  Haqiqiy  holatdan  faqat  yuqori  administratsiya 

xabardor bo’lgan.  

Xitoyda  moddiy  qiymatliklarni  hisobga  olishda  turt  ustunli  nomi  bilan 

atalgan tizimidan foydalanilgan:  

K– CH ═ Qb - Qo, 

Qaerda:  

Q – kirim; 

CH – chiqim; 

Qb – boshlang’ich qoldiq; 

Qo -  keyingi qoldiq. 

Buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  Xitoyning  hozirgi  olimlari  bu  formulada  ikki 



12 

 

 



yoqlama yozuvning asoslari mavjudligini E’tirof etishgan.  

Gretsiya va Rimda hisob registrlarining ancha rivojlangan va takomillashgan  

-  kitob  shakli  uchraydi.    SHarara  -  Russo

19

  greklar  hisob  yuritishda  ikkita 



registrdan, jurnaldan va kitobdan, rimliklar esa, shu tajribadan foydalanishgan deb 

taxmin qilgan.  

Buxgalterlik  lavozimi  imperator  Maksimilianning  1498  yil  13  fevralda 

chiqargan  buyrug’iga  binoan  birinchi  bo’lib,  Insburk  schyotlar  palatasininng  ish 

yurituvchisi  Xristofor  SHtexerga  berilgan.  Buyruq  Vena  davlat  muzeyida 

saqlanmoqda.  1498  yildan  boshlab  “buxgalter”,  “buxgalteriya”  degan  terminlar 

eski  nomlarini  asta-sekin  siqib  chiqarib,  hamma  joyga  tarqala  boshladi.  Bu 

terminlar  Rossiyada  1732  yildan  qo’llana  boshladi.  1732  yil  11  sentabrda 

Kommers – Kollegiyaning buyrug’i bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter 

etib  Gollandiyalik  savdogar  Timmerman  tayinlangan.  Hozirgi  vaqtda  buxgalter 

ma’lum  huquq,  burch  va  majburiyatlarga  ega  bo’lgan  boshqaruv  xodimi 

hisoblanadi. Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va 

bosh  buxgalter  bo’lishi  mumkin.  Katta  buxgalter  -  buxgalteriyaning 

bo’limi(guruh)ni  boshqaradi.  Bosh  buxgalter  buxgalteriyani  barcha  bo’limlarini 

boshqaradi.  Buxgalterdan  nafaqat  buxgalteriya  hisobini  bilishlik,  balki  ishlab 

chiqarishning  biznes-rejalarini  tuzishni,  moliyaviy  va  boshqaruv  faoliyatni  tahlil 

qilishni,  korxona  faoliyatining  barcha  sohalarni  chuqur  bilishlik  va  boshqaruv 

qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish talab qilinadi.  

Buxgalteriya  hisobi  har  qanday  korxonaning  iqtisodiy  siyosatini 

shakllantirishning  yagona  mexanizmi  bo’lib  hisoblanadi.  Buxgalteriya  hisobini 

paydo bo’lish va rivojlanish tarixi haqida iqtisodiy adabiyotlarda turli xil qarashlar 

mavjud


20

.  


 

19

Charara-Rousseau J. Levoolution de la comptabilite a partie double. Revue Francaise de comptabilite. 1963, № 47. 



20

Я. В. Соколов  Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991.  Paryzinski zdzislaw. 

Prekursozi  zawodu  ksiegowego.  Rachunkowosc/  1970.-№1,    Melis.  Storia  Della  Ragioneria.  –  Bologna.  1950, 

Betriebswirtschaft. 1982. - №2, Tessier Andre. Documentskomptables de la France antique. Revue 1964. №53, Guo 

Daoyang.  The  Historical  Contributions  of  Chinese  Accounting.  Accounting  Historiahs  Hotebjok.1989,  №2,  Guo 

Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2, 

Charara-Rousseau J. Levoolution de la comptabilite a partie double. Revue Francaise de comptabilite.  1963, № 47, 

Bedford N., Bolduene B. A communication theori approachto accoutanci.  The accouting Review. -1962- V. 37. - № 

4.  133.,  Nажмиддин  Toshmamatov  Buxgalteriya  hisobi  nazariyasi.  Darslik.  “Navruz”.  2017  yil  380  bet.,  Н. 



13 

 

 



O’zbekistonda  oliy  ma’lumotli  buxgalterlar  Toshkent,  Samarqand  va 

Farg’ona  maktablarida,  o’rta  maxsus  ma’lumotli  buxgalterlar  Respublikaning 

barcha  viloyatlarida  ko’plab  tashkil  etilgan  kollejlarda  va  texnikumlarda 

tayyorlanadi.  

Buxgalteriya  hisobi  hisob  ishlarining  yuqori  darajadagi  shakli  bo’lib,  tarix 

asirlar davomida uning oldiga  usha davr bilan bog’liq bo’lgan turli mazmundagi 

masalalarni  qo’ydi  va  qo’yib  kelmoqda.  Buxgalteriya  hisobi  ilmiy  kategoriya 

majmuasi  va  schyot  yuritish  tizimi  sifatida  korxonalarda  tashkil  qilinadigan 

buxgalteriya va uning apparati bajaridigan ishlar doirasini belgilab  beradi.  

Hisbchilik insoniyatni ongli rivojlanishi jarayonining mahsuli sifatida uning 

o’ziga  xizmat  qiladi.  SHuning  uchun  hisobchilikning  paydo  bo’lishi  va  tarixiy 

rivojlanishi olamni va insoniyatni paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan chambarchas 

bog’liq deb hisoblaymiz.  

Buyuk 


Ovrupalik 

iqtisodchi 

olim 

B. 


Solazano 

tahkidlaganidek: 

“Buxgalteriya  hisobi  barcha  fanlar  va  sanahtlardan  yuqori  turadi,  chunki  hamma 

unga muhtojdir u esa hech kimga muhtoj emas. Buxgalteriya hisobisiz dunyoni va 

jamiyatni boshqarish mumkin emas, usiz odamlar bir-birini tushuna olmaydi”. 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish