Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBINI MAKTABLARI HAQIDA



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

7. BUXGALTERIYA HISOBINI MAKTABLARI HAQIDA 

Buxgalteriya  hisobini  tadrijiy  rivojlanishi  jarayonida  uning  maktablari  ham 

shakillanib  bordi.  Olimlarning  E’tirof  etishlaricha

29

  buxgalteriya  hisobini  tashkil 



qilish va takomillashtirish borasida  italg’yan, frantsuz, nemis va angliya - amerika 

maktablari  mavjuddir.  Buxgalteriya  hisobining  tashkiliy  jihatlari  borasida  bu 

maktablarning  qarashlari  bir-biriga  o’xshamaydi.  Ularning  ta’limotlarida 

buxgalteriya  hisobi  fanining  asosi  ham  har  xil  talqin  qilinadi.  Masalan,  italyan 

maktabi  vakillari  buxgalteriya  hisobi  fanining  asosini  algebra  va  huquq,  frantsuz 

maktabi  vakillari  aniq  siyosiy  iqtisod,  nemis  maktabi  vakillari  matematika, 

 

28

. Anor suvi birinchidan, inson badaniga tez singib qonga aylanib quvvat bo’ladi, ikkinchidan, badanga rohat baxsh 



etib, asablarni tinchlantiradi 

29

. Я. В. Соколов  Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. 263-265 betlar. 



 

 



22 

 

 



angliya-amerika  maktabi  vakillari  psixologiya  deb  qaraydilar.  SHu  sababli 

buxgalteriya  hisobi  fanining  vazifasi,  predmeti,  obhekti,  usul  va  uslubiyoti, 

tamoyillari va tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari ham turlicha. Buyuk 

Britaniya  buxgalterlar  maktabining  namoyondalari  Angliya  iqtisodiyotida  faoliyat 

ko’rsatayotgan  firma  va  kompaniyalarida  tashkil  qilingan  buxgalteriya  hisobi 

usullari  rahbarning  feol-atvoriga  hamda  dunyo  qarashiga  bog’liqligini  ko’rsatib 

o’tadilar.  SHu  sababdan  ham  angliya  -  amerika  buxgalteriya  hisobi  maktablarida 

yagona  uslubiyotga  amal  qilinmaydi.  Ular  Angliya  iqtisodiyotida  faoliyat 

ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki xil 

mazmunga  ega  bo’lishi  va  biri  tadbirkor  uchun,  ikkinchisi  xukumat  tashkilotlari 

uchun hizmat qilishini aytadilar. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik 

va  aniqlikni  yo’qligi  tufayli  Angliya  firma  va  kompaniyalari  tez-tez  bankrotga 

uchraydi. Buxgalteriya hisobining  ma’lumotlarida  muhimlik va  aniqlik tamoyilini 

amal  qilmasligi  sababli  bu  davlatda  audit  va  uning  rivojlanishiga  alohida  ehtibor 

beriladi. 

Mustaqillik  davrida  Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 

islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik – texnologik jihatdan 

qayta  jihozlashni  amalga  oshirish  tufayli  alohida  yo’nalishga  ega  bo’lgan  hisob 

tizimi  tarkib  topa  boshladi.  Bunday  hisob  tizimining  asosiy  bo’g’ini  hisoblangan 

buxgalteriya  hisobi  ham  milliy  iqtisodiyotimizning  o’ziga  xos  xususiyatlari  va 

xalqaro  standartlarga  mos  holda  rivojlanib  bormoqda.  Mulkiy  munosabatlarning 

erkinlashuvi  tufayli  iqtisodiyotimizda  faoliyat  ko’rsatayotgan  barcha  xo’jalik 

yurituvchi  subhektlar  mustaqil  o’z-o’zini  boshqarish  tamoyiliga  o’tdi.  Erkin 

iqtisodiyotning  shakllanishi  va  rivojlanishining  muhim  hamda  ajralmas  qismi 

hisoblangan  xo’jalik  yurituvchi  subhektlarda  ishlab  chiqarishni  boshqarishda 

ularning  mablag’lari  va  tashkil  topish  manbalari  to’g’risidagi  ma’lumotlar  katta 

ahamiyatga  egadir.  Bunday  ma’lumotlar  xo’jalik  yurituvchi  subhektlarda  tashkil 

qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi. 

Ma’lumotlarning  qay  darajada  aniq,  haqqoniy  va  xolisona  bo’lishi  tashkil 

qilingan buxgalteriya hisobi tarkibiy tuzilishining sifatiga bog’liqdir. Boshqa fanlar 




23 

 

 



kabi buxgalteriya hisobi ham jamiyatdagi o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda 

takomillashib boradi. 

O’zbek milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. 

Bu  qisqa  davr  ichida  respublikamizda  buxgalteriya  hisobi  tizimining  shakllanib 

borishida  xukumatimiz,  olimlarimiz,  mutaxassislarimiz  tomonidan  ko’plab 

uslubiy,  ilmiy,  nazariy,  amaliy  ishlar  amalga  oshirildi.  Masalan,  1996  yil  30 

avgustda  buxgalteriya  hisobi  tizimining  huquqiy  asosi  hisoblangan  O’zbekiston 

Respublikasining  “Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida”  gi  Qonuni,  Vazirlar 

Mahkamasining  1999  yil  5-fevraldagi  54-sonli  qarori  bilan  “Mahsulot 

(ish,xizmat)ni  ishlab  chiqarish  va  uni  sotish  bo’yicha  xarajatlar  tarkibi  hamda 

moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi  to’g’risida”  Nizom  qabul  qilindi, 

Buxgalteriya  hisobi  Milliy  andozasining  24  ta  standarti  ishlab  chiqildi  va 

amaliyotga  joriy  qilindi.  O’zbekistonda  buxgalteriya  hisobining  Toshkent 

(namoyondalari:  professor  S.  Qodirxonov,  professor  S  .Valiev,  professor  S. 

Sotiboldiev, professor S. Yuldashev, professor I. Karimov, professor R. Xolbekov, 

professor  A.  Tuychiev  va  boshqalar),  Samarqand  (professor  R.  Abdullaev, 

professor  K.  O’rozov,  professor  M.  Pardaev),  Farg’ona  (professor  D.  Qudbiev, 

professor I. Ismanov, professor A. Abdullaev) milliy maktablarini ajratib ko’rsatish 

mumkin.  

O’zbek buxgalteriya hisobi maktabining shakllanishida professor Saidkarim 

Boboxonovich  Qodirxonovning  qo’shgan  hissasi  juda  kattadir.  Domla 

birinchilardan bo’lib, 1970 yilda “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” nomli darslikni 

rus  tilidan  o’zbek  tiliga  tarjima  qildi,  1976  yilda  “Sanoatda  korxonalarida 

buxgalteriya  hisobi”  nomli  darsligi  o’zbek  tilida  bosmadan  chiqdi.  Jamiyatdagi 

iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda 1993 yilda bu darslik qayta nashr qilindi. 

Hozirda  bu  o’quv-uslubiy  qo’llanmalar  O’zbekistonda  buxgalter  kadrlarni 

tayyorlashda  asosiy  manba  bo’lib  xizmat  qilib  kelmoqda.  Professor  Saidkarim 

Boboxonovich  Qodirxonov  jonkuyar  ustoz  sifatida  ko’plab  shogirdlar  tayyorladi. 

Ular  O’zbukiston  iqtisodiyotini  turli  sohalarida  samarali  faoliyat  yuritib 

kelishmoqda.  Xususan:  pensioner  Galina  Petrovna  Grankina,  O’zbekiston 




24 

 

 



qahramoni, iqtisod fanlari nomzodi  SHukurjon Mamatqulov, TDIU “Buxgalteriya 

hisobi  va  audit  kafedrasi”  mudiri,  ,  iqtisod  fanlari  doktori,  professor    Rasuljon 

Xolbekov,  Farg’ona  filoyati,  Farg’ona  tumani  hokimi,  iqtisod  fanlari  doktori 

Ilhomjon  Nosirov,  Farg’ona  politexnika  instituti  “Buxgalteriya  hisobi  va  audit” 

kafedra dotsenti Najmiddin Toshmamatov va boshqa kuplab ilim ahillari. 

Professor  Saidkarim  Boboxonovich  Qodirxonovning  bevosita  tashabusi 

bilan  1992  yili  “O’zbekiston  Buxgalterlar  Assotsiatsiyasi”  tashkil  qilinda. 

Assotsiatsiya  buxgalteriya  hisobini  rivojlantirshda  va  milliy  hisobchilikni  barpo 

etishda  kuplab  yutuqlarga  erishdi  Hozirgava  assotsitsiya  tashabusi  bilan 

buxgalteriya  hisobining  24  andazasi  ishlab  chiqildi  va  hayotga  tadbiq  etildi. 

Natijada milliy hisobchilik tizimi halqaro andazalar asosida modernizatsiya qilindi. 

Professor  Saidkarim  Boboxonovich  Qodirxonov  bir  nechta  Respublika  va  Butun 

Ittifoq ilmiy anjumanlarini tashkilotchisidir. 

 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish