Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud


So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari



Download 2,11 Mb.
bet83/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Ona tili (5-sinf)
Shakldosh so‘zlar
Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so‘zlarga shakldosh so‘zlar deyiladi. Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma’noli so‘zlarga o‘xshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash kerak. Ko‘p ma’noli so‘zlar bir so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarida qo‘llashdan hosil bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash ikki va undan ortiq so‘zlardir. Masalan: tut, yut, oq, et, uch, un, tush, chang, bel, qirq, kech, ko‘k; shuningdek urg‘usi bilan farqlanuvchi so‘zlar: olma-olma, ko‘zlar-ko‘zlar, bog‘lar-bog‘lar kabi.
Uyadosh so‘zlar
Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi. Tilimizdagi barcha so‘zlar ongimizda ma’lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so‘zlarning xotirada oson saqlanish va nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi. Masalan: qo‘y uyasi: qo‘zichoq, qorako‘l terisi, sovliq, qo‘chqor, qo‘ychivon; qoramol uyasi: buzoq, sigir, novvos, buzoqboqar kabi. G‘o‘za uyasi: paxta, ip, gazmol, chigit, moy, sovun, kunjara va h. k.
Paronimlar
Faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi, lekin bir xil talaffuz qilinadigan so‘zlarga paronimlar deyiladi. Talaffuzi yaqin bo‘lganligi uchun bunday so‘zlarni bir-biri bilan almashtirib qo‘yish ehtimoli bor. Nutqingizni aniq, ravon bo‘lishini istasangiz, ana shunday xatoga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling. Masalan: afzal-abzal, fol-pol, bob-bop, tub-tup, daho-daha, amr-amir, devon-dovon, ramz-razm, yolqin-yorqin, sayil-sayr, sada-sado va h. k.
Ma’nodosh so‘zlar
Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar deyiladi.
Ma’nodosh so‘zlar bir ma’noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so‘z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Masalan: yuz, chehra, bet, bashara; bahs, munozara, tortishuv; sovg‘a, hadya, tortiq, armug‘on, tuhfa; tanqis, kamchil, taqchil; g‘alaba, zafar; gunoh, ayb, jinoyat; pinhon, maxfiy; shabboda, sabo, shamol; issiq, iliq, jazirama; yurt, Vatan, diyor; zamon, vaqt, payt; yugurmoq, chopmoq; sezgir, hushyor, ziyrak; nam, ho‘l, shalabbo; tiqillatdi, taqillatdi, do‘pillatdi; tirjaydi, kuldi, jilmaydi kabi.
Ma’nodosh so‘zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham, shu umumiy ma’nonini qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq so‘zlari so‘zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil bo‘lsa ham, ular ovozning baland-pastligiga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so‘zlari ham so‘zlash umumiy ma’nosiga ko‘ra yuqoridagi so‘zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi. Ko‘ryapsizki, bir ma’noni o‘zingizning maqsadingizga muvofiq bir necha so‘zlardan bittasini tanlash orqali ifodalash mumkin.
Ma’nodosh so‘zlarning bir qatorga tizilib kelishiga ma’nodoshlik qatori deyiladi. Boshqalariga nisbatan nutqda keng qo‘llaniladigan va ma’nosi barchaga tushunarli bo‘lgan so‘z bosh so‘z deb yuritiladi. Masalan: kulmoq, jilmaymoq, iljaymoq, tirjaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq, hiringlamoq ma’nodoshlik qatoridagi kulmoq so‘zi boshqalariga nisbatan nutqda ko‘proq qo‘llaniladi va uning ma’nosi barchaga tushunarli sanaladi. Shunga ko‘ra, bu so‘z bosh so‘z sanaladi.
Ma’nodosh so‘zlarda ijobiy va salbiy ma’nolar bo‘lishi mumkin. Kulmoq, jilmaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq so‘zlarida ijobiy ma’no kuzatilsa, hiringlamoq, iljaymoq, tirjaymoq so‘zlarida salbiy ma’no mavjud. Ammo bosh so‘zda bunday ma’nolar bo‘lmaydi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish