Geografiya fanida garmsel – issiq (quruq) shamol.
O‘zbek tili leksikasining rivojlanishi
Eskirgan so‘zlar
Ona tili (5-sinf)
Tilimizning ma’lum davrida qo‘llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so‘zlarga eskirgan so‘zlar deyiladi. Masalan: qozi, mirshab, amin, mingboshi, xon, usturlob, zij tuzmoq, falakiyot, riyoziyot, handasa, jug‘rofiya, sohibqiron, yuzboshi kabi.
So‘zlarning eskirishi ikki xil yo‘l bilan amalga oshadi. 1. So‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Bunday so‘zlarga tarixiy so‘zlar deyiladi. 2. So‘z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so‘z bilan nomlanadi. Ularga arxaik so‘zlar deyiladi.
Muarrix – tarixchi, mutarjim – tarjimon, shuaro – shoirlar, handasa – geometriya.
Yangi so‘zlar
Ona tili (5-sinf)
Hozirgi kunda yangilik belgisini saqlab turgan so‘zlarga yangi so‘zlar deyiladi.
Masalan: dasturchi, birja, bakalavr, magistr, internet, fermer xo‘jaliklari, tadbirkor va h. k.
AL va KHK darsligidan:
Til muttasil rivojlanishda, o‘zgarishdadir. Bunday o‘zgarishlar tilning lug‘at jamg‘armasida ko‘proq namoyon bo‘ladi, chunki xalqimiz tarixida ro‘y bergan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o‘zgarishlar tufayli yangi so‘zlar kirib keladi, ayrim so‘zlar iste’moldan chiqib ketadi. Masalan, eski o‘zbek tiliga xos cherik (askar), o‘ko‘sh (ko‘p), talim (bir qancha) singari so‘zlar bugungi kunda qo‘llanilmaydi.
Ular o‘zbek tili leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi. Ularga nisbatan eskirgan so‘zlar yoki arxaizmlar va istorizmlar atamasi ishlatiladi. Mashqdan misol: tavongar – boy, murdor – harom.
Bunga zid o‘laroq, konsalting, audit, sammit singari so‘zlar esa tilimizga endigina kirib kelyapti. Ular yangi paydo bo‘lgan so‘zlar, ya’ni neologizmlar sanaladi.
Sobiq sho‘rolar davrida siyosiy byuro, pioner, komsomol, oktabrat singari so‘z va birikmalari faol qo‘llanilgan bo‘lsa, mustaqillik sharoitida bunday so‘zlarni ifodalaydigan tushunchalarga hayotda o‘rin qolmadi. Shuning uchun ular iste’moldan chiqib ketdi. Hozirgi kunda yangicha davlat va xo‘jalik boshqaruviga, bozor iqtisodiyotiga doir bir qator yangi so‘zlar paydo bo‘ldi. Ayrim eski o‘zbek tilida qo‘llanilgan so‘zlar yangitdan olib kirildi. Masalan, hokimiyat, hokimlik, vazir, vazirlik, devonxona va boshqalar.
Shunday qilib, o‘zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo‘lib qolgan tushunchalarni bildiruvchi so‘zlarning iste’moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelishi hisobiga doimo o‘zgarib rivojlanib, boyib boradi.
Arxaik so‘zlar: yog‘iy – dushman, dubulg‘a – temir qalpoq, bitik – kitob; yozuv, firqa – partiya, yovuq – yaqin, pud – 16 kg, qadoq – 400 gr, fasohat – chiroyli so‘zlash, fiqh – islom huquqshunosligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |