Ot so’z turkumi #3



Download 45 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi45 Kb.
#421600
Bog'liq
Ot so\'z turkumi 3- test


Ot so’z turkumi #3
1. Qaysi javobda ravish vazifasida qo’llangan ot berilgan ? A) Temir eshikni qattiq taqillatdi
B) Yaxshiga yondash , yomondan qoch
C) Oy borib , omon qayt , o’g’lim!
D) Ko’pni yomonlagan ko’muvsiz qolar
2. Qaysi javobda sifat vazifasida qo’llangan ot berilgan ? A) Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh ?
Jayron , nega ko’zing to’la yosh?
B) Og’ir eshikni sekin ochib Abdusamad kirdi
C) Kumush qishdan , zumrad bahordan ,
Qolishmaydi kuzning ziynati
D) Yangisini qurmaguncha , eskisini buzma
3. Qaysi javobda leksik va morfologik usulda ko’plik hosil qilingan ?
A) Xalq Eski shahar tomon harakatlana boshladi
B) Qultoy Boybo’rining otlariga qaraydi , qo’yini boqadi
C) Qayoqqa ketayotir shuncha odamlar , Nahotki yo’llari shunchalar yiroq ?!
D) Surxayil kampirning yetti alp o’g’li bor edi
4. Eng to’g’ri hukmni belgilang
A) ko’plik shakli egalik qo’shimchalaridan oldin qo’llansa, hurmatlash ma’nosi anglashiladi
B) ko’plik shakli egalik qo’shimchalaridan keyin qo’llansa, hurmatlash ma’nosi anglashiladi
C) ko’plik shakli egalik qo’shimchalaridan oldin yoki keyin qo’llansa , hurmatlash ma’nosi anglashiladi
D) ko’plik shakli egalik qo’shimchalarisiz qo’llansa ham hurmatlash ma’nosini ifodalaydi.
5. Bola yig’lab o’rnidan turdi-da , yana onasining bag’rida uxlab qoldi .
Mazkur gapda so’zga egalik shakllari qo’shilishi bilan sodir bo’lgan fonetik hodisalar nechta ?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
6. Qaysi kelishik shaklini olgan otlar hamisha fe’lga bog’lanib keladi ?
A) qaratqich B) tushum C) jo’nalish D) chiqish
7. Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar gapda doim bir xil sintaktik vazifa bajarmaydi ?
1) qaratqich 2) jo’nalish 3) tushum 4) chiqish
5) o’rin-payt
A) 1,3 B) 2,4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4
8. Turdosh ot asosida paydo bo’lgan atoqli otlarni aniqlang
A) Lobar , Nodir , Laziz B) Ozoda , Go’zal , O’ktam
C) Temir , Shakar , Muhabbat D) Mahkam , Ozod , Erkin
9. Qaysi javobda mansab-unvonni anglatadigan shaxs otlari berilgan ?
A) shifokor , sartarosh , dehqon
B) qipchoq , xo’ja , barlos
C) nafaqaxo’r , talaba , ishchi
D) rais , vazir , kapitan
10. Qaysi javobda shaxs oti yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan ?
A) -dak , -don , -in B) -liq , -soz , -xon
C) -oq , -don , -choq D) -chilik , -kor , -kash
11. Qaysi javobda asoslari ot+ot shaklidagi qo’shma otlar berilgan?
A) shakarqamish , temiryo’l
B) savacho’p, cho’lquvar
C) boychechak , yeryong’oq
D) ko’rsichqon, boyo’g’li
12. Qaysi javobda sodda tub ot va sodda yasama otlarning o’xshash tomonlari qayd etilgan ?
1) bir asosli bo’ladi
2) tarkibida shakl yasovchi qo’shimcha bo’lishi mumkin 3) tarkibida ot yasovchi qo’shimcha bo’lishi mumkin
4) asosi hamisha ot bo’ladi
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,2,4
13. Qismlari yasama+yasama shaklida bo’lgan juft otlarni aniqlang .
A) ko’rpa-to’shak B) tish-tirnoq
C) kirim-chiqim D) yarog’-aslaha
14. Otlarning tuzilishiga ko’ra qaysi turi predmetlarning miqdorini ifodalab , hisob so’z(numerativ) vazifasida qo’llanishi mumkin ?
A) qo’shma ot B) juft ot
C) takroriy ot D) sodda ot
15. Qismlari o’zaro ma’nodosh bo’lgan juf otlarni belgilang .
A) baxt-saodat , or-nomus , sharm-hayo
B) el-yurt , fahm-farosat , ota-ona
C) mushk-anbar , gap-so’z , huzur-halovat D) dur-javohir , yem-xashak , chang-to’zon
16. Bog’bon gulzorni kuzata boshladi : atirgullar ustida asalarilar g’ujg’on o’ynaydi , karnaygullar kosasida kapalaklar raqsga tushadi , tabiat o’zining nodir san’atkor ekanini namoyish etadi .
Mazkur gapdagi yasama otlar miqdorini aniqlang .
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
17. Qaysi javobda mavhum otlar berilgan ?
A) chopiq , terim B) dehqonchilik , zargarlik
C) kamolot , sevinch D) yong’in , toshqin
18. Ko’plikdagi egalik qo’shimchalarining qaysi shaxs shakli (uslubiy talab bilan) birlik ma’nosini ifodalashi mumkin ?
A) I shaxs B) II shaxs
C) I va II shaxs D) I , II , III shaxs
19. Bir narsani boshqa bir narsa bilan chog’ishtirish , qiyoslash ma’nosini yuzaga chiqaruvchi kelishik shakli qaysi ?
A) qaratqich B) tushum C) chiqish D) o’rin-payt
20. Har oila o’chog’in o’z qutlug’ tarixi bor ,
Har boshpana kishilar mehnatin obidasi .
Mazkur gapda qaysi kelishikning qisqargan shakli qo’llangan ?
A) tushum B) qaratqich C) jo’nalish D) o’rin-payt
21. Asos+narsa oti yasovchi+shaxs oti yasovchi+faoliyat oti yasovchi tarkibli so’zni toping.
A) terimchilik B) bilimdonlik
C) to’qimachilik D) yog’ingarchilik
22. Jo’nalish , o’rin-payt , chiqish kelishigi shakllarini olgan shaxs va narsa otlari gapda qanday sintaktik vazifa bajaradi ?
A) vositali to’ldiruvchi
B) vositali to’ldiruvchi va payt holi
C) vositali to’ldiruvchi , o’rin holi , payt holi
D) o’rin holi va payt holi
23. Kelishik qo’shimchalari so’z birikmasining qaysi turlarida ishtirok etishi mumkin ?
1) boshqaruv 2) moslashuv 3) bitishuv
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2,3
24. Qaralmish tarkibida har doim qaysi qo’shimcha ishtirok etadi ?
A) kelishik shakli B) egalik shakli
C) ko’plik shakli D) kelishik va egalik shakli
25. Tub ot berilgan javobni toping.
A) ko’rik B) chopiq C) o’lim D) qasam
26. Qaysi javobda ko’rsatilgan so’z tarkibida ot yasalishining ikki turi sodir bo’lgan ?
A) gulbeor B) asalarichi
C) namozshomgul D) bo’yoqchilik
27. Qaysi yasama ot tarkibida ikkita so’z yasovchi qo’shimcha mavjud ? A) dehqonchilik B) bog’dorchilik C) terimchilik D) temirchilik
28. Qaysi javobda jarayon otlari berilgan ?
A) g’azab , sabr , muhabbat
B) o’qituvchilik , ta’til , dars
C) qirg’in , bosqin , toshqin
D) shifokorlik , chopiq , terim
29. Qaysi javobda yasama otlar berilgan ? A) o’sma , ko’rsatma , eslatma B) terma , qaynatma , ko’chma C) olinma , tortma , hovliqma D) quyma , sochma , bostirma
30. Qaysi javobda ko’rsatilgan otlar tarkibida kichraytirish shakli qo’llangan ? A) olacha , ko’rpacha , eskicha B) qushcha , yigitcha , qizcha C) uycha , qalamcha , o’zicha D) taroqcha , quroqcha , tog’olcha
31. To’g’ri hukmlarni aniqlang .
1) asosga asos qo’shish bilan qo’shma otlar hosil qilinadi
2) qo’shma otlar sintaktik usul bilan yasaladi
3) asosga ot yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan sodda yasama otlar hosil qilinadi
4) sodda yasama otlar morfologik usul bilan yasaladi
5) sodda yasama otlar va qo’shma otlar yasama otlar hisoblanadi
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,5 D) 2,4,5
32. Qaysi javobda otlarning lug’aviy shakllari ko’rsatilgan?
1) -niki 2) -dek 3) -xon 4) -dan 5) -gacha 6) -dosh
A) 1,2,3,5,6 B) 1,2,3,4,5,6 C) 2,3,5 D) 1,2,3,5
33. Har ikkala qismi ham tub so’zlardan tashkil topgan qo’shma otni toping .
A) mehr-muhabbat B) yig’im-terim
C) qiymataxta D) atirgul
34. So’zlarni mustaqil va yordamchi so’zlarga ajratishda qaysi belgilari mavjud yoki mavjud emasligi inobatga olinadi ?
1) atash ma’nosi 2) gapdagi sintaktik vazifasi
3) so’rog’i 4) grammatik ma’nosi
A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,4
35. Qaysi kelishik shaklidagi otlar gapda hol vazifasida qo’llanishi mumkin ?
1) qaratqich 2) tushum 3) jo’nalish
4) o’rin-payt 5) chiqish
A) 1,2,3,4,5 B) 3,4,5 C) 4,5 D) 3,5
36. Yantoqning tomiri uzoqqa ketar ,
Bardoshda tengsizdir yantoqxo’r tuya .
Unisin odamlar tikan deb atar ,
Bunisin kamsitar tuyasan deya . (A.Oripov) Yuqoridagi to’rtlikning necha o’rnida turlovchi qo’shimcha qo’llangan ?
A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish