“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

Xulosa qilib aytganda
Yaponiya ko`p sohalar bo`yicha AQSH kabi 
yyetakchilardan 
biridir. 
Bular 
mashinasozlik, 
avtomatika, 
elektronika, 
avtomobilsozlik kabilardan iborat. Ayniqsa yangi texnologiya va elektronika 
bo`yicha eng oldingi mamlakat bo`lib, kam material, kam mehnat sig`imli 
mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha eng ilg`or mamlakatga aylangan. 
Malakali ishchi va xizmatchilar, aholining umumiy o`qimishligi bo`yicha 
juda ilg`orlagan mamlakat hisoblanadi. Dunyo bo`yicha maoshning eng yuqori 
darajasi Yaponiyadadir. Bu albatta eng ijobiy muvaffaqiyatdir. Bularning barchasi 
iqtisodiy taraqqiyotning ifodasidan iborat. 
Yaponiyaning nisbatan qisqa vaqt ichida qoloqlikdan chiqib, katta ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot yo`liga o`tib, dunyoda yyetakchi mamlakatlarga aylanishi, 
iqtisodiy rivoj darajasining juda yuqori bo`lishligi, buyuk iqtisodiy salohiyatga ega 
bo`lib, dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o`rinni egallashi “mo`jiza” nomini 
olgan. 
Bu “mo`jiza”da albatta milliy xususiyatlarning o`rni kam bo`lmagan. Milliy 
urf-odatdagi o`ziga xoslik tomonlardan tartiblilik, sharqiy tarbiya kabilar, oilada, 
katta-kichik o`rtasidagi munosabat, umumiy birlik, ayol va erkak munosabatlari 
kabilarning iqtisodiy faoliyatga ta’siri bo`lgan. Bunda itoatkorlik xususiyatining 
ijobiy tomonlari ko`p bo`lgan. Oilaviy bir-birini qo`llash, ishonch kabilar mavjud 
bo`lib, kompaniya, firmalar xatto oilaviy-klanlik asosida tashkil topishi kabilardir. 
Birgalikda ish tutish, har bir harakatning bir-biriga bog`liqligi, o`z vaqtida ijro 
etishlik xususiyatlarining iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni albatta katta. Milliy 
o`zgalikka qo`shni Xitoy va Koreyaning ta’siri katta bo`lgan. Ma’lumki, asriy 
qo`shnilik diniy, urfiy umumiylik, iqtisodiy aloqalar albatta o`z izini qoldirgan. 
Shu bilan birga bu mamlakatlarning Yaponiya asoratida bo`lishining ham ta’siri 
bo`lgan. 
Iqtisodiy islohotlar juda qiyin axvolda amalga oshgan. Chunki Yaponiya 
iqtisodiyoti to`la harbiy izda bo`lib, barcha narsalar chegaralangan, qat’iylik 
sharoitida bo`lgan. Markazlashgan rejalashtirish, barcha narsalar oldindan qat’iy 
belgilangan holatda edi. Xatto haq to`lash oldindan aniq ko`rsatilgan, baholar 
o`zgarmaydigan qat’iy belgilangan tarzda edi. Ishlab chiqaruvchilar ham oldindan 
bir-biriga majburiy bog`langan, mol beruvchi va mol oluvchilar oldindan 
aniqlangan hamda iqtisodiy aloqalarni qat’iy bajarish tartibi o`rnatilgan edi. 


132 
Yaponiya iqtisodiy taraqqiyotida va raqobatbardoshlilikni yuzaga keltirishda 
ishlab chiqarish menejmenti va o`zgi xos rahbarlik uslubining yaratilishi muhim 
o`rin egallaydi. 70 – yillargacha uzoq davom etgan arzon ish kuchi va yonilg`i – 
xomashyo past baholi importga asoslangan raqobatbardoshlik mavjud edi. 
Dollarga nisbatan iena pas kursda bo`lib, yapon mahsulotlari eksporti ham boshqa 
rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past edi. YOnilg`i – xomashyo narxining, 
ayniqsa neftning narxini baland bo`lib ketilishi, katta o`zgarishlarga olib keldi. 
Yaponiya sanoati o`zida tezda o`zgarishlar yasab, kam resurs sig`imli tarmoqlarga 
o`tishni ta’minlay oldi va resurs tejamli, mehnat tejamli texnologiyalarni ishlab 
chiqib, sanoatda qo`llay boshladi. 
Yaponiya taraqqiyotida, uning iqtisodiy “mo`jiza”sida ilmiy-texnik 
taraqqiyotning o`rni beqiyosdir. 90 – yillarga kelib Yaponiya kapital xarajatlari 
AQSH darajasiga yetdi. Agar buni aholi jon boshiga hisoblaganda AQSH 
darajasidan ikki barobar yuqoridir. Aytish mumkinki, kapital xarajatlar bo`yicha 
Yaponiya dunyoda liderlik qiladi. Amortizatsiya ajratmalari ham yuqori darajada 
bo`lishga qaramasdan investitsiyaning asosiy qismi mashina, jixozlar va 
texnologiyaga sarf etilib, raqobatdoshlikka qaratiladi. Yaponiya sanoatchilarining 
diqqati doimo ilmiy-texnik rivojiga qaratilgan. Bunda asosiy o`rinni ilmiy-tadqiqot 
tajriba-konstruktorlik ishlari investitsiyasi egallaydi (ITTKI). Buning asosiy 
maqsadi ilmiy g`oyalarni ishlab chiqish va tadbiq etishdan iboratdir. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish